Langar,Langar Ota…
Download 33.5 Kb.
|
Langar
Langar “Langar,Langar Ota…” Agar e’tibor berilsa ,yurtimiz hududlarida ana shu nom bilan atalguvchi manzil-u makonlarni ko’plab uchratishimiz mumkin. Buning sababi nimada, ularning mashhurligidami yoki… Bir qarashda “Langar” so’zi, siz-u bizga ma’lum dengiz kemasidagi muvozanat saqlovchi uskunani eslatadi. Ammo, uning yana qanday ma’nolari borki, bir necha manzilgohlar aynan Langar nomi bilan ataladi? Langar so’zi tub manosiga ko’ra “muvozanat saqlovchi” bo’lib, ayrim manbalarda “islom sufiylari kelib joylashgan makon, musofirxona, yetim - yesirlar beva-bechoralarga oziq-ovqat, boshpana beriladigan joy” ma'nolari xam mavjud deyilgan. Langar nomi bilan bog’liq maskan joylarni o’rganishda shunga guvoh bo’lish mumkinki, ularning aksariyat qismi baland tepaliklarda joylashgan. Xo’sh buning sababi, o’zgacha hususiyati nimada? Izlanishlarimiz esa buning bir necha sabablarini ko’rsatadi.Ba’zi manbalarga tayanadigan bo’lsak, bu quyosh harakati bilan bog’liq. Ya’ni, quyoshning botishi va chiqishi yil davomida o’zgarib turadi,muayyan joyga borgach esa tik turib qoladi. Aynan mana joylar esa quyosh langar tashlaydigan joy deb atalgan va bunday joylar faqat tepaliklardagina joylashgan. Bundan tashqari Langar atamasining ma’no qirralarida “karvon yo’llarining odamlar to’xtab o’tadigan joyi” ma’nosini ham ko’rishimiz mumkin va ta’kidlash joizki, bu manzillar ham aynan tepaliklarda joylashgan bo’lib yon atrofdagi karvon yo’llari, turar joylarni kuzatib,tartibga solish uchun qulay joylashgan Langar deb nomlanishning yana bir sababi borki, u bevosita ko’hna qadriyatlar va diniy qarashlarga borib taqaladi. Ya’ni o’sha yerlarni islom sufilari manzil makon tutib, aholiga diniy talimotlarni o’rgatib, turli vaziyatlarda xalq hayotini tartibga solib borishga. Bir so’z bilan aytaganda esa shu hududlarning oqsoqoli vazifasini bajarishgan. Islom sufilari yashab o’tgan bunday joylarda ularning qabrlari maqbaralari mavjud bo’lib, ular hozirda muqaddas qadamjo sifatida e’zozlanadi. Aytib o’tish kerakki, har bir qadamjoning alohida tarixi mavjud bo’lib, ular haqida el ichida turli afsona va rivoyatlar yuradi. Rivoyatlarning biriga ko’ra, Buhoro viloyati G’ijdivon tumanidagi Xo’jalangar qishlog’ida qadimda Abduxoliq G’ijdivoniy degan ulug’ zot yashab o’tgan. Kunlarning birida yer juda tez aylana boshlabdi, sarosimadagi odamlar ul zotning oldiga kelib, Xo’jam yer juda tez aylanyapti, nima qilsak bo’ladi deyishibdi. Shunda G’ijdivoniy hazratlari hamma amal hudodan deb,qo’llaridagi tayoqni yerga suqibdilar va yerning aylanishi o’z muvozanatiga kelibdi. Ko’rinib turibdiki yurtimizning Qashqadar viloyatining Qamashi,Chiroqchi, Shahrisabz va Yakkabog‘ tumanlaridagi, Jomning janubiy tog‘ yonbag‘ridagi, Ko‘kbuloq kunbotaridagi, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Navoiy viloyatining Xatirchi, Farg‘ona viloyatining Farg‘ona, Quva, Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanlaridagi otdosh manzilgohlar aynan masha shu sabablarga ko’ra “Langar” deb atalgan. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, bu joylar qaysi asosga ko’ra Langar deb nomlamasin uning negizida bitta tub ma’no yotadi bu ham bo’lsa muvozanat. Faqat bu muvozanat o’z tarixiga ko’ra “Langar cho’qqi”, “Langar ota”, “Hazrati Langar” va yoki “Langar” deb farqlanadi. Tabiat hodisalari va tarix haqiqatlarini aks ettirgan ana shunday manzil-u masakanlarni o’rganar ekanmiz,yurtimiz naqadar boy tarix, madaniy merosga ega ekanligining guvohi bo’lamiz.Demakki, tarixning hali o’qilmagan sahifalari bizni kutmoqda. Nozima Akbarova Download 33.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling