Lazer fizikasi fanining tarixi, buguni va kelajagi
Kogerentlikni ikkita muhim shartini: fazoviy kogerentlikni va vaqt bo‘yicha kogerentlikni tushuntirib bering
Download 1.58 Mb.
|
lazer to\'liq 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaqtli kogerentliknihisoblash
- Yoruglikni oqimlarini fazoviy kogerentligini ifodalovchi sxemani keltirib yuz berayotgan jarayonni tushuntirib bering
Kogerentlikni ikkita muhim shartini: fazoviy kogerentlikni va vaqt bo‘yicha kogerentlikni tushuntirib bering
Fazoviy kogerentlik to‘lqinlarning tarqalishi yo‘nalishiga ko‘ndalang bo‘lgan to‘lqin frontini ifodalab, ko‘ndalang kogerentlik ham deyiladi. Yorug‘lik to‘lqin fronti bo‘ylab vaqt o‘tishi bilan fazalarning bir-biri bilan aloqador bog‘lanishi fazoviy kogerentlikdir. Agar yorug‘lik to‘lqinlari fazoviy kogerentlikka ega bo‘lsa, u to‘lqinlarni linzalar yordamida o‘lchami to‘lqin uzunligiga (л ga) teng bo‘lgan nuqtada fokuslab to‘plash mumkin. Yassi monoxromatik to‘lqinlar naydek yo‘nalishga va yuqori darajali fazoviy kogerentlikka ham egadir. Faqat lazer nurlari fazoda (makonda) amplitudasini, fazasini, chastotasini yuqori darajada tartibli saqlab naydek tarqalish xususiyatiga ega. Lazer nurlarinish kogerentligi deganda birinchi o‘rinda uning fazoviy kogerentligini ko‘z o‘ngimizga keltiramiz. Fazoviy kogerentlik lazer nurlarining mikroskopik kichik o‘lchamli (atomlarga, molekulalarga) moddalarga samarali ta’sir ko‘rsatishini ta’minlaydi. Kogerentlik yorug‘likning moddalarda yutilishiga va moddalarning nurlanishiga tegishli spektrlarni hosil qilishda asosiy hal qiluvchi vazifani bajaradi. Vaqtli kogerentliknihisoblashva o‘lchash mumkin. Har bir yorug‘lik manbaiga tegishli spektral chiziqlar yoki spektral yo‘llar bo‘lib, o‘sha spektr chizig‘ining yoki yo‘lining spektral kengligi mavjud. Yorug‘lik manbasining spektral kengligini deb belgilagan edik. Spektral kenglikka ega bo‘lganhar qanday yorug‘lik manbai kogerentlik vaqti deb ataladigan vaqt oralig‘ida vaqtlik kogerentlikka ega. Shu sababli spektr kengligi va kogerentlik vaqti quyidagicha o‘zaro bog‘langan: yoki (1.11.3) Quyosh yorug‘ligining spektral kengligi Дv= 4∙1014ч8∙1014Gs oralig‘ida joy olgan. Kogerentlik vaqti . Yoruglikni oqimlarini fazoviy kogerentligini ifodalovchi sxemani keltirib yuz berayotgan jarayonni tushuntirib bering 1-rasmda Yung interferometrining optik sxemasi keltirilgan. Lazer nuri to‘lqinlarining tarqalish yo‘liga ikkita tirqish o‘rnatib, tirqishlardan chiqib tarqalayotgan to‘lqinlar L1 va L2 masofalarni o‘tib, ekrandagi K nuqtada qo‘shilib, interferensiya manzarasini yasaydi. Interferensiya yo‘llarining yaqqol ko‘rinishi S1 va S2 tirqishlarning oralig‘idagi masofaga va to‘lqinlar fazalarining farqiga bog‘liq. Interferensiya yo‘llarining yaqqol ko‘rinishi fazoviy kogerentlik darajasini aniqlaydi. Interferensiya yo‘llarining yaqqol ko‘rinishi V(k) bilan ifodalanadi: , (1.11.2) Imaks – interferensiya yo‘llarining maksimum intensivligi, Imin – interferensiya yo‘llarining orasidagi minimum intensivlik. Agar S1 va S2 tirqishlar bir xil ingensivlikda yoritilsa, tirqishlardan ekranga yetib kelgan yorug‘liklar K nuqtani teng yoritadi. Usha holda Imin=0 va V(k) funksiya birga teng, ya’ni V(k)=1. Interferensiya yo‘llarining yaqqol ko‘rinishini ifodalovchi V(k) funksiyaning birga tengligi S1 va S2 nuqtalardan kelayotgan yorug‘lik to‘lqinlarining fazoviy kogerentligini isbotlaydi. Agar S1 va S2 nuqtalardan tarqalayotgan yorug‘lik to‘lqinlari ekranda qo‘shilishib, interferensiya yo‘llarini hosil qilmasa, Imaks= Imin va V(k)=0 bo‘ladi. Funksiya V(k) ning nolga tengligi S1 va S2 tirqishlardan tarqalayotgan yorug‘lik to‘lqinlarining fazoviy kogerentlikka ega bo‘lmasligini ifodalaydi. Odatdagi yorug‘lik manbalarining lazer nurlariga nisbatan fazoviy kogerentligini solishtirib ko‘raylik. Misol uchun odatdagi yorug‘lik chiqaruvchi manbaning radiusi r=1sm, to‘lqin uzunligi esa л=5,5∙10–5sm, S1 va S2 yorug‘lik manbaidan ekrangacha masofa L=100sm bo‘lsa, S1 va S2 tirqishlar orasidagi masofa d quyidagi formula bilan aniqlanadi: . Odatdagi yorug‘lik nurlarida interferensiyani kuzatish uchun tirqishlar oralig‘i lazer nurlaridagi tirqishlar oralig‘iga qaraganda ming marta kichik bo‘ladi. Demak, lazer nurlari o‘ta fazoviy kogerentlikka egadir. 1-rasm. Yorug’lik to’lqinlari-ning fazoviy kogerentlik darajasini Yung interfero- metri yordamida o’lchash sxemasi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling