Landshaftshunoslik landshaftning ichki tuzilishi


oqimining tuproq hosil bo‘lish jarayonida tutgan o‘rni


Download 1.33 Mb.
bet7/8
Sana20.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1633769
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tojiboyev Landshaftshunoslik

oqimining tuproq hosil bo‘lish jarayonida tutgan o‘rni
ham ma'lum. Tuproq bilan o‘simlik, o‘simlik bilan
hayvonot orasidagi aloqalar ham to‘g‘ri aloqalarga
kiradi.
Landshaftlarning morfologik qismlari orasida
ham o‘zaro ta'sir va aloqadorliklar, ya'ni modda va
energiya almashinib turishi mavjud bo‘lib, ular
ikkinchi xil, ya'ni teskari aloqalarga kiradi.
Landshaftlarda ko‘proq ana shunday aloqalar
hukmronlik qiladi.
Teskari aloqalar landshaftning tashqarisidan ta'sir
etadigan kuchlarga yoki "turtki“ larga qarshilik
ko‘rsata olish xususiyati borligini belgilaydi va ularning
o‘zini o‘zi boshqarib turishida, barqarorlik holatini
saqlab turishga sharoit yaratib turadi, landshaftning
tashqi kuchlar ta'siriga chidamliligini ta'minlab turadi.
Teskari aloqalarning o‘zi ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin.
Ijobiy teskari aloqalar tashqi kuchlar landshaftga qaysi
yo‘nalishda ta'sir etsa, o‘sha yo‘nalishda ta'sir ko‘lamini
kuchaytirib boradi va zanjirsimon reaksiyaga sabab bo‘ladi.
Oqibatda landshaftda keskin, qor ko‘chkisiga o‘xshash
o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Ijobiy teskari aloqalar muttasil
harakatda bo‘lmaydi va cheksiz o‘zgarib turish holatiga ega
bo‘lmagan elementlar bilan cheklangandir.
Salbiy teskari aloqalar landshaftning asosiy morfologik
qismlarining barchasiga taalluqli bo‘lib, ularning birortasida
o‘zgarish bo‘ladigan bo‘lsa unga qarshi ishlaydi va yana
landshaftda barqarorlik holatni tiklashga harakat qiladi.
Shuning uchun ham landshaftga tashqaridan doimo modda va
energiya kelib turishiga qaramay u o‘zining nisbatan
barqarorligini saqlab tura oladi.
Landshaftning ichki tuzilishi degan tushunchaga
landshaftning komponentlari va morfologik qismlarining
makonda joylashish tartibi va ular orasidagi o‘zaro ta'sir va

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling