Lazer fizikasi fanining tarixi, buguni va kelajagi


Bo’yoq lazеrini enеrgеtik satxlarini va ular orasidagi kvant o’tishlarni tushuntirib bеring


Download 132.47 Kb.
bet20/44
Sana10.11.2023
Hajmi132.47 Kb.
#1762376
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44
Bog'liq
Lazer fizikasi fanining tarixi, buguni va kelajagi-fayllar.org

Bo’yoq lazеrini enеrgеtik satxlarini va ular orasidagi kvant o’tishlarni tushuntirib bеring


Bo’yoq eritmalari asosida ishlaydigan lazerga bo’yoq lazerlari deyiladi. Aktiv moddaning agregat holatiga ko’ra bo’yoq laze­ri suyuqlik lazeri turkumiga kiradi. Bo’yoq lazeri 1966 yilda ishga tushirildi. Bo’yoq lazerining ajoyib xususiyatlari mavjud: a) keng spektral oraliqda (binafsha sohasidan to infrakizil to’lqin uzunligi sohasigacha) lazer nurlanishini hosil qiladi; b) keng spektral oraliqda lazer nurlanishi o’z chastotasini (to’lqin uzunligini) tekis va uzluksiz o’zgartirish qobiliyatiga ega; v) nurlanish vaqtini juda qisqa, ya’ni 10–12 10–13s ga­cha qisqartirish mumkin; g) bo’yoq eritmalarining majburiy nurlanishini kuchaytirish qobiliyati juda yuqoridir.Bo’yoq eritmalari keng spektral oraliqda nurlanish va yuti­lish qobiliyatiga ega. Bo’yoq molekulasining eng ko’p tarqalgan vakili sifatida rodamin–6J molekulasini qaraymiz. Rodamin–6J molekula­sining yutilish va nurlanishining lyuminessensiya spektral konturi 59–rasmda keltirilgan.

59- rasm. Bo’yoq eritmalarining lyuminessensiya va yutilish spektrlari.





Uyg’otuvchi yorug’lik manbaini olib quyish bilan molekulaning spontan nurlanishi tamom bo’lishi lyuminessensiya (fluoressensiya) nomi bilan yuritiladi. Bo’yoq molekulasining nurlanishi tashqi yorug’lik ta’sirida, ya’ni optik damlash tufayli sodir bo’ladi. Optik damlash tamom bo’lishi bilan lyuminessensiya nurlanishi ham ta­mom bo’ladi.

Bo’yoq molekulasining keng spektral oraliqda nur yutishi va nur chiqarishi molekulaning energetik sathlari orqali va energetik sathlarining kengligi orkali tushuntiriladi. 60- rayemda Bo’yoq molekulasining energetik sathlari ko’rsatilgan.

60-rayem. Buyoq eritmasiga yegishli energetikathlarning sxemasi.


Bo’yoq molekulasi elektron, tebranish va aylanish-tebranish kabi energetik sathlarga ega. Aylanish-tebranish energetik sathlari tebra­nish energetik sathlariga zich joylashib ingichkachiziqchalar orqali ifodalangan. Elektron energetik sathlari vertikal yunalishda bir-biridan ancha katta oraliqda joylashgan. Asosiy elektron tebranish energetik sathi S0 va uyg’ongan elektron-tebranish energetik sathlari S1,S2 singlet holatlardir.




  1. Download 132.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling