Lazer fizikasi fanining tarixi, buguni va kelajagi
Yarim o`tkazgichli lazerlarni
Download 1.58 Mb.
|
lazer to\'liq 1
Yarim o`tkazgichli lazerlarni.
Yarim o‘tkazgich lazerida kvant nurlanishi energetik zonalar oralig‘ida o‘tish tufayli paydo bo‘ladi. Zonalarda energetik sathlari juda zich joylashgan va shu sababli yarim o‘tkazgichli aktiv moddalarda kuchayish koeffitsienti 104sm–1 gacha qiymatga erishishi mumkin. Kuchayish koeffitsientining kattaligi tufayli yarim o‘tkazgichli aktiv moddalar kichik o‘lchamga ega (rezonatorlar uzunligi L=50mkm dan 1 milli-metrgacha) bo‘ladi. Energetik zonalarni bir-biridan ajralgan oraliq masofa mavjud. Elektron zonalar oralig‘ida joylashadigan energetik sathga ega emas. Elektronlarga to‘lgan va energiya taqsimotiga ko‘ra eng yuqoridagi energetik holatlar to‘plamiga valent zona deyiladi. Elektronlar qisman o‘rin olgan yoki butunlay o‘rin olmagan holatlarga o‘tkazuvchanlik zonasi deyiladi. 64- rasm, n- va r- tipdagi yarim o’tkazgichlarning energetik diagrammasi. -o’tkazuvchanlik zonasining energiyasi, -Fermi sathining energiyasi, -donorning energetik sathi, -valent zonasi enegiyasi, -akseptorenergiyasi. 64- rasmda n- va r- tipdagi yarim o‘tkazgichlarning energetik diagrammasi keltirilgan. n-tipdagi yarim o‘tkazgichda donor energetik sathi еD o‘tkazuvchanlik zonasiga yaqin va Fermi sathining pastida joylashadi. r-tipdagi yarim o‘tkazgichlarda akseptorning energetik sathi еA o‘tkazuvchanlik zonasidan uzoqda va Fermi sathining yuqorisida joylashadi. Shu ikki tipdagi yarim o‘tkazgichlarni tutashtirib birlashtirilsa, r-n-o‘tishli yarim o‘tkazgich hosil bo‘ladi. Termodinamikaning talabiga muvofiq energetik sathlarning ciljishi sodir bo‘ladi. O‘tkazuvchan va valent zonalarining energetik kengliklari bir-biridan fark qiladi. r-tipli yarim o‘tkazgichning potensial energiyasi katta bo‘ladi. 65-rasmda r-n-o‘tishli yarim o‘tkazgichning energetik sxemasi ifodalangan. 65-rasm.Kuchsiz ligerlangan r-n o’tishli yarim o’tkazgichning energiya zonalari. Yarim o‘tkazgichli lazerlar uchun r-n-o‘tish sohasida elektron va teshiklar bir vaqtda ishtirok etishi katta axamiyatga ega. Bu shart kuchli legirlangan yarim o‘tkazgich donor va akseptorni hosil qiladigan elementlarni yarim o‘tkazgichning kristall panjarasiga kiritib konsentrasiyasini bir santimetr kub hajmda 1017—1018 ta atomga yetkazishda bajriladi. Kuchli legirlangan yarim o‘tkazgichlarda Fermi sathi еF o‘tkazuvchanlik zonasining ichida joylashadi. n-tipda donor sathi elektronga to‘ladi va qisman o‘tkazuvchanlik zonasiga xam utadi. r-tipli yarim o‘tkazgichda esa akseptor sathi to‘lmaydi va tirqish valent zonasida paydo buladi. Fermi sathi esa valent zonasida joylashadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling