Latipov Abdunahim 610-22. 2-Joriy Nazorat Savollarga Javobi Bilish nazariyasining predmeti «Gnoseologiya»


Download 10.52 Kb.
Sana17.10.2023
Hajmi10.52 Kb.
#1706286
Bog'liq
I6Xo HUq5-JayR1oz8bDZbK1DOOnWuBY


Latipov Abdunahim 610-22. 2-Joriy Nazorat Savollarga Javobi

  1. Bilish nazariyasining predmeti


«Gnoseologiya» – sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha «gnosis» – «bilim», «ilm» va «logos» – «ta’limot», «fan» so‘zlaridan kelib chiqqan. So‘zma-so‘z ma’nosi – «bilish haqi dagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jum la dan, falsafiy qomuslar va lug‘atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan

  1. Madaniyat tushunchasi va uning mohiyati

«Madaniyat» atamasi arabcha – «madina» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «shahar», degan ma’noni anglatadi. Arablar kishilar hayotini ikki turga ajratib, birini – badaviy yoki sahroyi turmush, ikkinchisini – madaniy turmush, deb ataganlar.

  1. Falsafiy antropologiyaning predmeti va vazifalari

Falsafiy antropologiya izlanishlarining bosh mo‘ljali va o‘zagini inson va faqat inson tashkil etadi. SHu ma’noda falsafiy antropologiyani antropotsentristik falsafiy ta’limot deb nomlash mumkin, chunki unda inson atrofida borliqning boshqa barcha muammolari aylanuvchi o‘ziga xos «markaziy o‘q» hisoblanadi.

  1. Global muammolarning turlari

Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab etish borasidagi ko‘p sonli sa’yharakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab etishga qaratilgan fanlararo ilmiy-tadqiqotlar soha si – globalistika paydo bo‘lishiga olib keldi.

  1. Mantiq ilmining qonunlari.

Mantiq inson tafakkuri madaniyatini ko‘tarish va insoniyatning uzoq tajribasi natijasida takomillashgan tafakkur shakllari, qonunlari va qoidalarini bilish uchun xizmat qiladi. U inson fikrining ketma – ket, ziddiyatsiz va asosli bo‘lishini ta’minlaydi. Mantiq fani mazmunini chuqurroq o‘rganish kishilarning o‘z tafakkuri va o‘zgalar tafakkuri natijalariga tanqidiy qarash xislatlarini rivojlantiradi
Download 10.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling