Laning turlari va toifalari


Oilaning chegarasi va hududi


Download 42.28 Kb.
bet16/25
Sana08.01.2022
Hajmi42.28 Kb.
#238972
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
Hujjat

Oilaning chegarasi va hududi deyilganda, odatda oilaning boshqa sotsiomadaniy muhit vakillari bilan aloqasi, ularga bog’liqligi darajasi nazarda tutiladi. Satirning fikricha, shunday oilalar ham bo’ladiki, ular boshqalar bilan deyarli muloqotga kirmaydi, bu oilaga darvozadan ham, devoridan oshib ham kirib bo’lmaydi, u go’yoki o’z qobig’iga o’ralib olganday, o’z navbatida u boshqa oilalarga ham qiziqmaydi, oilaviy tantanalarga yaqin qo’shnilarni ham chaqirmaydi, o’qishi yoki ishxonasini hisobga olmaganda, boshqa ijtimoiy muassasalarga, masalan, teatr, kino, klublarga ham bormaydi. Odatda bunday “yopiq” turdagi oilalar unchalik inoq-ittifoq ham yashamaydi. Bizning sharoitimizda mahalla-kuyning tadbirlari ham ularsiz o’tadi. SHuning uchun ochiq turdagi, keng muloqotlarga asoslangan oila baxtli va mustahkam hisoblanadi. Bu oilalarning dahlsizligiga ham zarar etkazmaydi.

Taniqli amerikalik oilaviy psixoterapevt Salvador Minuxin ham o’ziga xos kontseptsiyaning asoschisidir. (Minuxin S., Fishman CH., 1998). Uning fikricha, oila – murakkab tuzilishga ega bo’lib, tarkibiga ayrim alohida individlarni, bir qator tizimlarni qamrab oladi. Ichki tuzilmalar koalitsiyalarga birlashib, oila doirasida turli hodisa va jarayonlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, har qanday oila boshqa o’ziga o’xshash tuzilmalar bilan murakkab munosabatlarni o’rnatadiki, bu tashqi tizimlar ba’zan oilani qo’llab-quvvatlash vazifasini ham bajaradi.

Oila – eng avvalo rivojlanuvchi tuzilma bo’lib, unga yoshga oid qonuniyatlar xosdir. CHunki oila a’zolari yillar o’tgani sari rivojlanadi, etuklikka erishadi, qariydi, shu bois ham oila doimiy o’zgarish va rivojlanishlarni boshidan kechiradi.

Oilaning tarkibiy tuzilmasi ham ilmiy jihatdan muhim bo’lib, uni eng avvalo alohida individlar tashkil etadi. Alohida individ o’z xohish-istaklari, ehtiyojlari, motivatsiyasi, hayotiy maqsad-muddaolariga ega dastlabki avtonom birlikdir. Oila a’zolari esa oilaga kirishib, qo’shilib ketganligi nuqtai nazaridan bir-biridan farq qiladi. Oilaning ayrim a’zolari butun vujudi, borlig’i bilan oilaviy hayotga uyg’unlashga ketgan bo’lsa, boshqalari uning tarkibiga boshqa tashqi tuzilmalar hisobidan qo’shiladi. Masalan, uy bekasi oilaning birinchisi bo’lsa, yangi tushgan kelinchak ikkinchi xil oila a’zosini tashkil etadi. Lekin barcha oila a’zolari uning psixologik muhitini, undagi samimiyatni barqaror etishga o’z hissasini qo’shadi, faqat birinchisi oila manfaatlarini ichkaridan turib, faqat yaxshilikni, barqarorlikni o’ylab ish tutsa, boshqalari tashqaridan turli ma’lumotlar, “o’ziga xos havo” olib kirish yo’li bilan oila muhitini muvofiqlashtiradi.



Er-xotin tizimi oiladagi er va xotindan iborat bo’ladi. Erkak va ayol qovishuvidan boshlanadigan bu tuzilma aslida butunlay bir-biridan farq qiluvchi qadriyatlar, qarashlar, kutishlar va e’tiqodlardan tarkib topadiki, agar ularning har biri o’zaro muloqot jarayonida bir-birlarini bilgani sari o’z qarashlari, xatti-harakat me’yorlari, odat va qiliqlaridan qisman bo’lsa-da, voz kechmas ekan, oilaviy birlik ro’y bermaydi. Bu juda katta psixologik jarayon hisoblanib, uning natijasi o’laroq oilada er-xotinning bir-biriga adaptatsiyasi, moslashuvi ro’y berishi mumkin. YAngicha “qovishuv”, bir-birini identifikatsiya qilish, o’xshashliklar jarayoni adaptatsiyaning muhim natijasi o’laroq, bunday bir-biriga yaqinlashish, “o’xshashlik va uyg’unlikning” paydo bo’lishi yillar davomida sayqal topib boradi. Lazarev va Rage degan olimlarning qayd etishlaricha, odam boshidan kechirishi mumkin bo’lgan stressor g’amlardan eng kuchlisi turmush o’rtog’idan judo bo’lish hisoblanadi, chunki ular yillar mobaynida bir-birlariga juda ko’nikib, kirishib ketgan bo’ladi. Ayni shu tuzilmadagi har qanday evrilishlar, nizolar va qiyinchiliklar yaxlit oilaning barcha a’zolariga birday ta’sir etadi.


Download 42.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling