Laboratoriya mashg’uloti


Download 40.62 Kb.
bet6/6
Sana24.02.2023
Hajmi40.62 Kb.
#1226585
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Laboratoriya mashg`uloti 6

Mashq va masalalar
1. Temir, nikel,kobalt atomlari va ularning Fe2+, Fe3+, Co2+, Co3+, Ni2+ , Ni3+ ionlarining elektron konfiguratsiyasini yozing?
2. Temir, nikel,kobaltning tabiiy birikmalarining formulalarini va bu birikmalardan temir, nikel, kobalt ajratib olish mumkin bo`lgan reaksiya tenglamalarini yozing?
3. Temir, nikel,kobaltning oksid va gidroksidlarining kimyoviy xossalarini bir-biridab farqini reaksiya tenglamalarini yozish bilan izohlang?
4. Temir, nikel,kobalt metallarining suv bug`iga, suyultirilgan va konsentrlangan nitrat, xlorid, sulfat kislotalarga , qaynoq ishqor larga, munosabati qanday ? Javobingizni reaksiya tenglamalarini yozish bilan izohlang?
5. Temir, nikel,kobaltning o`z birikmalaridagi valentligi ortishi bilan birikmaning barqarorligi hamda oksidlovcha va qaytaruvchi xossalari qanday o`zgaradi? Javobingizni reaksiya tenglamalarini yozish bilan izohlang?
6. Ikki, uch valentli temir, nikel va kobaltning kompleks birikmalarini yozing. Bu kompleks birikmalarning qaysi biri barqaror?
7. Temir (II) xlorid va alyuminiy xlorid tutuvchi 200 ml eritmaga cho’kma hosil bo’lishi tugaguncha natriy sulfid eritmasi qo’shildi. Olingan cho’kma filtrlanganda massasi 12,2 g ni tashkil qildi. Cho’kma xlorid kislota bilan ishlanganda esa 1,12 litr (n.sh) gaz ajraldi. Boshlang’ich eritmadagi moddalarning molyar konsentratsiyalarini aniqlang. Javob:0,25; 0,5
8. Temir bo’lakchasi birikmalarida +2 oksidlanish darajasini nomoyon qiladigan noma’lum metall nitrat eritmasiga tushirildi. Metall namunasining massasi 4 g ga ortdi. Olingan temir (II) nitrat eritmasi orqali vodorod sulfid gazi o’tkazildi. Bunda 44 g temir (II) sulfid olingan bo’lsa, metallni aniqlang. Javob: Cu
9. Ruda tarkibida 22% FeS, 30% FeS2 va boshqa tarkibida temir tutmagan mahsulotlar bor. Ushbu ruda tarkibidagi temirning massa ulushini (%) aniqlang. Javob: 28%
10. Hajmi 150 ml 12,33 % li (ρ=1,03g/ml) temir(II)-xlorid eritmasi orqali xlor gazi eritmada temir(III)-xlorid massasi temir(II)-xlorid massasiga teng bo’lguncha o’tkazildi. Qancha hajm xlor gazi o’tkazildi? Javob:0,74
11. 135 g temir(II) gidroksidni suv ishtirokida to‘la temir(III)ga o‘tkazish uchun qanday
hajm (l, n.sh.) havo (havodagi kislorodning hajmiy ulushi 0,2) zarur bo‘ladi? Javob: 42 l
12. Ishlab chiqarishda oltingugurtning 20%i isrof bo‘lsa, 784 g 50%-li sulfat kislota olish uchun tarkibida 50% oltingugurt bo‘lgan temir kolchedanidan qancha (g) kerak bo‘ladi? Javob:320
13. 66g kobalt(III)-gidroksidga suyultirilgan sulfat kislota ta’sir ettirilganda hosil bo`lgan gazning hajmini hisoblang. Javob:3,36
14. Rak kasalliklarini davolashda ishlatiladigan nina tarkibida 400g radiyga teng miqdor saqlagan 60Co izotopi mavjud. Necha yildan so`ng radiyning massasi 100g bo`lib qoladi.(Radiyning yarim yemirilish davri 5yil)Javob: 10 yil
15. 310g nikel (II)-sulfatga dimetilglioksimning ammiakdagi eritmasi qo`shilganda hosil bo`lgan kompleks birikmaning massasini aniqlang? Javob: 578 g
16. 65g Nikel (II)-xlorid eritmasiga avval NaOH eritmasidan qoshilganda cho`kma hosil bo`ldi. Cho`kma erib ketguncha uning ustiga 25% li ammiak eritmasidan solinganda hosil bo`lgan kompleks birikmaning massasini (g) aniqlang? Javob: 116g
Download 40.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling