Laminar oqim


Download 14.61 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.05.2023
Hajmi14.61 Kb.
#1436112
Bog'liq
Laminar oqim - Vikipediya



Laminar oqim
Laminar oqim (
lot.
lamina — plastinka, qatlam) — 
suyuqlik
yoki 
gazning
tartibli (qatlamli)
aralashmasdan oqishi. Laminar oqimda suyuqlik yoki gaz oqimga nisbatan parallel ravishda
qatlam-qatlam boʻlib siljiydi. Suyuqlik yoki gazlarning kichik tezlik bilan oqishi, oʻta qovushoq
suyuqliklarning oqishi, shuningdek, kichik hajmdagi jismdan suyuqlikning ohista oqib oʻtishi va
boshqalar laminar oqimga misol boʻladi. Suyuqliklarning ingichka (kapillar) naydan oqish paytida,
podshipnikdagi moy qatlamida, jism sirtidan suyuqlik yoki gaz oqib oʻtayotganda shu sirt
yaqinida hosil boʻluvchi chegara qatlamlarda va boshqalarda laminar oqimni kuzatish mumkin.
Suyuqlik yoki gazlarning harakat tezligi osha borib, vaqtning maʼlum paytida laminar oqim
tartibsiz 
turbulent oqimga
aylanadi.
Suyuqliklarning naydagi laminar oqimini kuzatish uchun ingliz fizigi 
Osborne Reynolds
katta
bakdagi suyuqlikni uzun shisha nay orqali, kichik tezlik bilan oqizgan. Shu naydagi suyuqlikka
rangli suyuqlik qoʻshib, ohista oqizilganda, rangli suyuqlik nay boʻylab rangsiz suyuqlikka
Play media


aralashmasdan yoʻnaladi. Naydagi suyuqlik oqimining tezligi oshirilsa, maʼlum tezlikdan keyin
rangli suyuqlik rangsiz suv qatlamlari bilan aralashib ketadi, yaʼni suyuqlikning laminar harakati
yoʻqolib, oʻrniga tartibsiz — turbulent harakat paydo boʻla boshlaydi. Suyuqlikning oqish maromi
Reynolds soni
Re bilan belgilanadi. Laminar harakat Re ning biror qiymatida (kritik qiymati Re da)
buziladi. Re < Re
kr
boʻlganda laminar oqim, Re > Re
kr
boʻlganda esa turbulent oqim roʻy beradi.
Naydagi suyuqlikning qovushoq laminar oqimi 
Poiseuille qonuni
orqali aniqlanadi. Laminar oqim
gidrotexnikada
hisobga olinadi.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Fizikaga
 oid ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?t
itle=Laminar_oqim&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Laminar_oqim&oldid=2402918

dan olindi
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 4 oylar avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi

Download 14.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling