Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


Mo„g„ullargacha bo„lgan davr shaharlari me‟moriy-rejaviy tuzilishi


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

2. Mo„g„ullargacha bo„lgan davr shaharlari me‟moriy-rejaviy tuzilishi 
 


87 
Bu davr shaharlarining farovonlik manbalari - rivojlangan savdo va qishloq 
okrugining ekspluatatsiyasi bo„lgan. Shahar hayoti nisbatan ko„p bo„lmagan 
(oldingi feodal davrigacha bo„lgan vaqt bilan taqqoslaganda) manzilgohlarda 
to„plangan, bu esa obodonlashtirish va qurilishlar bo„yicha yirik ishlarni amalga 
oshirish imkonini bergan. Masjidlar, diniy maktab - madrasalar, hammomlar, 
bozorlar, yuk tushirish va ortish punktlari, omborxonalar, hunarmandchilik 
kvartallari paydo bo„lgan. 
O„rta Osiyo rayonlari IX-X asrlarda qishloq xo„jalik va texnik madaniyatni 
o„zlashtirish bo„yicha ixtisoslashtirilgan. Marv vohasida texnik madaniyat va u 
bilan bog„liq hunarmandchilik keng tarqalgan. Zarafshon va Qashqadaryo don 
ekinlari ustunligi bilan aralash dehqonchilik xo„jaligini tashkil etgan. Farg„onada 
kon sanoati rivojlangan. Sahro bilan chegaradosh rayonlarda (Urganch, Isfajob) 
ko„nchilik hunarmandchiligi ravnaq topgan, unga ko„chmanchilar tomonidan xom 
ashyo yetkazib berilgan. 
Ixtisoslashuv shahar va qishloq okrugi o„rtasida katta mol almashuvini 
keltirib chiqargan. X-XII asrning shaharlar aholisi turli-tuman bo„lgan. Feodal 
yuqori tabaqasini yirik yer egalari va oliy musulmon ruhoniylari bilan bog„liq 
savdogar aslzodalar tashkil etgan. Shahar aholisining muhim guruhini 
hunarmandlar tashkil qilgan. Bu guruhlar o„rtasida, ba‟zan keng masshtab kashf 
etgan keskin sinfiy kurash borgan (masalan, Buxoroda 1206-1207 yillarda
Samarqandda 1212 yilda va boshqalar). Shaharlarda, ularning rivojlanish darajasi 
bo„yicha aholi hunarmandchilik ishlab chiqarishi to„plangan. Hunarmandchilik va 
savdo bir-biridan ajralmas bo„lgan. Ustaxona bir vaqtning o„zida savdo xonasi ham 
bo„lgan. 
Karvon savdosi bilan bog„langan boy savdogarlarning kvartallari alohida 
bo„lib joylashgan. Karvonsaroylar ularning savdo faoliyati joyi bo„lgan. 
Shuningdek yirik ustaxonalar bo„lgan, u yerda amirlar, xaliflar va boy, xususiy 
shaxslarga qaramlikda bo„lgan hunarmandlar ishlagan. Bunday ustaxonalar 
keyingi, mo„g„ullar davrida “korxona” nomi bilan mashhur bo„lgan.


88 
O„rta Osiyo mo„g„ullargacha bo„lgan feodal shahrining sotsial mohiyati uning 
tuzilishiga ta‟sir ko„rsatgan. O„rta Osiyo feodal shahri tuzilishi umumiy 
manzarasini yozma manbalar (asosan X asr arab geografik adabiyoti), saqlanib 
qolgan manzilgohlar va XIX asr oxiri va XX asr boshlarigacha shaharlarda 
saqlanib qolgan planirovka an‟analari asosida tasavvur qilish mumkin. 
Shaharning yangi qismi - rabodning reja sxemasi - shahriston sxemasidan 
umuman farq qilgan. Shahriston uchun to„rtta qo„rg„on darvozalaridan shahar 
markaziga olib boruvchi ikki asosiy ko„chaning kesishuvi xosdir. Rabodning 
xarakterli xususiyati - atrofdagi aholining qishloq xo„jalik mahsulotlarini shahar 
hunarmandlari buyumlariga ayirboshlash joyi-bozorlar bo„lganligidadir. 
Shaharning atrofdagi qishloq xo„jalik rayonlari bilan bunday aloqasi rabod 
ko„chalari yo„nalishi bilan ifodalangan. Markaziy yadro - bozordan ular shahar 
darvozalari tomon tarqalgan. Darvozalar soni oshib borgan. Samarqandda va 
Termiz rabodlarida ular oltita bo„lgan, Buxoroda o„n bitta, Toshkentda o„n ikkita. 
Shahar chekkasi yo„llari shahar ko„chalarining bevosita davomi bo„lgan. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling