Larini tashkil qilish


«Navro’z», «Mustaqillik xuli» bayramlari va boshqa milliy an’analarda xalq milliy o’yinlarini tashkil qilish


Download 32.9 Kb.
bet2/4
Sana06.02.2023
Hajmi32.9 Kb.
#1172270
1   2   3   4
Bog'liq
AHOLI TURAR-JOYLARIDA OMMAVIY SOG’LOMLASHTIRISH VA XALQ MILLIY O’YINLARINI TASHKIL QILISH

«Navro’z», «Mustaqillik xuli» bayramlari va boshqa milliy an’analarda xalq milliy o’yinlarini tashkil qilish

«Navro’z» bayrami, hosil bayrami, to’ylar qadimgi milliy an’analardan hisoblanadi. Ularning safiga mil­liy bayram sifatida «Mustaqillik kuni» bayrami ham qo’shildi. Bu an’anaviy bayramlar. xalq sayillari va to’ylarda kurash, ko’pkari /uloq/, poyga, otdan ag’darish, «qiz quvmoq», dorbozlik, tosh ko’tarish, bilak kuchini sinash va boshqa o’nlab o’yinlar doimiy ravishda qo’llanib kelingan. Ular haqida «Achpomish», «Go’ro’g’li», «Qirqqiz», «To’maris» afsonasi, «SHohnoma», «Manas» kabi juda kup dostonlar guvohlik beradi.
O’zbekiston istiqlol sari dadil borar ekan, xalq mil­liy o’yinlari milliy qadriyatlar sifatida yanada e’zozlanmoqda. O’lar «Navro’z», «Mustaqillik kuni», «Hosilbayrami», kasb-hunar bayramlari, to’ylar va ulug’ sanalarni nishonlash jarayonlarida yangi shakl va mazmunda keng qo’llanilmoqda.
O’zbek kurashi xalqaro sport maydoniga chiqdi. Sportning bu turi bo’yicha jahon chempionatlari muvaffaqiyatli o’tkazildi. SHu tufayli kurash shahar va qishloq yoshlarining sevimli sporti sifatida ommalashmokda.
Qishloqlardagi katta to’ylar kurashsiz va ko’pkarisiz o’tkazidmaydi. Otlarning zotini ko’paytirish, chavandozlar sonini oshrish borasida qishloq, qo’rg’on faollari jiddiy ish yuritmoqtsa. Barcha milliy bayramlarimizda faqat chavandoz polvonlargina emas, hatto yoshlar ham poyga, ko’pkari va boshqa xalq miliy o’yinlarida faol qatnashmoqdalar.
1991 yil aperldan buyon respublika miqyosida xalq mil­liy o’yinlari, musobaqalari, «Alpomish» o’yinlari festivallari o’tkazilayotgani haqida yuqorida bayon etilgan edi. Ayollar yiliga bag’ishlab o’gkazilgan xalq milliy o’yin­lari «To’maris» festivali xalq milliy o’yinlarining mazmun va shakl jihatdan boyligi, ularning ijtimoiy pedagogik mohiyatlari qenchalik ustun ekanligini namoyish qildi.
Ta’kidlash lozimki, markaziy shaharlar miqyosida va ba’zi qo’rg’on, qishloq hamda mahallalarda o’tkazilayotgan Navro’z, Mustaqillik kuni, Hosil bayramlari hamda to’ylarda xalq milliy o’yinlari namoyish shaklidagina olib borilmokda. Bu esa yoshlarning o’zaro bellashuvi va o’yinlarning ommalashuviga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Mahallalar va qishloqlarda o’tkazilayotgan an’anaviy bayramlarda halq milliy o’yinlarini tashkil qilishda mahalla oqsoqollari kengashi faollari, jismoniy tar­biya va sport mutaxassislari yaqindan turib o’zaro hamkorlik qilishlari zarur. SHunga asosan ko’pchilik ishtirok etadigan xalq milliy o’yinlarini mazmun va qoidalarini ixchamlashtirgan holda tashkil qilish lozim bo’ladi.
Bunday tadbirlarda mahalliy xotin-qizlarining ishtirokini ta’minlash xalq milliy o’yinlarining turlaridan keng foydalanishga olib keladi.
Xalq milliy o’yinlari shug’ullanuvchilarshshg insoniy fazilatlari va jismoniy sifatlarini maqsad yo’lida tarbiyalashda milliy qadriyatlarga tayanadi va ma’naviyjismoniy kamolotni o’stirishga xizmat qiladi. Ana shu jihatlar e’tiborga olinsa, mahalla oqsoqollari kenga­shi faoliyatщsh kuchaytirish va xalq milliy o’yinlaridan foydalanishni ta’minlashda ijobiy tomonlarga siljish bo’lishi mumkin.Sport turlari va xalq milliy o’yinlari bo’yicha turli jamoalar, to’garaklar tashkil qilish


  1. Download 32.9 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling