Lazer fizikasi fanining tarixi, buguni va kelajagi
Qanday xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalarni aktiv moddalar deb atash mumkin?
Download 1.58 Mb.
|
lazer to\'liq 1
Qanday xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalarni aktiv moddalar deb atash mumkin?
Modda atomlarini, molekulalarini yoki ionlarini pastki joylashgan asosiy energetik sath ε1 dan yuqorida joylashgan o’yg’ongan energetik sath ε2 ga ko’chirishga yoki moddada inversion ko’chganlikni hosil qilish uchun tashqaridan beriladigan energiyaga damlash deyiladi. Ma’lumki, inversion ko’chganlik deb, moddada o’yg’ongan atomlarining soni, uyg’onmagan zatomlarning sonidan katta bo’lishligiga, ya’ni N2>N1 tengsizlikka aytiladi. Inversion ko’chganlik hosil qilingan moddani aktiv modda deb ham ataydilar, o’shanday aktiv moddada majburiy nurlanish va yorug’likning kuchayishi kuzatiladi. Ikki energetik sathli modda asosida ishlaydigan lazer asbobi ham yo’q, chunki bunday aktiv modda mavjud emas. Ikki energetik sathli modda modelida atiga N2=N1tenglikni yaratish mumkin xolos. Inversiya hosil qilish uchun moddalar eng kamida uch yoki to’rt energetik sathli sxema asosida ishlaydigan bo’lishi zarur. Uch energetik sathli aktiv moddalarga yoqut (rubin) kristalli va to’rt energetik sathli aktiv moddalarga esa ittriy-alyuminiy granti, neodim shishasi kabi moddalar misol bo’la oladi.O’sha moddalarda inversion ko’chganlik optik damlash usuli bilan barpo qilinadi. Kuchli yorug’lik oqimi o’sha moddalarga tashlanadi va moddalardagi atomlar yorug’likni yutadi. Yutilgan yorug’lik modda zarrachalarini (atomlarini, ionlarini, molekulalarini) pastki asosiy sathdan yuqori o’yg’ongan sathga ko’chirib chiqaradi. Bu jarayon optik damlashdir. Rasmda damlash pastdan yuqoriga yo’nalgan strelka bilan ko’rsatilgan. Kuchli yorug’lik manbai atomni asosiy pastki energegik ε0 va ε1 sathlardan yuqori energetik ε3 sathga ko’chiradi. 10a)- rasm. Optik damlash yordamida moddalarda inversiya hosil qilish sxemasi. Uch energetik sathli aktiv modda. a) Atom ε3, sathda juda qisqa vaqt yashaydi va tezda ε2 sathga nurlanmasdan qaytib tushadi. Atomlar ε2 sathda ancha uzoqrok, yashash imkoniyatiga ega, chunki ε2 sath metastabil holatdir. Optik damlash energiyasi yetarli darajada katta bo’lsa, ko’pchilik atomlarni ε2 sathda to’play oladi. ε2 sathda atomlar soni ε1 sathga nisbatan ko’p bo’ladi va moddada inversion ko’chganlik hosil bo’ladi. Atomlar ε2 sathdan ε1 sathga o’tganda hv21 kvant nurlanishini hosil qiladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling