Lazer fizikasi fanining tarixi, buguni va kelajagi
Damlash turlari va qo’llanilishi
Download 132.47 Kb.
|
Lazer fizikasi fanining tarixi, buguni va kelajagi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektrik damlash
Damlash turlari va qo’llanilishi
1)- rasm. Optik damlash yordamida moddalarda inversiya hosil qilish sxemasi. Uch energetik sathli aktiv modda. a)
Optik damlash kuchli yorug‘lik manbai ta’sirida modda atomlarini pastki asosiy energetik sathdan yuqorigi o‘yg‘ongan energetik sathga ko‘chirishdir. Optik damlash asosan tiniq, qattiq va suyuq aktiv moddalar uchun samarali ravishda qo‘llaniladi. O‘sha aktiv moddalar odatda uch yoki turt energetik sathli ko‘rinishda bo‘ladi. 1-rasmda uch sathli moddaning energetik sxemalari keltirilgan. Optik damlash moddalarda inversion ko‘chganlikni samarali ravishda hosil qiladigan aktiv modda hosil qilish usullaridan biridir. Amalda optik damlashni impulsli chaqmoq lampalari orqali amalga oshioishi mumkin. Quvvati katta bo‘lgan chaqmoq lampalari kogerent bo‘lmagan kuchli oq rangli yorug‘lik chiqaruvchi manbadir. Chaqmoq lampalaridan chiqayotgan yorug‘lik ko‘zgu (yoritkich) yordamida yig‘ilib moddaga tushiriladi va moddaning sirti to‘la, bir tekis yoritiladi. Elektrik damlash gaz va yarim o‘tkazgichli lazerlarda qo‘llaniladi. Lekin faqat gaz lazerlaridagi elektrik damlashni qarab chiqamiz. Gaz atomlarini yoki molekulalarini uyg‘otish uchun gazlardan elektr toki o‘tkaziladi. Gazlarda elektr toki gaz razryadini hosil qiladi. Razryad gaz muhitida erkin elektronlarni va ionlarni hosil qiladi va o‘sha zaryadlangan zarrachalar elektronlar va ionlar neytral gaz atomlari bilan to‘qnashib atomlarni uyg‘ongan yuqori energetik sathlarga o‘tkazadi. Neytral gaz atomlari va molekulalari elektronlar va ionlar bilan to‘qnashib, uyg‘ongan energetik holatlarga o‘tishi elektrik damlashdir. Elektrik damlash ikki xil usul bilan amalga oshiriladi: 1) agar gaz faqat bir xil tipdagi atomlardan tashkil topgan bo‘lsa, gaz razryadi paytida neytral atomlar elektronlar bilan to‘qnashib, asosiy pastki energetik sathdan yuqorigi uyg‘ongan energetik sathlarga o‘tadi. To‘qnashishni quyidagicha ifoda etish mumkin: e+A→A*+e. bu uyg‘onish elektronning kinetik energiyasi hisobiga bajariladi. A – uyg‘onmagan neytral atom, A* – uyg‘ongan atom, e – elektron. 2) agar gaz ikki xil tipdagi atomlarning aralashmasidan iborat bo‘lsa, gaz atomlarining biror turi elektron bilan to‘qnashib energiyasini o‘sha uyg‘onmagan atomga beradi va ikkinchi xil atom uyg‘onadi. Agar ikkala xil atomlarning yuqori energetik sathlari bir-biriga yaqin bo‘lsa, bir xil atomdan ikkinchi xil atomga energiya o‘zatilish sodir bo‘ladi (energiya farqi juda kichik bo‘lsa, energiya almashinishi juda samarali o‘tadi). Download 132.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling