Laboratoriya mashg'uloti. Yuqx usulida dori preparatlarining


Download 19.54 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi19.54 Kb.
#1125244

3- LABORATORIYA MASHG'ULOTI. YUQX USULIDA DORI PREPARATLARINING
TAHLILI
Laboratoriyamashg‘ulotining rejasi
1.YUQX usulida dori preparatlarining tahlili
2. YUpqa qatlam sorbentli plastinkalar tayyorlash. Aktivlik darajalarini oshirish va
aktivliginianiqlash sharoitlarini taxlil qilish.
Mashg’ulotmaqsadi:Laboratoriya mashg‘ulotida talabalarni YUQX usulini dori moddalar tahlilida
qo‘llashni o‘rganish.
Laboratoriya mashg’ulotini bajarish davridakutilayotgan natijalar:
Talabalarni yupqa qatlam xromatografik jarayonida sodir bo‘ladigan fizik xodisalar, usulni dori
moddalarni aralashmalardan tozalashda, moddalar sifatini aniqlashda qo‘llash, uning axamiyati,
yupqa qatlam xromatografik taxlil turlari, Rf va Rfst ko‘rsatkichlari, uni aniqlash shartlari bilan
tanishtiriladi.
Laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish uchun zarur asbob-uskunalar:Darslik, ma’ruzamatni,
o‘quvqo‘llanmalar,xromatografik plastinkalar, kolonka, qozg’aluvchi fazalar, chizg’ich, purkagich,
UB-lampa, turli ochuvchi reagentlar, voronka, probirkalar, reaktivlar, ko‘rgazmalimateriallarlar,
skotch, qog‘oz
Laboratoriya jihozlari : Maxsus laboratoriya vositalari bilan jixozlangan xona
Yupqaqatlamlixromatografiyalashusullari.Kislotali, neytral, kuchsiz asos va asos xossali
dori moddalarini yupqa qatlam xromatografik «skrining» usulida aniqlash.
Mashg‘ulotda talabalar kislotali neytral va kuchsiz asos xossali dori moddalarni yupqa qatlam
xromatografik tanlov («skrining») yordamida bir-biridan ajratish va aniqlash usullari bilan
tanishtiriladi.
SHuningdek ayrim berilgan topshiriq asosida kofein xamda uning hosilalarini yupqa qatlam
xromatografik ajratish va aniqlash usullarini bajariladi.
251
Yupqa qatlamli sorbent qoplangan shisha plastinkalarda moddalarni bir-biridan oz vaqt sarflab,
tez va oson ajratishga asoslangan bo‘lib, dorishunoslikda dori vositalari chinligini, tozaligini va shu
asosda miqdori sifatini aniqlashda keng qo‘llaniladi.
Usul uchun sorbent va qo‘zg‘oluvchi fazani to‘g‘ri tanlash moddalar taxlilini to‘g‘ri bajarishda
katta axamiyatga ega.
Sorbent va unga shimilgan namlik (suv) va ayrim xollarda maxsus shimdirilgan erituvchilar va
ularning aralashmalari qo‘zg‘olmas faza xisoblanadi.
Qo‘zg‘oluvchi faza plastinkadagi qoplangan sorbent qatlami bo‘ylab xarakatlanishi jarayonida
qo‘zg‘olmas faza saqlovchi sorbentga tomizilgan aralashma komponentlarini eritadi va ularni modda
xarakteriga bog‘liq xolda xar xil masofalarga taqsimlab joylashtiradi.
Xromatogrammani olish uchun kamera sifatida og‘zi zich yopiladigan, tagi yassi turli xajmdagi
shisha idishlar ishlatiladi. Idish ostiga 5-7 mm qalinlikda taxlil uchun tayyorlangan qo‘zg‘oluvchi
faza vazifasini o‘tovchi erituvchi sistemasi qo‘yiladi. Kamera ichki xajmini erituvchi pori bilan
to‘yintirish maqsadida, uning yon devoriga erituvchi bilan xo‘llangan filtr qog‘oz yopishtiriladi va
20-30 daqiqa yopiq xolda saqlanadi.
Kamerani erituvchi sistema pori bilan to‘yintirish tekshiriluvchi aralashmani ayrim
komponentlarga to‘g‘ri va sifatli taqsimlanishiga yordam beradi.
YUpqa qatlam xromatografiyasi.Asosiy terminlar va variantlari.
YUpqa qatlamli xromatografiya - xromatografiyaning bu varianti shisha plastinkalardagi yupqa
qatlamda joylashtirilgan adsorbent qavatida bajariladi.
Ikki yo‘nalishli xromatografiya - dastlab bir yo‘nalishlarda keyin unga perpendikulyar
yo‘nalishda amalga oshiriladi. Ikki yo‘nalishli xromatografiyada jarayonlar turli xil qo‘zg‘oluvchi
fazalarda amalga oshiriladi.
Qarama - qarshi fazali xromatografiyada qo‘zg‘olmas faza qutbsiz, masalan: sorbent qatlami
uglevodorodlar yoki silikon shimdirilgan bo‘lishi, qo‘zg‘oluvchi faza esa qutbli bo‘lishi mumkin.
Ekstraksion xromatografiya - xromatografik jarayon bajarilgach, modda yig‘ilgan zonasidan
birikmalarni erituvchilar bilan sorbentdan ekstraksiyalash bilan qayta eritib olib amalga oshiriladi.
Xromatografik dog‘ - xromatografik analiz qilinuvchi birikma tahminan yumaloq formada
yig‘ilib, to‘plangan joyi.
Start nuqtasi (yoki chizig‘i) - sorbent qavatiga xromatografiyalanuvchi moddalarni
o‘tkaziladigan qism plastinka qirg‘og‘idan 2-2,5 sm masofada belgilab olinadi. Plastinka ustida
joylashtirilgan yupqa qatlamda nuqta yoki chiziq shaklida tekshiriluvchi eritmani kapillyar naycha
yordamida joylashtirish bilan amalga oshiriladi.
Xromatografik kameralar - qo‘zg‘oluvchi faza pori bilan xromatografik kamerani to‘yinishi
shart.
Erituvchi fronti - erituvchi sistemasi ko‘tarilib borgan chegara. R f - kattaligi start va dog‘
zonasining markazi va qo‘zg‘oluvchi faza fronti orasidagi masofalar nisbati, kattalik «O» dan kichik
qiymatga ega.
Yopishtirilgan plastinkalar tayyorlashda sorbsion massani tarkibiga kiradigan biriktiruvchi
modda sorbent va suv aralashmasidan tayyorlangan massa plastinkaga bir xil yuzada yoyiladi.
Yopishtirilmagan plastinkalarda esa bog‘lovchisiz sorbsion xususiyatli modda plastinka
yuzasiga bir xil qatlamda yoyiladi.
Ko‘tariluvchi xromatografiya - erituvchini kapillyar kuchi yordamida plastinka bo‘ylab
pastdan yuqoriga ko‘tarilishi.
Tushuvchi xromatografiya - erituvchini plastinkadan yuqoridan pastga tushishi.
Gorizontal xromatografiya - plastinkani kamerada gorizontal joylashishi.
YUpqa qavatli xromatografiya uchun adsorbentlar - YUQX uchun alohida adsorbentlar yuqori
tozalikdagi bog‘lovchi qo‘shilmasi bilan xamda qo‘shimchasiz, shuningdek UB nur ta’sirida
nurlanuvchi 284 nm 366 nm gacha fluoressensiya beruvchi qo‘shimcha moddalar bilan birga
tayyor xolda chiqariladi.
252
Xromatografik plastinkaga tekshiriluvchi aralashma namunasini o‘tkazish va ularni
plastinkada taqsimlanish mexanizmi.
Tayyor yupqa qatlamli xromatografik plastinkaga tekshiriluvchi bir yoki ko‘p komponentli
eritma namunasini o‘tkazish uchun avval plastinkaning pastki qismidan 2,0-2,5 sm yuqorisida qalam
yoki boshqa ninasimon predmet yordamida start nuqtalari (yoki chiziq) belgilanadi. So‘ngra
aniqlanuvchi eritma maxsus tomizgich yoki kapillyar yordamida start nuqtasiga (yoki chiziqqa)
tomiziladi. Nuqtalar diametri 0,5 sm dan ortib ketmasligiga axamiyat berish kerak.
Eritma tomizib bo‘lingach plastinkadan erituvchini xona xaroratida bug‘latilib, so‘ngra uni
tayyorlab qo‘yilgan qo‘zg‘oluvchi faza pori bilan to‘yintirilgan kameraga vertikal joylashtiriladi.
Plastinkadagi sorbent qatlami yaxshi xo‘llanishi uchun qatlam 0,5 sm gacha erituvchi ichiga
tushishini ta’minlash lozim.
Erituvchi sorbent qatlami bo‘ylab xarakatlanishi davomida start nuqtasidagi moddalarni eritadi
va o‘zi bilan siljitib start chizig‘idan turli masofalarga taqsimlaydi.
Erituvchining ko‘tarilish chegarasi (front) start chizig‘idan 10 -15 sm ga etganda moddalarni
taqsimlash jarayoni tugallanadi. So‘ng plastinka kameradan chiqarib olinib, xona xaroratida quritiladi
va moddalarning taqsimlanishi oddiy ko‘rish bilan, UB nurida, so‘ngra rangli birikmalar hosil
qiluvchi moddalarga xos reaktivlarni purkash bilan amalga oshiriladi.
Xromatogrammada tekshiriluvchi kislotali,neytral va kuchsiz asos xossali
moddalarni aniqlash
Kislotali, neytral va kuchsiz asosli xossaga ega bo‘lgan moddalarni aniqlash uchun quyidagi
reagentlar tanlangan:
I.Simob sulfat eritmasi bilan so‘ng difenil karbozidni xloroformdagi eritmasi bilan purkash
(barbitur kislotasi hosilalari bo‘lganda ko‘kimtir rangli dog‘ xosil qiladi;sezgirlik 1 mkg).
II.G‘eCl3 10% eritmasi (aromatik karbol kislotalar va pirazolon hosilalari bilan qizil ko‘kimtir
rangli dog‘ xosil qiladi, sezgirlik aramatik karbol kislotalar uchun 1,5 mkg, pirazolon hosilalari
uchun 1,0 mkg) Dragendorf reaktivi (uchlamchi aromatik yoki geterotsiklik azot atomi saqlagan
dorivor moddalar bilan qo‘ng‘ir rangli dog‘ xosil qiladi,reaksiya sezgirligi noksiron va butadion
uchun 2 mkg, antipirin va kofein uchun 1,5 va 4,0mkg, diazepam, nitrozepam va xlordiazepoksid
uchun 1,0 mkg).
Taxlilning olib borish xususiyatlariga ko‘ra umumiy qo‘llaniladigan reaktivlarni birin-ketin
qo‘llash maqsadga muvofiqdir. O‘tkazilgan tajribalar natijasida o‘rganilgan reagentlarni kislotali,
neytral va asos xossali dorivor moddalarni aniqlashda qo‘llash mumkinligi ko‘rsatilgan.Bunda
olingan xromatogrammalarni UB-nurlar bilan nurlantirib va tavsiya etilgan reagentlar bilan birinketin ishlash lozim:
Ushbu usul faqat meprobomatni aniqlash imkonini bermaydi. Meprobomatni vanilinning 1%
metanoldagi eritmasi bilan aniqlash mumkin.
Kofein, teobromin va teofilinni yupqaqatlam xromatografik aniqlash.
Silikagel bilan qoplangan xromatografik plastinkaning (12x18 sm) start chizig‘iga
tekshiriluvchi eritmadan tomizilib, undan 2 sm o‘ngda start chizig‘iga standart eritma (0,01%
kofeinning xloroformdagi eritmasi) tomiziladi. Plastinka iliq xavo oqimida quritiladi va efiratseton-25% ammiak (40:20:1) erituvchilar aralashmasi bilan to‘yintirilgan xromatografik kameraga
tushiriladi. Kamera qopqoq bilan zich yopiladi. Erituvchi 10 sm yuqoriga ko‘tarilgandan keyin
plastinkani kameradan olinib, iliq xavo oqimida quritiladi. So‘ngra Dragendorf reaktivi bilan
purkaladi.
Amidopirinni yupqa qatlam xromatografiya usuli bilan aniqlash.
Silikagel bilan qoplangan xromatografik plastinkaning (12x18sm) start chizig‘iga
tekshiriluvchi eritmadan tomizilib,undan 2 sm o‘ngda start chizig‘iga standart eritma tomiziladi.
Plastinka iliq xavo oqimida quritiladi va xloroform-atseton (9:1) erituvchilar aralashmasi bilan
to‘yintirilgan xromatografik kameraga tushiriladi. Kamera qopqoq bilan zich yopilib, erituvchi 10
253
sm yuqoriga ko‘tarilgandan keyin olinib, iliq xavo oqimida quritiladi. So‘ngra 10% G‘eSl3
reaktivi bilan purkaladi. Xromatogrammada amidopiringa xos qo‘ng‘ir rangli dog‘lar hosil bo‘ladi
(Rf= 0,15-0,17).
Xininni yupqa qatlam xromatografiya usuli bilan aniqlash.
Silikagel bilan qoplangan xromatografik plastinkaning (12x18 sm) start chizig‘iga
tekshiriluvchi eritmadan tomiziladi. Undan 2 sm o‘ngda start chizig‘iga standart eritma tomizilib,
plastinka iliq xavo oqimida quritiladi va efir-atseton-25% ammiak (40:20:2) erituvchilar
aralashmasi bilan to‘yintirilgan xromatografik kameraga tushiriladi. Kamera qopqoq bilan zich
yopib, erituvchi 10 sm yuqoriga ko‘tarilgandan keyin olinib, iliq xavo oqimida quritiladi. So‘ngra
UB-nurida nurlantiriladi so‘ng Dragendorf reaktivi bilan purkaladi. Xromatogrammada xinin bo‘lsa,
UB - nurda tovlanish va Dragendorf reaktivi purkalganda qo‘ng‘ir dog‘ (Rf=0,25) xosil bo‘ladi.
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar.
I.YUpqa qatlamli xromatografiya deganda nimani tushunasiz?
2.Ikki yo‘nalishli xromatografik jarayonni tushuntiring.
3.Qarama-qarshi fazali xromatografiya jarayoniga izox bering.
4.Ekstraksion xromatografik jarayonni izoxlang.
5. Xromatografik dog‘ deganda nimani tushunasiz?
6.Xromatografik jarayondagi start nima? Uni qanday belgilash mumkin?
7.Xromatografik kameralar qanday tanlanadi?
8. Xromatografik kameralarni qo‘zg‘aluvchi faza pori bilan to‘yintirishni izoxlang.
9.Xromatografiyadagi front nima?
10.Rf-kattaligiga izox bering.U qanday aniqlanadi?
II.Tekshiriluvchi namuna eritmasini xromatografik plastinkaga o‘tkazish tartibini izoxlang.
12.YUpqa qatlamli plastinkalar yordamida xromatogrammalar tartibini izoxlang.
13.Moddalarni yupqa qatlamli xromatografik jarayonda taqsimlanish mexanizmi qanday?
14.Kofein, teobramin va teofillinni yupqa qatlam xromatografik aniqlash qanday bajariladi?
15.Amidopirin xususiy YUQX taxlili jarayonini izoxlang.
16.Xininni xususiy YUQX taxlili jarayonini izoxlang.
Download 19.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling