Lazer fizikasi fanidn tayyorlagan


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana16.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1778715
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
t
Е


Е

t



Ba‘zi bir fizik jarayonni aniq namoyish qiladigan ko‗p fotonli yutilish 
nurlanishlarini qaraymiz. 
rasm 
8. Yorug‗likning majburiy kombinatsion sochilishi 
Yorug‗likning kombinatsion sochilishi 1962 yilda Vudbyorilar 
tomonidan kashf etilgan. Sochilgan yorug‗lik spektrida tushayotgan 
yorug‗likdan chastota bo‗yicha molekulalar ichidagi tebranishlarning 
chastotalariga teng kattaliklarga farq qiluvchi chiziqlar mavjudligi haqida 
gapirilgan edi. Kogerent bo‗lmagan nurlanish manbalariga xos bo‗lgan qiyosan 
kichik yoritilganliklar uchun kombinatsion sochilishning intensivligi juda kam: 
hattoki juda kuchli chiziqlar (benzol uchun 
va 
nitrobenzol uchun 1345 sm
-1
) uchun 1 sm
3
ga sochilgan yorug‗lik oqimi 
uyg‗otuvchi oqimning 
qismini tashkil qiladi. Yoritilganlik 10
8
-10
9
Vt/sm
2
ga teng bo‗lganda (bunga quvvatli impuls, lazerlari yordamida erishish 
mumkin), sochilgan oqimning hissasi keskin o‗sadi va bir necha o‗n protsentga 
yetadi. Intensivlikning bunday ortishi kombinatsion sochilishning barcha 
chiziqlariga emas, balki intensivligi eng katta bo‗lgan chiziqlarigagina taalluqli 
bo‗ladi. Chastotalari 
ga teng birinchi tartibli chiziqlardan tashqari, 
yuqoriroq tartibli chiziqlar (
chastotalar) ham paydo bo‗ladi. 
Nihoyat, sochilish yaqqol ko‗rinadigan yo‗naltirilgan xarakterga ega bo‗ladi. 
Tajribaning chizmasi 20.5-rasmda ko‗rsatilgan. Lazer nurlanishining 
dastasi K sochuvchi modda orqali o‗tadi va svetofiltr yordamida filtrlanadi, 
natijada ЕЕ ekranda faqat chastotasi o‗zgargan sochilgan yorug‗lik 
i

1
992
2
/




cm
c
i



7
6
10
10



i



i
i




3
,
2




kuzatiladi. Ekran yoritilganligining taqsimoti 20.5-rasmning o‗ng tomonida 
sxematik ravishda ko‗rsatilgan. 
rasm. Majburiy kombinatsion sochilishni kuzatish tajribasining 
chizmasi 
Uyg‗otuvchi dastaning yo‗nalishiga mos bo‗lgan o‗qdagi nuqta yaqinida 
Stoks nurlanishi (
) to‗plangan. Antistoks komponentalar (
) konsentrik halqalar tarzida joylashgan bo‗lib, bu halqalarniig 
radiuslari chastota siljishining o‗sishi bilan ortadi. Antistoks komponentalar 
uygotuvchi dastaning yo‗nalishi bo‗yichagina kuzatilib, Stoks komponentalari 
esa qarama-qarshi yo‗nalishda ham. tarqalishi mumkin. 
Uyg‗otishning yuqori darajalaridagi kombinatsion sochilishning aytib 
o‗tilgan xususiyatlari suyuqliklarda ham, kristallarda ham bo‗ladi. Gazlarda farq 
burchak taqsimotida bo‗ladi - antistoks sochilishi amalda lazer dastasining 
yo‗nalishida bo‗ladi, ya‘ni halqalar kuzatilmaydi. Uyg‗otishning yuqori 
darajalaridagi kombinatsion sochilish bilan birga o‗z-o‗zini fokuslash, 
Mandelshtam— Brillyuen majburiy sochilishi, yorug‗lik impulslari spektrining 
buzilishi va boshqalar kabi chiziqli bo‗lmagan hodisalar ham kuzatiladi. 
Shuning uchun kuzatish natijalari tajriba o‗tkaziladigan sharoitlarga 
(uyg‗otuvchi impulsning davom etish vaqtiga, bu impulsning fokuslanish 
darajasi va o‗rniga, dastaning ko‗ndalang kesimidagi yoritilganlikning 
taqsimotiga va shunga o‗xshashlarga) ko‗p bog‗liq, bo‗ladi va yuqorida 
tasvirlangan manzara hodisaning asosiy xossalarinigina o‗z ichiga oladi. 
...
2
,
1
,



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling