Laboratoriyada kimyoviy, fizik-kimyoviy tahlil qilish; o‘simliklarda ve-getatsion tajriba (vegetatsion uychalarda va issiqxonalarda) o‘tkazish


Download 12.92 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi12.92 Kb.
#1473761
Bog'liq
laboratoriyada kimyoviy


laboratoriyada kimyoviy, fizik-kimyoviy tahlil qilish; o‘simliklarda ve-getatsion tajriba (vegetatsion uychalarda va issiqxonalarda) o‘tkazish; har xil tuproq-iqlim sharoitlarida o‘g‘itlar bilan dala tajribalari (o‘g‘itlarning geogra-fik mintaqalardagi tajribalari) olib borish; xo‘jaliklarda ishlab chiqarish tajribalari o‘tkazib olingan natijalarga iqtisodiy baho berish ishlari kiradi. Agrokimyoda o‘simlik asosiy tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. O‘simliklar oziqlanishini o‘rganish va o‘g‘itlar vositasida uni izga solish usullarini ishlab chiqishda har bir o‘simlik (ekin)ning biologik va agrotexnik xususiyatlari hisobga olinadi. Agrokimyo tuproqshunoslik va tuproq mikrobiologiyasi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun unda tuproq ham o‘rganilishi kerak. Agromimyo tuproq tarkibidagi oziq moddalarning umu-miy miqdorini, ularning o‘simliklarga o‘tish xususiyatini, o‘g‘itlarning o‘zgarish jarayonlarini va tuproq xossasiga ta’sirini hamda o‘g‘itlarni ishlatish me’yorini va nisbatini, ularni turli xil ekinlarga solishning ratsional muddatlari va usullarini, o‘g‘itlarni qo‘llashning tuproqni ishlash tizimlari, alma-shib ekish, sug‘orish tartiboti va boshqa bilan to‘g‘ri qo‘shib olib borishni o‘rganadi. Agrokimyo o‘simliklarning oziqlanishini o‘rganishi tufayli o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi bilan bog‘langan.
Download 12.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling