Laylakvoyniki, dedi


Download 328.56 Kb.
bet1/3
Sana15.05.2020
Hajmi328.56 Kb.
#106339
  1   2   3
Bog'liq
Document (3) Tuxliyeva Jongul Amayot.Tarjima.Ur toqmoq ertagi.Jongulsteep3week4


Bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir kampir bilan bir chol bor ekan. Ular ovchilik bilan kun o’tkazar ekanlar. Bir kun chol tuzoq poylab o’tirgan edi, tuzoqqa katta bir laylak tushdi. Yugurib borib laylakni tuzoqdan chiqargan edi, laylak odamdek so’zlamoqqa boshladi:
Chol, men laylaklarning boshlig’iman, meni qo’yib yubor, nima tilasang shuni beraman. Mening makonim shu qarshidagi tog’ning orqasida. „ Laylakvoyning uyi qayda» desang, hamma aytib beradi, — dedi.
Chol laylakni qo’yib yubordi. Ertasiga ertalab turib, Laylakvoyning sovg’asini olib kelish uchun yo’lga tushdi. Yurib, yurib bir joyga borib yetdi. Qo’y boqib yurgan cho’ponlardan:
— Bu qo’ylar kimning qo’yi? — deb so’radi.
— Bu qo’ylar Laylakvoyning qo’yi,— deb cho pon cholni yo’lga solib yubordi. Bir joyga borib yilqi haydab yurgan yilqichiga:
— Bu yilqilar kimniki?— deb so’radi chol. Yilqichi.
— Laylakvoyniki, — dedi.
— Laylakvoy menga sovg’a va’da qilib edi, nima so’ray? — degan edi, yilqichi bunday dedi:
Laylakvoyning bir xumchasi bor, „qayna, xumcha» desa, tilla qaynab chiqadi, shu xumchani so’ra, — dedi.
Chol oz yurib, ko’p yurib, ko’p yursa ham cho’l yurib, yetti kechayu yetti kunduz deganda Laylakvoyning uyiga borib yetdi. Eshikdan kirib:





Assalomu alaykum, — dedi. Laylakvoy:
— Haq, saloming bo’lmasa, ta’ziringni berardim. Sen sovg’a uchun kelgan bo’lsang kerak, qani nima so’raysan? — dedi.
— Men sizdan „qayna, xumcha»ni so’rayman, — dedi chol.
Laylakvoy o’ylab qoldi:
— Chol, senga bir tovoq tilla beray, — desa ham chol ko’nmadi. Axir „qayna, xumcha» ni berishga rozi bo’ldi. Chol 
Download 328.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling