Layli va majnun
Oriental Renaissance: innovative
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
layli-va-majnun-syujeti (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.
Oriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 304 w www.oriens.uz 2021 February nomi keltirib o‘tilsa-da, lekin asar haqidagi ma’lumotlar saqlanmagan. 2 XI asrning o‘rtalarida fors sayohatchisi Nosir Xusravga ko‘chmanchilar Toif (Saudiya Arabistoning g‘arbida joylashgan shahar) yaqinidagi Araviyada Layli yashagan qal’a xarobalarini ko‘rsatishganligini, shu bilan birgalikda, bu yerda ko‘chmanchi Amir qabilasidan Al-Mulavvahning o‘g‘li Qays Layliga oshiq bo‘lib, undan ayrilgandan so‘ng sahroda halok bo‘lganligi haqida hikoyani so‘zlab berishganini aytib o‘tgan. 3 Keyinchalik og‘zaki shakldagi ertak sujeti yozma adabiyot shaklida namoyon bo‘la boshladi. 4 ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR. Ishda arab, fors-tojik, turkiy manbalarga, jahon adabiyotshunosligi, xususan, rus sharqshunosligi va ozbek adabiyotshunosligida “Layli va Majnun” sujeti bo’yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Maqolada qiyosiy- chog’ishtirma, tarixiy-tipologik metodlardan foydalanilgan. MUHOKAMA VA NATIJALAR. Badiiy adabiyotda bu qissa doston shaklida ilk bor Nizomiy Ganjaviy tomonidan 1188-yilda vujudga keldi. Nizomiy xalq orasida tarqalgan rivoyatlardan ijodiy foydalangan holda “Layli va Majnun” qissasini g‘oyaviy jihatdan mukammal va badiiy jihatdan yuksak asar darajasiga ko‘tardi. Keyinchalik Nizomiy an’anasini davom ettirgan bir qancha, Sharq adabiyotida, salaflar paydo bo‘ldi. Bular: Amir Xusrav Dehlaviy (“Majnun va Layli”), Jamoliy (“Mahzun va Mahbub” nomi ostida “Layli va Majnun” dostoniga tatabbu’), Ashraf Marog‘iy (“Ishqnoma” nomi ostida 1438-yilda yaratilgan bo‘lib, bu ham tatabbu’), Abdurahmon Jomiy, Kotibi Turshiziy (“Layli va Majnun”), Abdulloh Xotifiy (“Layli va Majnun”), Badriddin Hiloliy (“Layli va Majnun”), Shahobiddin Jomiy (“Layli va Majnun”), Shayxim Suhayliy, Ali Ohiy, Xoja Imod Loriy, Xoja Hasan Xizrshoh, Nosirxoja valadi Mansurxoja va yana bir qator ijodkorlar yuzdan ortiq bu dostonga javob tariqasida o‘z asarlarini yaratishadi. Alisher Navoiy o‘zining “Mahbub ul-qulub” asarida o‘z davrigacha 12 ta “Layli va Majnun” dostoniga javob yozganlarning ism sharifini keltirib o‘tadi 5 . Bu ijodkorlarning asarlarida Qaysning nomi o‘zgartirilgan bo‘lsada, Nizomiy Ganjaviy an’anasi asosida yozilgan va hamohang yaratilishi odat tusiga aylangan. 2 Передисловие Е.Дунаевского к поэме Незами Гянжеви: Лейла и Меджнун, перевод А. Глоби, М., 1935, стр. 17. 3 Насир Хусрау. Сафар-наме. Книга путешествия. Перевод и вступительная статья Е.Э.Бертелыса, Мос-Лен., 1933, стр 173. 4 Игнатий Юлианович Крачковский. Избранные сочинения. Том II. Мос-Лен: Aкадемии наук СССР, 1956. стр 588-561. 5 Abdurahmon Jomiy, Hoja Hasan Xizrshoh, Ahmad Shayx Suhayliy, Mavlono Abdulla, Xoja Imod, Ashraf Marog‘iy Hazrat Shayx – Abdulla Muhammad Ilyosa ibn Yusuf ibni Zakiy Muayid Nizomiddin, Mavlona Hiloliy, Mavlono Safiy va boshqalar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling