Lashkarak polimetall koni
Download 35.76 Kb. Pdf ko'rish
|
Lashkarak polimetall koni - Vikipediya
Lashkarak polimetall koni Lashkarak polimetall koni — Qurama togʻlarining shim. yon bagarlarida, Lashkaraksoyning yuqori oqimida, Angren shahridan 40 km jan.da joylashgan. Oʻrta asrda yirik kumushqoʻrgʻoshin konlaridan biri boʻlgan. Kon qoldiklari 1933-yilda topilgan. Konning ustki qismini qad. konchilar toʻla-toʻkis qazib olganlar. Konchilarning temir pona, tosh bolgʻa, sopol moychiroqlar kabi asbob va buyumlari, ruda eritish xumdonlarining qoldiqlari topilgan. Konning geologik tuzilishida yuqori toshkoʻmir davrining traxiandezit-datsitlari va yuqori perm davriga mansub liparit effuziv formatsiyalari ishtirok etgan. Rudali zonalar subvulkan jinslarida va shim.- sharq tomonga yoʻnalgan yer yoriklari atrofida joylashgan. Kondagi ruda, asosan, ikkilamchi minerallar tarqalgan joyda boʻlib, kvars-galenit, kvars-kalsit- galenit minerallari assotsiatsiyasida uchraydi. Ruda tarkibida 80 dan ortiq mineral aniklangan, jumladan, 60 dan ortigʻi rudali. Qoʻrgʻoshin va ruxdan tashqari kumush ham muhim ahamiyatga ega, ayrim joyda sof kumush ham uchraydi. Uning 1 t rudadagi miqdori 350 g dan ortiq, odatda, uning amaldagi miqdori 600—900 g/t dan kam bulmasligi lozim. Asosiy ruda elementlaridan tashkari kadmiy, indiy, surma va boshqa nodir metallar ham uchraydi. [1] 1. OʻzME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Manbalar Download 35.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling