Layli va majnun
Oriental Renaissance: innovative
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
layli-va-majnun-syujeti (1)
Oriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 306 w www.oriens.uz 2021 February ko‘lka tashlovchi har nav tasodifiy chizg‘ilar, tor maishiy sharoitlar shoir tomonidan ustalik bilan o‘chiriladi…” 11 – deya o‘z xulosasini keltiradi. 3. Abduqodir Hayitmetov. Ijodkor Navoiy ijodida “Layli va Majnun” dostonining o‘rni haqida gap yuritar ekan, davr tazyiqlarini inobatga olishga, ishq- muhabbat mojarolarini davr voqealariga moslashtirishga (Navoiy davrini XX asrning 70-yillariga qiyosan o‘rganishga) majbur bo‘lganligiga guvoh bo‘lamiz: “Alisher Navoiy o‘z qahramonlaarining ayanchli taqdiri orqali o‘z davridagi ezilgan xalq ommasining taqdirini ham aks ettirgan va bunday o‘rinlarda xalq ommasining keskin noroziligini ham ifoda etgan…” 12 4. Olim Sharafiddinov. 13 Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida fikr yuritgan ijodkor, shoir hayot yo‘li bilan birgalikda, asarlarining tahliliga ham alohida boblar ajratadi. “Layli va Majnun” nomi ostidagi bobda quyidagi fikrlarni bayoniga guvoh bo‘lamiz: “Layli va Majnun” mashhur arab afsonasi sujetida yozilgan dostondir. Shoir unda bir-birini sevgan oshiq-ma’shuqning boshidan kechirgan qayg‘uli voqealarni, ularning halokatga uchrashlarini … yozadi”. 5. Aziz Qayumov. Ijodkor Navoiy yaratgan “Layli va Majnun” asaridagi Qays obraziga alohida to‘xtalganligiga guvoh bo‘lamiz. Ijodkor Qaysning dunyoga kelishi va ta’lim olishidan tortib, Layliga oshiq bo‘lib qolgan “Majnun”ga aylanishini alohida ta’kidlaydi va quyidagicha xulosa yasaydi: “Dostonning yakulovchi bobida Navoiy bu g‘am dostonini “yig‘lay-yig‘lay tugatdim” deb xabar qiladi, dardman, ishqli kishilarni ulug‘laydi, yasama, qalbaki ishq egalarini qoralaydi… Shoir o‘quvchilarining ishq g‘ami bilan shod bo‘lishlarini va shunda uni ham yod etishlaridan umidvor bo‘ladi”. 14 6. Saida Narzullayeva. “Sovet Sharq xalqlari adabiyoti tarixida “Layli va Majnun” mavzusi” (Тема «Лейли и Меджнун» в истории литератур народов Советского Востоко) nomli doktorlik dissertatsiyasi muallifi, dostonning kelib chiqish tarixidan tortib obrazlar qiyosi, sujet va kompozitsion tuzilishgacha bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘sha davr ruhida aks ettirgan bo‘lsada, lekin hozirgi kunda ham o‘zining salmog‘ini yo‘qotmaganligiga amin bo‘lamiz. Olima “Layli va Majnun” turkumidagi dostonlarda dastlab Majnun yetakchi obraz bo‘lgani, 11 O‘sha asar. 89-bet 12 Ҳайитметов А. Навоий даҳоси. – Тошкент: Ғафур Ғулом нашриёти, 1970-y. 13 Шарафиддинов О. Алишер Навоий (Ҳаёти ва ижоди) – Тошкент: Ғафур Ғулом нашриёти, 1971. 14 Қаюмов А. Алишер Навоий (шоирнинг ҳаёти ва ижоди ҳақида лавҳалар) –Тошкент: Камалак, 1991. 85 б. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling