Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Ilk o„rta asrlar O„rta Osiyo me‟morlarining
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
8. Ilk o„rta asrlar O„rta Osiyo me‟morlarining
me‟moriy-rejaviy usullari Ilk o„rta asrlarning arablargacha bo„lgan O„rta Osiyo shaharlari feodalizm yuzaga kelishi sharoitlarida shakllangan. Sitadel va shahristonning o„zaro rejaviy- kompozitsion joylashuvi ko„shk va ked nisbatlari kabi ma‟lum qoidalarga bo„ysungan. Sitadel ko„shk kabi qattiq mudofaalangan va shaharning mustaqil qismiga shunday maqsadda ajratilganki, hatto shahar-shahriston yengilganida ham uni alohida himoyalash mumkin bo„lgan. Ba‟zida, masalan Buxorodagi kabi sitadel hatto shahristondan ajratilgan va u bilan umumiy devorga ega bo„lmagan. Sayramda agar uning joylashish o„rni sharqiy darvoza oldidagi Maryambibi tepaligida degan taxmin to„g„ri bo„lsa, u holda sitadel shahriston devoridan 77 tashqarida bo„lgan. Buxoro vohasining yirik shahri - Romiton sitadeli deyarli batamom shahriston devorlari tashqarisiga chiqqan. Har holda shaharlarning aksarida sitadel shahriston chegaralariga kiritilgan, ammo uning biror tashqi devori yonida bo„lgan. O„rta Osiyoning arablargacha bo„lgan davr shaharlarining deyarli barcha sxemalarida shahar kattaligi va ahamiyatidan qat‟iy nazar bunday holatni kuzatish mumkin. Shu bilan bir qatorda, ayniqsa mudofaalangan saroydan iborat bo„lgan hukmdorlarning qarorgoh-shaharlarida sitadelning markaziy joylashgan holatlari bo„lgan. Shaharning bunday kompozitsiyasi namunasini uzoq o„tmishdan, qadimgi Sharq davlatlarida topish mumkin. Tarhda to„g„ri burchakli, markazida sitadel- saroyli Vavilon va Borsippani, tarhda aylana - Xett Xattushashi va Samalni, nihoyat, ancha keyingi davrlardagi markazda joylashgan saroy qo„rg„oni va aylana bo„ylab tashqi devorlarga ega Parfiya Xatrasini eslaylik. Ilk o„rta asrlardagi Hirot (X asrgacha) shuningdek tashqi devor to„rt darvozasi kabi yo„naltirilgan shahar markazida joylashgan to„rt darvozali sitadelga ega bo„lgan. Hatto darvozalarning har bir juftining nomlanishi bir-biriga mos bo„lgan. Tashqi darvozalar oldida bozorlar bo„lgan. Pirovardida sitadel shimoliy tashqi devorga surilgan. Bu namunalar ko„rilayotgan davr shaharlari uchun planirovka usullarining umumiyligini ko„rsatadi. Ilk o„rta asr shaharlari umumiy tuzilishida ham, shahar- shahriston qiyofasida ham uning tashqi kuchlarga qarshi qo„yilishi e‟tiborni jalb qiladi. Shahar devori tashqarisida joylashgan hamma narsa oddiy vositalar bilan himoyalanishi zarur bo„lgani joiz dushman qarorgohi sifatida qabul qilingan. Shuning uchun shaharning tashqi olam bilan aloqasi cheklangan va qiyinlashgan. Tumandan olib chiquvchi shahar tashqarisidagi yo„l bilan shahar ko„chasi orasida bevosita aloqa yo„q bo„lgan. U qo„rg„on darvozalari bilan va murakkab himoya qurilmasiga ega darvozaoldi inshooti bilan uzilgan. Tuproq qal‟a turidagi Kushonlar qo„rg„oni puxta mudofaalangan va darvozaoldi labirinti bilan niqoblangan faqat birgina chiqish joyiga ega bo„lgan. Bu yerda shahar ichki maydoni uni o„rab turgan tumandan iloji boricha ajratib qo„yilgan. 78 Ammo, ba‟zida o„lchamlari va ko„chalar yo„nalishi jihatidan tashqi o„xshashlikka ega bo„lib, ilk o„rta asrlar shaharlari antik davr shaharlaridan tubdan farq qilgan. Antik davrdagi oddiy shahar rejaviy g„oyasi arxaik katta oila uyining planirovka usullari bilan go„yo tenglashtirilgan. Alohida uy tarhi shaklidagi to„g„rilik va muntazamlilik g„oyasi butun shahar rejasi shakliga ko„chib o„tgan. Ilk o„rta asrlar shahar-shahristonlarida esa bunday emas. Antik shahar bilan ilk o„rta asrning shakllangan shahar-shahristoni o„rtasida urug„-qabila munosabatlarining uzil-kesil parchalanish va oilaning ijtimoiy hayotning asosiy yacheykasi sifatida ajralish davri yotadi. Bu oila ajratilgan, mudofaalangan qal‟ada yashaydi. Ilk o„rta asr shahristoni yaxlit bir rayon uchun o„ziga tortish markazi hisoblanib, shunday mudofaalangan qal‟alardan birining hunarmandchilik shaharchasi kabi o„sgan. U rayon bilan bog„langan va bu aloqa shahriston ko„chalari shaklida aks etgan. Ular shahar-shahristonni rayon-rustakning hamma to„rt qismi bilan bog„lagan holda to„rt qarama-qarshi tomonga yo„nalgan va faqat shahristonning tabiiy to„siqlari yoki kichik o„lchamlari ko„chalar sonini kamaytirgan. Ko„pincha ilk o„rta asrlar shahrining ko„chalar tizimi shakllanishi shahar qurilishlaridan ilgariroq bo„lgan, qurilishlar esa keyinroq ilgari yuzaga kelgan ko„chalar yo„nalishiga moslashtirilgan. Uylar asta-sekin bir-biriga tutashtirib qurilgan. Ba‟zi hollarda qurilishlar ko„chalar to„g„ri chiziqliligini buzgan holda ularning yo„nalishini kesib o„tgan. Ilk o„rta asr shahri qurilishlarida o„z davrida Milind-Panx grek-hind traktatida tavsiya qilingan munosabat istesno qilingan. Har bir kishi binolarning o„zaro joylashuvidagi hamjihatlik va tartiblilikni chetga surib, faqat o„z uyi qurilishi uchun maydonni tayyorlab, faqat o„z qo„rg„onini eng qulay joyga qo„yishga harakat qilgan. O„rta asr shahri ko„chalarining noto„g„riligi va chalkashliligi uni antik muntazam to„g„ri burchakli shaharga planirovka jihatidan qarama-qarshi qilib qo„yadi. Shahar-shahriston markaziy ko„chalarining kesishgan joylarida ibodat binosining qurilishi bilan belgilangan: islom davrida bu jome masjidi bo„lgan. Jome masjidi binosi o„zining jozibador arxitekturasi bilan ajralib turgan. U 79 chorrahaning mahobatli-hajmiy belgisi bo„lgan. Ko„cha shaharning ikki qarama- qarshi tomonlarini birlashtiruvchi harakatning yagona uzluksiz oqimi sifatida idrok qilingan. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling