11.4. Avtomatik yig`ishning texnologik jarayonini ishlab chiqish.
Avtomatik yig`ishning texnologik jarayonini quyidagi ketma-
ketlikda ishlab chiqiladi:
maxsulot sifati, detalni tayyorlash va uni nazoratdan o`tkazish
to`g`risidagi ma’lumotlarni o`rganib chiqish;
yig`iladigan maxsulotning sifatiga eng ko`p ta’sir qiladigan
operatsiyalarni aniqlash;
birikish va yig`ish rejimi turlarini, konstruktorlik bazalari, yig`ish
pozitsiyasiga elementlarni orientirlash va uzatish sharoitlarini
o`rganib chiqish; iqtisodiy jixatdan baxolash;
maxsulotni avtomatik yig`ish to`g`risida dastlabki qarorlarni
qabul qilish; maxsulotni optimal darajada qismlarga ajralishini
aniqlash va avtomatik yig`ish sharoiti uchun maxsulot
konstruksiyasini texnologiya bopligini oshirish bo`yicha imkoni
boricha choralarni aniqlash;
biriktirishni avtomatik yig`ish usulini tanlash; operatsiyalarni
konstruksiyalash va differensiallash imkoni borligi va maqsadga
movfiqligi to`g`risida ma’lumotlarga ega bo`lgan yig`ish
sxemasining texnologik variantlarini, xamda detallarni bazalash
va ularni maxkamlash sxemasining variantlarini ishlab chiqish;
yuklash
vaorientirlash
qurilmalarini,
nazorat
qilish
mexanizmlarini, yig`ish kallaklarini, tashish qurilmalarini va
boshqalarni tanlash. Imkoni bo`lgan variantlarni texni-iqtisodiy
jixatdan taxlil qilish asosida yig`ishning texnologik jarayoning
eng ratsional varianti tanlab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |