Laboratoriyalar to`plami
-jadval Asosiy tur ixtisoslashtirilgan vagonlarning texnik tavsifnomasi
Download 1.68 Mb.
|
16-variant (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vagon turi Vagon modeli n o‘q
- 11-laboratoriya ishi Sisternalarda quyma tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini aniqlash
- Yuklarni turlari Vagonlar Temir yo‘lining umum.parki
10.3-jadval
Asosiy tur ixtisoslashtirilgan vagonlarning texnik tavsifnomasi
10.3-jadvalda: no‘q - vagonning o‘qlari soni, dona; Gyuk - vagonning yuk ko‘tarishi, t; qt - vagonning massasi (tarasi), t; La - avtoulagichning ilashish o‘qlari bo‘yicha vagonning uzunligi, mm; Bm - vagonning maksimal eni, mm; Hm - relsning yuqori kallagi sathidan vagonning maksimal balandligi; 11-laboratoriya ishi Sisternalarda quyma tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini aniqlash Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad: Talabalarga sisternalarda quyma tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini aniqlashni o‘rgatish va ko‘nikmalarini shakllantirish. Sisternalarda quyma tashiladigan yuklarga kira haqlarini aniqlash uchun: a) №4 tarif qo‘llanmasidan jo‘natuvchi stansiyadan tayinlangan stansiyagacha bo‘lgan tarif masofa aniqlanadi; b) yukni vazni butunlanadi; v) Sisternalarda quyma tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini aniqlashni 11.1-jadvalda keltirilgan tarif sxemalari bo‘yicha aniqlanadi. 11.1-jadval
g) sisternalarda vagonlab tashiladigan quyma yuklarni kira haqlari tashish masofasi uchun tegishli tarif sxemasidagi 1 tonnadan to‘lov stavkasini sisternadagi yukni vazniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi (suyuqlantirilgan gazlardan – 22600, 48800 pozitsiyalardan tashqari); d) sisternadagi suyuqlantirilgan gazlar – 22600, 48800 pozitsiyalar uchun kira haqlari, sisternadagi yukni vazniga undiriladi, ammo 22 t dan kamiga emas; ye) 11.1-jadvallardagi tarif sxemalari uchun to‘lov stavkalari 1 tonnaga keltirilgan, sisternadagi yukka kira haqlari aniqlash uchun tegishli masofalar uchun keltirilgan to‘lov stavkalarini yukni vazniga ko‘paytiriladi. 11.1-misol: Ахунбабаева stansiyasidan Карши stansiyasigacha 15-869 modelli to‘rt o‘qli sisternada 106 850 kg “Бензин автомоб. АИ-93.” tashish kira haqi aniqlansin. Yechish: a) №4 Tarif qo‘llanmasining 2-kitobi, I bo‘limini “Temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati” [3] dan Ахунбабаева va Карши stansiyalarini qidirib topamiz: St. Ахунбабаева: Uzbek.; Страница 395; Строка 2; Андижан I - 62, Коканд I - 74; 730303. St. Карши: Uzbek.; Страница 393; Строка52; Кашкадарья - 12, Нишан (эксп.) - 62; Kod 723307. Harakat yo‘nalishi bo‘yicha jo‘natuvchi stansiya joylashgan uchastkadan chiquvchi tranzit punktini va tayinlangan stansiya joylashgan uchastkaga kiruvchi tranzit punktini aniqlash uchun ularning orasidagi masofa 4 marotaba aniqlanadi va eng kam masofaga ega bo‘lgan chiquvchi tranzit punkti va kiruvchi tranzit punkti deb qabul qilinadi. №4 Tarif qo‘llanmasining 3-kitobi [4] ni “O‘zbekiston temir yo‘llari tranzit punktlari tarif masofalari” jadvalidan quyidagi tranzit punktlar orasidagi tarif masofalarini aniqlaymiz: Андижан I – Кашкадарья. = 610 km; Андижан I – Нишан (эксп.) = 451 km; Коканд I – Кашкадарья = 506 km; Коканд I – Нишан (эксп.) = 347 km – min. Shunday qilib harakat yo‘nalishi bo‘yicha Коканд I – chiquvchi tranzit punkti; Нишан (эксп.) – kiruvchi tranzit punkti. Stansiyalar orasidagi masofalar: Ахунбабаева – Коканд I = 107 km; Коканд I – Хаваст = 347 km; Нишан (эксп.) – Карши = 177 km. Ахунбабаева stansiyasidan Карши stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa: ℓtar. = 107 + 347 + 177 = 631 km. b) yuk vaznini butunlaymiz – 59 t; v) tashish kira haqi №19 tarif sxemasi bo‘yicha 631 km tarif masofasiga 297 984 so‘m, uni 59 tonnaga ko‘paytiramiz297 984 x 59 = 17 581 056 so‘m. Natijani 0,5500 koeffitsientiga (mahalliy qatnovlar uchun maxsus chegirma, Ангрен-ПОП ga bu koeffitsient 0.6548 ga teng, Тошгузар-Бойсун-Кумкурган ga esa bu koeffitsient 0,5787 ga teng) ko‘paytiramiz, va jami summadan 15 % miqdorida qo‘shilgan qiymat solig‘i undiriladi. Shunday qilib jami tashish kira haqi: 17 581 056 31 x 0,5500 = 9 669 580.8 + 9 669 580.8 x 0,15 = 11 338 017.02 so‘m. Har bir talaba guruh jurnalidagi familiyasi, ismi va sharifining tartib raqamiga muvofiq 11.2-jadvaldagi variantlar bo‘yicha tashish kira haqlarini aniqlaydi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling