Landshaftlar tasnifi
Geoekologiya - ekologiyaning yukori boskichi
Download 80 Kb.
|
Landshaft ekologiyasi
Geoekologiya - ekologiyaning yukori boskichi.
Inson va tabiat uzaro munosabatining xozirgi xolatini xamda ularning tarixini urganmasdan turib, ijtimoiy-ekologik nazariyani yaratib bulmaydi. Ijtimoiy-ekologik nazariyasiz esa inson uzining tabiatni uzgartirish borasidagi amaliy faoliyatlarida katta muvaffakiyatlarga erisha olmaydi. Ijtimoiy-ekologik konsepsiyalar xozirgi zamon ekologik xolat xakidagi ma’lumotlarga, ekologiya tarixi va ekologiya fani asoslariga tayanadi. Antropogen davr yer tarixida inkilobiy xisoblandi. Inson sayyoradagi faoliyatning mikyoslariga kura uzini buyuk geologik kuch tarzida namoyon etmokda. U uzining kiska xayoti davomida biosferaga sezilarli darajada ta’sir kursatadi. Inson jamiyatning shakllanishi xamda rivojlanishi maxalliy va xududiy ekologik tangliklarni yuzaga keltirgan. Albatta, buning bosh sababchisi-inson faoliyati. Insonning fan-texnika tarakkiyoti yulidan tobora olga borishi salbiy xolatlarni keltirib chikaradi. Buning okibati keskinlashib, ekologik tanglikni yuzaga keltirdi. Erda axoli soni eksponent ravishda ortmokda. T.Maltus bu xakda ogoxlantirgan edi. Bizning eramiz boshlarida Yerda 250 mln odam yashagan. Uning ikki baravar kupayishi uchun 1,5 ming yil kerak buldi. XIX asr boshlarida sayyoramiz axolisi 1 mlrd kishi buldi. 1986 yilga kelib esa Yerdagi axoli soni 5 mlrd kishiga yetdi. Xolbuki, bundan sunggi bir mlrd kishi 12 yil ichida dunyoga kelgan. Xozirgi vaktda Yer axolisi soni 6 mlrd.dan oshdi. Xullas, xozirgi zamonda axoli soni jadal sur’atlar bilan usib, insonning atrof-muxitga kursatayotgan ta’siri esa globallashib bormokda. Bu ta’sirning salbiy okibatlari xam dunyo mikyosida globallashmokda. Agar ilgari insoniyat maxaliiy va xududiy ekologik tanglik muammolariga duch kelgan bulsa, bugungi kunda yomon okibatlarga olib keluvchi global ekologik vaziyatlarni kuzatmokda. Xaqiqatan, fan-texnika tarakkiyoti yutuklari bizning sayyoramizda kuchli ekologik xalokatlarga olib keldi. 1945 yilda atom bombasi yaratildi. 1954 yilda dunyoda birinchi atom elektr stansiyasi kurildi va «tinchlik atomi»ga katta umid bilan karaldi. 1986 yilda Yer tarixida eng yirik texnogen xalokat sodir buldi. Chernobel AES sida falokat yuz berdi. Chernobel xalokatidan 7 mln. dan ortik inson zarar kurdi. Uning okibatlari xali tugilajak bolalarda xam kuzatiladi. Chernobil xodisasi - ekologik xalokat edi. U Yevropadagi bir necha mamlakatlarga ziyon yetkazdi. Download 80 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling