Lashkarak polimetall koni


Download 35.76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.11.2023
Hajmi35.76 Kb.
#1773252
Bog'liq
Lashkarak polimetall koni - Vikipediya



Lashkarak
polimetall koni
Lashkarak polimetall koni — Qurama
togʻlarining shim. yon bagarlarida,
Lashkaraksoyning yuqori oqimida, Angren
shahridan 40 km jan.da joylashgan. Oʻrta
asrda yirik kumushqoʻrgʻoshin konlaridan
biri boʻlgan. Kon qoldiklari 1933-yilda
topilgan. Konning ustki qismini qad.
konchilar toʻla-toʻkis qazib olganlar.
Konchilarning temir pona, tosh bolgʻa,
sopol moychiroqlar kabi asbob va


buyumlari, ruda eritish xumdonlarining
qoldiqlari topilgan. Konning geologik
tuzilishida yuqori toshkoʻmir davrining
traxiandezit-datsitlari va yuqori perm
davriga mansub liparit effuziv
formatsiyalari ishtirok etgan. Rudali
zonalar subvulkan jinslarida va shim.-
sharq tomonga yoʻnalgan yer yoriklari
atrofida joylashgan. Kondagi ruda,
asosan, ikkilamchi minerallar tarqalgan
joyda boʻlib, kvars-galenit, kvars-kalsit-
galenit minerallari assotsiatsiyasida
uchraydi. Ruda tarkibida 80 dan ortiq
mineral aniklangan, jumladan, 60 dan
ortigʻi rudali. Qoʻrgʻoshin va ruxdan
tashqari kumush ham muhim ahamiyatga
ega, ayrim joyda sof kumush ham


uchraydi. Uning 1 t rudadagi miqdori 350
g dan ortiq, odatda, uning amaldagi
miqdori 600—900 g/t dan kam bulmasligi
lozim. Asosiy ruda elementlaridan
tashkari kadmiy, indiy, surma va boshqa
nodir metallar ham uchraydi.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi
 (2000-
2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Manbalar

Download 35.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling