Laqabi; boshqa laqablari Abo Muslim, Abu Muslim Xurosoniy, Abu


Download 66.68 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.04.2023
Hajmi66.68 Kb.
#1338693
Bog'liq
Abu Muslim - Vikipediya



Abu Muslim
Abu Muslim(laqabi; boshqa laqablari Abo
Muslim, Abu Muslim Xurosoniy, Abu
Muslim Marvaziy; asl ismi Abdurahmon)
(taxminan 700-755) - fors xalqiga
mansub, Xuroson va Movarounnahrda
umaviylar sulolasiga qarshi harakat
rahbari.
Isfahon viloyatidan chiqqan qul. Baʻzi,
manbalarga koʻra, abbosiylarning
Kufadagi targʻibotchilaridan Iso as-
Sarrojning quli boʻlgan, boshqa bir


manbalarga qaraganda, Isfahon
viloyatida yashovchi bir arab, yirik yer
egasining quli boʻlib, 738 yili xoʻjayini Kufa
qamoqxonasiga tashlangan paytda Abu
Muslim uning xizmatida boʻla turib as-
Sarroj bilan tanishgan va uning
topshiriqlarini bajara boshlagan.
Keyinchalik abbosiylarning Xurosondagi
targʻibotchilari rahbari Abu Salamaga
sotilgan (yoxud berilgan). 744 yil boshida
u bilan birga Xurosonga kelgan.
Keyinchalik Abu Muslim alaviylardan
Ibrohim ibn Muhammadga maʻqul kelgani
tufayli unga tuhfa qilingan. Ibrohim uni
ozod qilib, Abdurahmon deb ism qoʻygan
va uni oʻziga yaqin tutgan. 747 yil martda
Ibrohim Abu Muslimni umaviylarga qarshi


tayyorlanayotgan harakatga rahbarlik
qidish uchun Xurosonga oʻzining shaxsiy
vakili sifatida joʻnatgan. May oyida u
Marv vohasiga yetib kelib, bir oy ichida bir
necha ming tarafdorlarini toʻplagan. Abu
Muslim qullarga ozodlik berilishini vaʻda
qilgan. Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor
qoʻshinlari ustidan gʻalaba qilib, 748 yil
boshida Marvni egallagan. Abu Muslim
shu yerdan turib Xuroson va
Movarounnahrni egallanishiga rahbarlik
qilgan. Abu Muslim Marvda koʻpgina
qurilish ishlarini olib borgan, ilk bor
xutbani oʻtirib emas, balki minbarda turib
oʻqigan. Abu Muslimning hukmronlik davri
notinch boʻlgan: 750 yilda umaviylar
oʻrniga kelgan abbosiylar sulolasidan


norozi boʻlgan Buxoro arablari qoʻzgʻolon
koʻtarishgan va Movarounnahrning
koʻpgina hokimlari xalifalikdan ajrab
chiqishgan. Abu Muslim
Samarqandgacha borib, uning
istehkomlarini yangilagan va
Movarounnahrga egalik qilish uchun
kurash boshlagan. 751 yil iyulda uning
sarkardasi Ziyod ibn Solih Taroz yonida
Xitoy qoʻshinini tor-mor keltirgan va bu
bilan abbosiylarning Sirdaryo ortidagi
hududlariga egalik qilishlarini
taʻminlagan. 752 yil boshida Abu Muslim
Marvga qaytib kelgan, biroq oz fursatdan
soʻng Movarounnahr noibi etib
tayinlangan Ziyod isyon koʻtargan va Abu
Muslimga yana Amudaryoni kechib


oʻtishiga toʻgʻri kelgan. Abu Muslim
qudratining oshib borayotgani
abbosiylarni xavotirga solgan va ular uni
yoʻqotish payiga tushishgan. 754 yil may-
iyunda Abu Muslim hajga borish uchun
Xurosonni tark etgan. Shu paytda as-
Saffoh vafot etib, xalifalik taxtiga al-
Mansur oʻtiradi. Mansur hokimiyatini
amakisi, Vizantiyaga yurish qilgan qoʻshin
koʻmondoni Abdulloh tan olmagan. Abu
Muslim isyonchini tor-mor keltirgan (754
yil noyabr) va katta oʻljani qoʻlga
tushirgan. Mansur oʻljani talab qiladi,
bundan gʻazablangan Abu Muslim
Xurosonga qaytgan. Biroq xalifa uni
yoʻldan qoldirib Madoyin shahriga
muzokaraga chaqirtirib keltirishga


erishgan. Abu Muslim shu yerda 755 yil
12-fevral (yoxud 27-yanvar)da xalifa
qabulida boʻlgan chogida oʻldirilgan.
Sakkiz yillik faol diniy-siyosiy faoliyati
davrida Abu Muslim "ashaddiy" shialar
taʻlimotiga yoki imomatlikka
yaqinlashmagan boʻlsa ham uning oʻlimi
zamonaviy mazdakiylar, shialarning bir
qancha qoʻzgʻolonlarini keltirib chiqargan.
"Ashaddiy" shialarning ayrim firqalari uni
imom deb eʻlon qilgan, abumuslimiya
firqasi paydo boʻlgan. Bularning soʻnggi
aks-sadosi Muqanna qoʻzgʻoloni
hisoblanadi. Abu Muslim haqida Marvda
udum boʻlgan rivoyat, afsonalar
keyinchalik fors tilida (uning turkiycha
varianti ham bor) yozilgan xalq romani -


"Qissai Abu Muslim" (oʻzbekcha "Abu
Muslim jangnomasi")ga asos boʻlgan.
Abu Muslim - Islom Ensiklopediyasi
Abū Muslim (http://www.britannica.co
m/EBchecked/topic/2268/Abu-Musli
m) - Britan ensiklopediyasi.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Abu_Muslim&oldid=2161627" 
dan olindi
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 8-Yanvar 2021, 19:31 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 66.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling