Lafziy san`at turi


Download 18.59 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi18.59 Kb.
#224535
Bog'liq
Navoiyshunoslik badiiy san`atlar


Amaliy mashg`ulot. Navoiyning badiiy san`atlardan foydalanish mahorati

1-topshiriq. Lafziy san`at turlarini tushunchalar tahlili metodi orqali izohlash.



T/r

Lafziy san`at turi

Izohi

1

Tarse`

Ziynatlash, bezash, ipga marjon tizish. Baytning 1-misrasidagi barcha so`zlarning 2-misradagi so`zlar bilan o`zaro teng, vazndosh, qofiyadosh bo`lishiga asoslanga she`riy san`at

2

Muvozana

“Vazn jihatidan tengdoshlik”, bayt misralaridagi barcha so`zlarning vazn jihatidan teng bo`lish san`ati.

3

Zulqofiyatayn

Qo`sh qofiya keltirish, bayt misralarida ikki so`zni qofiyadosh qilib keltirish san`ati

4

Zulqavofiy

Qo`sh qofiya keltirish

5

Radd

Qaytarish san`ati

6

Sadr

Bayt boshidagi so`zning ikkinchi misra boshida kelishi

7

Ibtido

Birinchi misra oxiridagi so`zning keying misra boshida kelishi

8

Hashv

Bayt boshidagi so`zning misra o`rtasida kelishi

9

Ajuz

Birinchi misra oxiridagi so`zning bayt oxirida kelishi

10

Tardi aks

Teskari qilib takrorlash, she`rning birinchi misrasida keltirilgan ikki so`z yoki so`z birikmalarini keying misrda o`rnini almashtirib qaytarishdan iborat bo`lgan san`at.

11

Tashtir

Sintaktik stilistik usul

12

Tajziya

Bayt misralarining har birini ikki bo`lakka ajratib, misralardagi birinchi bo`laklarni ham, ikkinchi bo`laklarni ham o`zaro qoyiyalash san`ati

13

Talavvun

Rang-barang, turlanuvchi ma`nolarini bildirib, she`rn bir necha vaznda o`qish san`atidir.

14

Musovittarafayn

Taraflarning tngligida misralar odatdagi o`qilishdan tashqari yuqoridan pastga qarab ham o`qilishidir.

15

Kitobot

Badiiy tasvirda arab alifbosidagi harflardan foydalanish san`ati

16

Qalb

Qalb san`ati biror so`zni o`ng va chap holatlarda ham (non, kiyik) o`qish mumkinligi, shu so`zlarni qo`llash san`ati

17

Maqluba mustaviy

Arab yozuvida yozilgan she`r o`ngdan ham, chapdan ham o`qilganda bir xil mazmun berishi kerak.

18

Tasbi`

Birinchi misra oxiridagi so`zning ikkinchi misra boshida takrorlanishidir.

19

Tasdir

Birinchi misra oxiridagi so`zni keingi misra boshida takrorlashdir

20

Radd ul-ajuz al as-sadr

Bir xil ma`nodagi yoki shakldosh ikki so`zni baytning turli o`rinlarida keltirish san`atidir.

21

Radd ul-matla`

G`azaldagi birinchi misrani g`azalning oxirida takrorlash

22

Radd ul-qofiya

qofiyani takrorl keltirish san`ati

23

Tavzi`

Baytda bir xil tovushlarni takrorlash

24

Tazmin

“Bir narsani ikkinchi narsa orasiga qo`ymoq” ma`nosini ifodalab, she`rga o`zga shoir she`ridan bir misra yoki bir bayt olib, o`sha vazn, o`sha qofiya va radifda mazmunga muvofiq she`r bitish san`ati

2-topshiriq. Baytda qo`llanilgan vazn va she`riy san`atlarni aniqlang.

  1. Latofat gulshanida gul kibi sen sabzi xurram qol,

Men archi dahr bog`idin xazon yafrog`idek bordim.

(aruz vaznida yozilgan, tashbeh, tanosub she`riy san`atlari qo`llanilgan)



  1. Yo`ldasa bu yo`lda Nizomiy yo`lum,

Qo`ldasa Xusrav bila Jomiy qo`lum.

(aruz vaznida yozilgan, talmeh she`riy san`ati qo`llanilgan)



  1. Senki shohi husnsen, har kun qilib qulluq senga

Sajda aylarga qo`yar tufroqqa ruxsor oftob.

(aruz vaznida yozilgan,tashxis she`riy san`ati qo`llanilgan)



  1. Yerga kirsam koshki, chun yetmas ul oyg`a ilik,

Mushkul ahvole tushubdur:yer qatiq-u ko`k yiroq

(aruz vaznida yozilgan, irsoli masal she`riy san`ati qo`llanilgan)



  1. O`tdi ko`blar oy kibi yo`qtur aroda ul quyosh,

Vahki, ul badmehrni ko`rman o`todur mohlar.

(aruz vaznida yozilgan, tashbeh, tanosub she`riy san`atlari qo`llanilgan)



  1. O`t agar itsa jahondin, ohim o`lsa g`am emas,

Yetkuray bir damda yuz avvalg`I o`t miqdori o`t.

(aruz vaznida yozilgan, irsoli masal she`riy san`ati qo`llanilgan)



  1. Furqatingdin za`faron uzra to`karmen lolalar,

Lolalar ermaski, bag`rimdin erur pargolalar.

(aruz vaznida yozilgan, tashbeh,husni ta`lil she`riy san`atlari qo`llanilgan)



  1. Qaro ko`zum, kelu mardumlug`, emdi fan qilg`il,

Ko`zum qarosida mardum kibi vatan qilg`il.

(aruz vaznida yozilgan, tashbeh, tanosub she`riy san`atlari qo`llanilgan)



  1. To`rt sadaf gavharining durji ul,

Yetti falak axtarining burji ul.

(aruz vaznida yozilgan, tashbeh she`riy san`ati qo`llanilgan)



  1. Ki, haq taqdiridindur olam ichra,

Yomon-u yaxshining yaxshi yomoni.

(aruz vaznida yozilgan, tazod, tardu aks she`riy san`atlari qo`llanilgan)
Download 18.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling