Laminar oqim (lot lamina plastinka, qatlam) suyuqlik


Download 73.44 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.03.2023
Hajmi73.44 Kb.
#1243478
Bog'liq
Laminar oqim - Vikipediya



Laminar oqim
Laminar oqim (lot. lamina — plastinka, qatlam) — suyuqlik
yoki gazning tartibli (qatlamli) aralashmasdan oqishi. Laminar
oqimda suyuqlik yoki gaz oqimga nisbatan parallel ravishda
qatlam-qatlam boʻlib siljiydi. Suyuqlik yoki gazlarning kichik
tezlik bilan oqishi, oʻta qovushoq suyuqliklarning oqishi,
shuningdek, kichik hajmdagi jismdan suyuqlikning ohista oqib
oʻtishi va boshqalar laminar oqimga misol boʻladi.
Suyuqliklarning ingichka (kapillar) naydan oqish paytida,
podshipnikdagi moy qatlamida, jism sirtidan suyuqlik yoki gaz
oqib oʻtayotganda shu sirt yaqinida hosil boʻluvchi chegara
qatlamlarda va boshqalarda laminar oqimni kuzatish mumkin.
Suyuqlik yoki gazlarning harakat tezligi osha borib, vaqtning
maʼlum paytida laminar oqim tartibsiz turbulent oqimga
aylanadi.
1:01


Suyuqliklarning naydagi laminar oqimini kuzatish uchun ingliz
fizigi Osborne Reynolds katta bakdagi suyuqlikni uzun shisha
nay orqali, kichik tezlik bilan oqizgan. Shu naydagi suyuqlikka
rangli suyuqlik qoʻshib, ohista oqizilganda, rangli suyuqlik nay
boʻylab rangsiz suyuqlikka aralashmasdan yoʻnaladi. Naydagi
suyuqlik oqimining tezligi oshirilsa, maʼlum tezlikdan keyin
rangli suyuqlik rangsiz suv qatlamlari bilan aralashib ketadi,
yaʼni suyuqlikning laminar harakati yoʻqolib, oʻrniga tartibsiz —
turbulent harakat paydo boʻla boshlaydi. Suyuqlikning oqish
maromi Reynolds soni Re bilan belgilanadi. Laminar harakat
Re ning biror qiymatida (kritik qiymati Re da) buziladi. Re <
Re
kr
boʻlganda laminar oqim, Re > Re
kr
boʻlganda esa turbulent
oqim roʻy beradi. Naydagi suyuqlikning qovushoq laminar
oqimi Poiseuille qonuni orqali aniqlanadi. Laminar oqim
gidrotexnikada hisobga olinadi.
[1]
1. 
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar

Download 73.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling