“Layli va Majnun ”- pok va yuksak muhabbat ifodasi
Navoiy devonlaridagi bahrlar miqdori. Layli va Majnun dostoni vazni
Download 35.16 Kb.
|
2.2 Navoiy devonlaridagi bahrlar miqdori. Layli va Majnun dostoni vazni Aruz she’r tizimi Sharq xalqlari she’riyatining asosiy she’riy o‘lchovi sifatida ming yillardan beri turkiy she’riyatimizda keng qo‘llanilib kelayotgan she’riy vaznlardan biridir. Uning she’riyatimizga kirib kelishi va mustahkam o‘rin olishi tasodifiy bo‘lmay, islomdan oldingi she’riy merosimizda ham misralardagi cho‘ziq va qisqa hijolar o‘rtasida muayyan mutanosiblik mavjud bo‘lgan. Olimlarimizning aniqlashlaricha, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit ''turk” asaridan o‘rin olgan 224 she’riy parcha aruzdagi - V ----,V-V- ,-V V-,VV ----, V --------, - V V -----turoqlariga mos keluvchi o‘lchovda yaratilgan (A.Hojiahmedov). Kuzatuvlarga ko‘ra, turkiy xalqlar ilk bor aruz tizimida qalam tebrata boshlaganlarida, barmoq vazn tizimiga yaqin turuvchi vaznlardan foydalanganlar. Aruz muomalaga kirgan ilk davrlarda yaratilgan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari ’’Shohnoma” vaznida, ya’ni mutaqorib bahrida yozilgan. Yusuf Xos Hojibning aynan shu o‘lchovni tanlashiga sabablardan biri sifatida mutaqorib bahrining turkiy xalqlar she’riy tizimi bo‘lmish barmoqning eng faol shakllaridan bo‘lgan o‘n bir bo‘g ‘inli vazniga juda ham uyg‘un ekanligini keltirish mumkin. Adib Ahmadning “Hibat ul-haqoyiq” asarida ham ushbu o‘lchov to‘rtliklar shaklida ifoda etilgan. X IV -X V asrlar turkiy xalqlar adabiyotida aruz tizimidan foydalanishning yangi bosqichi bo‘ldi. Bu davrda Nosiruddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asaridagi 600 misraga ya366 qin she’riy parchalar, Xorazmiy “Muhabbatnoma”si va boshqa nomalar, Qutb, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Sayyid Qosimiy dostonlarida aruz tizimining ramal, hazaj, sari’, muzori’ kabi bahrlari istifoda etildi. Navoiygacha bo‘lgan turkiy she’riyatda aruz tizimining xushohang vaznlaridan foydalanish va ularni turkiy she’riyatga olib kirishda Sakkokiy, Gadoiy, Atoyi, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy kabi shoirlarning xizmatlari katta bo‘ldi. Sakkokiy o‘zining 40 ga yaqin g ‘azali va 11 (ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra 13) qasidasida aruz tizimining 5 bahridan foydalangan bo‘lsa, Atoyi va Gadoiy she’riyatida 6 bahr, Lutfiy va Hofiz Xorazmiy devonlarida esa 9 tadan bahr istifoda etilganligini ko‘ramiz. Ushbu bahrlar va ularga mansub bo‘lgan vaznlarni quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin: T.r. Mumtoz ijodkor nomi Qo‘llan ilgan bahrlar soni V azn lar miqdori 1. Sakkokiy 5 ta 11 ta 2. Gadoiy 6 ta 15 ta 3. Atoyi 6 ta 18 ta 4. Lutfiy 9 ta 38 ta 5. Hofiz Xoram iy 9 ta 54 ta Turkiy aruzning ham nazariy, ham amaliy jihatdan rivojlanishi va taraqqiyoti bevosita Alisher Navoiy ijodi bilan bog'liq. Buyuk mutafakkir shoir o'zining aruz qonun-qoidalariga bag'ishlangan “Mezon ul-avzon” asarida 19 bahr, 160 vazn haqida ma’lumot bergan bo‘lsa, lirik va epik she’riyatida 13 bahr, 1 0 0 ga yaqin vazndan keng foydalandi va bu bilan aruz tizimi turkiy she’riyatning ajralmas qismiga aylanganligini asoslash bilan birga bu she’riy tizimning turkiy til qonuniyatlariga har tomonlama mos kelishini isbotladi. Alisher Navoiy bolalik chog‘laridanoq fors-tojik va turkiy tilda yozilgan g ‘azallarni yod olgan va o‘zi ham she’rlar bitib, Mavlono Lutfiy, Sayyid Hasan Ardasher kabi ustozlarning e’tirofiga sazovor bo'lgan edi. Uning dastlab yozgan she’rlarida fors-tojik va turkiy salaflari g ‘azallarining ohangi, bu ohang orqali esa ularning she’riyatida qo‘llanilgan vaznlarning ta’siri bor. Zero odatda yosh shoir she’r yozar ekan, odatda uni o‘z xotirasi yoki shuurida saqlanib qolgan ohang asosida yaratadi. 367 Shu ma’noda yosh Alisherning dastlabki she’rlari ramal, hazaj yoki muzori’ kabi musta’mal bahrlarda yozilgan deb aytish mumkin. Navoiyning o‘zi “Holoti Sayyid Hasan Ardasher” asarida yoshlik yillaridayoq ba’zi she’rlari Xurosonda shuhrat qozonganligi va Sayyid Hasan Ardasher ularni takrorlab yurishni xush ko‘rganligi haqida ma’lumot beradi. Ular orasida Furqatingdin za’faron uzra to'karmen lolalar, Lolalar ermaski, bag'rimdin erur pargolalar... U l parivashkim, ЬоЧиЪтеп zor-u sargardon anga, Ishqdin olam manga hayron-u men hayron anga matla’lari ramal bahrida yaratilgan bo‘Isa, Labing ko'rgach, iligim tishlaram har dam tahayyurdin, A jab holatki, tutmay bolni barmoq yalaydurman baytida hazaj bahri qo‘llanilganligini ko‘rish mumkin. Alisher Navoiyning ijodiy faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, buyuk mutafakkir o‘zbek tilining jonli muloqot tilidan ilm-fan, adabiyot va san’at tili darajasiga yuksalishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga harakat qilganligi, tilning rivoji uchun nazariy asoslar yaratib, amalda tatbiq etganligiga guvoh bo‘lamiz. Aruz - tilning fonetik tovlanishlarini saqlash uchun eng maqbul vosita ekanligini anglagan Navoiy bu she’riy o‘lchovni turkiy tilda tatbiq etishda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratdi: Navoiy she’riyatida arab va fors tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar asl talaffuz holatini saqlab qoldi. Arabiy va forsiy so‘zlar aruz vazniga solib o‘qilganda jonli muloqotda qo'llanilgan shaklda emas, balki asliyatga mos holatda keltirildi. Masalan, qasr so'zi Navoiy she’riyatida bitta o‘ta cho‘ziq ( -V ) hijodan iborat, holbuki biz jonli muloqotda bu so‘zni qas(i)r shaklida (V - ) talaffuz qilishga o‘rganib qolganmiz. Yor, dor, zor kabi asli arabcha yoki forscha bo‘lgan so‘zlar ham forsiy va arabiy aruz o‘lchoviga mos ravishda bitta o‘ta cho‘ziq ( -V ) hi jo hisoblanadi. Ammo asli turkiy bo‘lgan va “o” unlisi ishtirok etgan quyosh, tufroq, yosh, sori, dog‘i kabi so‘zlar matn va aruz talabiga muvofiq turli shaklda - bitta qisqa (V), bitta cho‘ziq ( - ) yo bitta o‘ta cho‘ziq ( -V ) tarzida talaffuz qilinishi mumkin. Masalan, “Navodir ush-shabob” devonidagi quyidagi 368 baytga diqqat qilaylik: Yoshdin angla yuzum, gar siymgundur, gar qizil, Toshdin angla tanimni: gar ko‘k o‘lmish, gar qaro. Baytning boshida kelgan “yosh” bitta o‘ta cho'ziq bo‘g‘inni (-V) tashkil qiladi. Mana bu baytda esa, ayni shu so‘z bitta qisqa bo‘g‘indan iborat bo‘lmoqda: Daf’a-daf’a gul sochilmaydur gulafshon bog'ida Kim, mening gulgun yoshimdin qatra-qatra qon erur. Quyidagi baytda esa, “tufroq” so‘zi ikki xil taqti’ qilinadi: Faqr ko'yi tufrog'in shah mulkiga bermas faqir, Mulk, ko‘rkim, teng emas tufrog‘ ila qiymat anga. Birinchi misradagi “tufrog‘in”da “ro” bo‘g‘ini qisqa talaffuz qilinsa, ikkinchi misrada cho'ziq talaffuz qilinadi. Bilamizki, ayrim turkiy shevalarda “o” tovushi umuman qo‘llanilmaydi (tosh- tash, bosh - bash, qora - qara). Navoiy o‘z she’riyatida ikkala variantni ham teng qo'llab, ham aruz imkoniyatlarini kengaytirgan, ham shevalardagi rang-baranglikni saqlab qolishga erishgan. Turkiy shevalardagi talaffuz rang-barangligi faqat “o” va “a” tovushlarida emas, balki “o‘”, “i” , “e” unlilarida ham kuzatiladi. Navoiy aruz vazni talablaridan tashqari, ana shu talaffuz turlichaligidan hosil bo‘ladigan ma’no tovlanishlarini ham hisobga olgan. Bu holat ayniqsa, tajnis san’ati qo‘llanilgan baytlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Navoiy aruzining forsiy va arabiy aruzdan farqlanuvchi yana bir jihati - bu dimog* orqali talaffuz etiladigan “ng” tovushidir. Forsiy aruzda “ng” tovushi yo‘qligi sababli, so'zlar taqti’i odatda ikki cho‘ziq (— ) yoki bitta cho'ziq va bitta qisqa (-V) bo‘g‘inlarga bo'linadi (sangin----; tanga - V). Navoiy she’riyatida esa, -ga qo‘shimchasi “n” undosh bilan tugaydigan sof turkiy so'zlar tarkibida kelganida taqti’ bitta qisqa bo‘g‘in bilan boshlanadi. Masalan: Ko‘rgali husnungni zoru mubtalo bo'ldim sango, Ne balolig‘ kun edikim, oshno bo'ldim sango. Алишер Навоий. Лайли ва Мажнун. Мукаммал асарлар т^плами. 20 жилдлик. - Т.: Фан, 1992. 9-жилд. Алишер Навоий. Хамса: Лайли ва Мажнун. ТАТ. 10 жилдлик. - Т.: Fayp Еулом номидаги НМИУ, 2011. 7-жилд. Alisher Navoiy. Layli va Majnun. - Т.: G’ .G’ulom nomidagi NMIU, 2006. Алишер Навоий. Лайли ва Мажнун (насрий баён муаллифи В.Рах,монов, Н.Норкулов). - Т.: Адабиёт ва санъат, 1990. Алишер Навоий: комусий лугат. 1-2-жилдлар / Масъул му^аррир Ш.Сирожиддинов. - Т.: Sharq, 2016. Ахмедов Т. Алишер Навоийнинг “Лайли ва Мажнун” достони. - Т.: Фан, 1970. Комилов Н. Тасаввуф. - Т.: Movarounnahr - O’zbekiston NMHJ, 2009. Назруллаева С. Тема “ Лейли и М едж нун” в истории литературы народоЛСоветского Востока. - Т.: Фан, 1983. Рустамов А. Навоийнинг бадиий мах,орати. - Т.: Адабиёт ва санъат, 1979. Каюмов А. Инщ водийси чечаклари. - Т.: Адабиёт ва санъат, Download 35.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling