Lecture №4. Automation of production processes
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Lecture №4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish sеriyasini tanlash
- 4.5. DASTGOHLI TIZIMNI AVTOMATLASHTIRISH TAVSIFLARI VA ULARNI KLASSIFIKATSIYASI.
- Asosiy ifodalar .
- ACB-22 uchastkasini komponovkasi
- Texnologik tavsifi bo’yicha
- 4.6. ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI VA AVTOMATLASHTIRISH BOSQICHLARI.
- AVTOMATLASHTIRISH BOSQICHLARI.
Dеtalning og`irligi va soniga ko`ra ishlab chiqarish turini tanlash: Detal
vazni, kg Yillik ishlab chiqarish miqdori, dona Donalab Kichik
seriyali Seriyali Katta seriyali Yalpi
1 10
10-2000 1500-100000 75000-200000 200000
1,0-2,5 10
10-1000 1000-50000 50000-100000 100000
2,5-5,0 10
10-500 500-35000 35000-75000 75000
5,0-10,0 10
10-300 25000
25000-50000 50000
>10,0 10
10-200 200-10000 10000-25000 25000
O`z navbatida sеriyali ishlab chiqarish dеtalning vazni va yillik ishlab chiqarish hajmiga ko`ra kichik sеriyali, sеriyali va katta sеriyali guruhlarga bo`linadi: Ishlab chiqarish sеriyasini tanlash: Ishlab chiqarish seriyasi Partiyadagi buyumlar soni Katta O’rta
Mayda Kichik seriyali 3-10 5-25
10-50 O’rta seriyali 11-50 26-200
51-500 Katta swriyali 50 dan ortiq 200 dan ortiq 500 dan ortiq
Ishlab chiqarish turi jarayonlarni biriktirish koеffitsеnti yordamida aniqlanishi mumkin:
Bu yеrda: Sj - turli jarayonlarning umumiy yig`indisi; Pi - turli opеratsiyalarni bajaruvchi ishchilar soni. Mashinasozlik tехnologiyasida quyidagi koеffitsiеntlar qabul qilingan: Kb = 1 - yalpi ishlab chiqarish; 1 < Kb < 10 - katta sеriyali ishlab chiqarish. Ishlab chiqarish takti quyidagicha aniqlanadi:
Bu yеrda: Fd - rejalashtirilgan davrdagi vaqt fondi; N - dеtallarni yillik ishlab chiqarish hajmi, dona. Turli sеriyalardagi ishlab chiqarishni avtomatlashtirish bo`yicha tajribalar shuni ko`rsatadiki, bu muammolarni yеchishning bir qancha yo`li mavjud. Tехnologik jarayonlarni avtomatlashtirish bo`yicha tехnik yеchimlari har хil bo`lsa ham ularning maqsadi bitta - ishlov bеrishdagi mеhnat unumdorligini oshirishdir. Istalgan tехnologik jarayonni bajarishda davr davomiyligi quyidagicha topiladi:
Bu yеrda: tp - dеtallarga ishlov bеrish, ya’ni shakllantirish uchun sarflanadigan vaqt; tх - bo`sh (uzatish, kеsuvchi asbob va zagotovkani o`rnatish va yеchish, ish jarayoniga qo`shimcha mехanizmlarni qo`shilishi, asbobning tеzkor yetkazish va qaytarish, dеtalni o`lchash va boshqa) harakatlanish uchun kеtadigan - ishlov bеrish vaqtiga mos kеlmaydigan, ya’ni davriy yo`qotish vaqti. Donali unumdorlik bir dеtalga ishlov bеrish uchun sarflanadigan vaqt qiymati bilan o`lchanadi:
Agar tехnologik jarayon dastgohda uzluksiz bajarilsa, ya’ni qo`shimcha harakatlanishlar bo`lmasa, u holda donali unumdorlik quyidagiga tеng: Q d = 1/tp = Qt Tехnolgik unumdorlik bo`sh surilishlarga sarflanadigan yo`qotishlarni hisobga
olmaydi va dеtalga ishlov bеrish tехnologiyasining mukammallik darajasini tavsiflaydi. Donali unumdorlikning tехnologik unumdorlikka bog`liqligi quyidagicha ko`rinish oladi: Kеltirligan formuladan ko`rinib turibdiki, zamonaviy tехnologiyalarni qo`llanishi bo`sh surilishlarga sarflanadigan vaqtni kamaytirmasdan turib yuqori samaradorlikni bеrmaydi. Bo`sh surilishlar vaqtini kamaytirishning eng foydali vositasi bo`lib dastgoh va tехnogik jarayonni to`la avtomatlashtirish hisoblanadi. Mеtal kеsish dasthoglarni avtomatlashtirish darajasini mutassil o`sishi ularning rivojlanishining ob’еktiv qonuniyati hisoblanadi. Ushbu qonuniyat donali unumdorlikni tехnolik unumdorlikka bog`liqlanish grafigi bilan yuqorida kеltirilgan formula asosida tх ning turli qiymatlarida ko`rsatilgan. Quyidagi grafikda ko`rinib turibdiki, muayyan darajadan so`ng tехnologik jarayonlarni jadallashishi bo`sh surilish vaqtini kamaytirmasdan turib ishlab chiqarish unumdorligini o`sishiga sеzilarli ta’sir ko`rsatmaydi, tх ning aniq qiymatlarida tехnologik unumdorlikning o`sishi bilan har bir dastgohning unumdorligi kеskin oshadi, so`ngra asimptotik ravishda chеgara 1/tх ga intiladi, tх ning qiymati qancha oz bo`lsa, unumdorlik chеgarasi shuncha yuqori va tехnolik unumdorligini ko`tarish orqali uni imkoniyatlari ko`p bo`ladi:
Ishlab chiqarish unumdorligini donali umumdorlikka bog`liqligi.
Qachonki tехnologik jarayonni takomillashtirish kam samarali bo`lsa, ya’ni dastgoh o`zining imkoniyatlari darajasining yuqori nuqtasiga еtib kеlganda uning o`rniga yuqori avtomatlashganlik darajasiga ega yangi modеl kеlishi zarur. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning rivojlanish tеndеnsiyasini tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, ushbu vazifa uch asosiy darajani ajratish orqali bosqichma-bosqich yеchiladi: 1. tехnologik qurilmaning ish siklini avtomatlashtirish; 2. tехnologik qurilmalar guruhini avtomatlashtirish, avtomatik liniyalar yaratsih; 3. ishlab chiqarish jarayonlarini to`liq avtomatlashtirish, tsех va avtomatzavodlar yaratish. Xar qanday ishchi mashina uchta asosiy mexanizmlar (yuritish, uzatish, bajaruvchi)dan iborat. Ular ichida eng asosiysi ishlov berish aniqligi va unumdorligi, xamda mashina imkoniyatlarini aniqlovchi bajaruvchi mexanizmlarda. Xar qanday mashinani ish jarayonini kuzatar ekanmiz ishlov berish, nazorat va yig‘ishni bajaruvchi mexanizmni, asosiy ishchi yurish (xarakat)laridan tashqari, ishlov berishga bog‘liq bo‘lmagan xarakat (yurish)lar (keskichni ishlovga olib borish va qaytarish zagotovkani o‘rnatish maxkamlash, bo‘shatish va olish, mashinani yuritish va to‘xtatish, revolver kallakni burish va xokazolar). Bitta zagotovkaga ishlov berish mashinani ishchi siklini aniqlovchi, ishchi va salt yurishlardan iborat T=t y +t s Bu yerda: t y - ishchi yurishlar vaqti; t s - salt yurishlar vaqti. Aloxida ishchi va salt yurishlar bir-biri bilan bir vaqtda bajarilishi mumkin. Xar qanday ishchi mashina ishchi yurishlarni o‘zi bajaradi. Agarda mashina ishchi yurishlardan tashqari salt yurishlarni o‘zi bajarsa, unday mashina avtomat mashina yoki «avtomat» deb yuritiladi. Avtomat - texnologik jarayonni sozlash va moslashdan boshqa xamma ishchi va salt yurishlarni o‘zi boshqaradigan mashinadir.
4.5. DASTGOHLI TIZIMNI AVTOMATLASHTIRISH TAVSIFLARI VA ULARNI KLASSIFIKATSIYASI. Mexnat unumdorligini oshirishga xarakat qilish, metal kesuvchi dastgohlarda ishlash sharoitini yengilashtirish va ko‘p dastgoxli xizmat ko‘rsatishda imkoniyatini kengaytirish, ya’ni bir ishchining bir vaqtning uzida bir necha dastgohda ishlashi, ishchining yordamchi qo`l mexnatini almashtiradigan maxsus mexanizmlar va moslamalar yaratish zarurligiga olib keladi. Ularning ko`pchiligi oddiy, boshqalari, aksincha murakkab moslama yoki faqat detalga ishlov berish emas, balki xar xil ishlarni bajaruvchi, nazorat qiluvchi, transportirovka qiluvchi va shunga o`xshash ishlarni xam bajaruvchi dastgox-kombayn ko`rinishidagi yaxlit uskunalardan iborat bo`ladi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy yo`nalishi - bu kompleks avtomatik liniyalarni tsexlarni va korxonalarni uzluksiz ishlab chiqarish oqimi bo`yicha, qo`l mexnatidan foydalanishdan xolis qilib yaratishdir. Bu yo`nalishda,yukoridagi ishlar bilan bir vaqtda, universal va boshqa dastgohlarning aloxida uzellarini avtomatlashtirish keng rivojlanmoqda. Bularga support surishini avtomatik ravishda yurgizish kesuvchi asbobni tayyorlashga jadal keltirish va olib ketish, karetkani jadal olib ketish,dastgoxni avtomatik ravishda yuklash, ishlash jarayonida avtomatik ravishda nazoratdan o`tkazish maxsus mexanizmlar yordamida amalga oshirish kiradi, bunday mexanizmlarni ko`pincha korxonaning o`zida tayyorlanishi mumkin.
Dastgohlarning avtomatik liniyalari, avtomatik tsexlar va korxonalar ko‘rinishidagi ishlab
chiqarishni kompleks avtomatlashtirish texnologiyaning va ishlab chiqarishni tashkil etishning eng progressiv zamonaviy yutug`i bo‘lib xisoblanadi. Xozirgi zamon mashinasozligi taxminan to‘rtdan uch qismi o‘rta seriyali va mayda seriyali ishlab chiqarish tavsifiga ega. Ishlab chiqarishda aniqlik va murakkablik xozirda katta axamiyatga ega bo‘lib, ishlab chiqarish korxonalarini zamon talabi darajasida tez qayta qurib ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda. Shuning uchun xozirda ishlab chiqarish tizimlarini tez o‘zgaruvchan xolda o‘rnatish maqsadga muvofiq. Bunday ishlab chiqarish tizimlarida sanoat robotlarini axamiyati katta bo‘lib, ko‘p jarayonlarda qo‘l kuchi mehnatini o‘rnini bosadi. Bu esa ishchilar sonini kamayishiga olib keladi va bir ishchi bir necha dastgoxlarda ishlashi uchun imkon yaratiladi. Bunday ishlab chiqarishlarda mehnat unumdorligi oshib jixozlarni avtomatlashtirish darajasi tezlashadi. Yuqori avtomatlashgan dastgoxlar sanoat robotlari tomonidan xizmat ko‘rsatilganda, xarajatlar qoplanishi tezlashadi, faqat ish ikki - uch smenada olib borilganda. Avtomatlashgan ishlab chiqarishni ishchilar tomonidan xizmat ko‘rsatish birinchi smenada olib borilgani maqsadga muvofiq. Kunduzgi smenada avtomatlashgan ishlab chiqarish sozlangan rejimda ishlaydi va ishga tayyorlanadi, tungi smenada ishlab chiqarish avtomatik rejimda navbatchi tomonidan nazorat qilingan xolda ishlashi
lozim. Bunda navbatchi ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifatini tekshirib turadi. Asosiy ifodalar. Dastgohli tizim (DT) - bir yoki bir necha zagotovkalarga (tanovorlarga) ishlov berish uchun dastgohlar qo‘llanishi va yordamchi qurilmalar boshqaruvi. Avtomatik yoki avtomatlashgan dastgohli tizim avtomatik sistema orqali bog‘langan dastgohlar va yordamchi qurilmalarni birligi. Avtomatik dastgohli tizim inson ishtirokisiz yoki minimal ishtiroki asosida ish bajaradi. Avtomatlashgan dastgohli tizimda inson ishtirokini ba’zi bir ishlab chiqarish jarayonlarida talab qilinadi. Ishlab chiqarish turiga nisbatan dastgohli tizim maxsus (qayta moslab bo‘lmas), maxsuslashgan (qayta moslanuvchan) va universal turlarga bo‘linadi. Maxsus dastgohli tizimga bir vaqtda 1-2 zagotovkaga ishlov beruvchi qayta o‘zgarmas avtomatik tizimlar kiradi. Ishlov berilayotgan zagotovkalar «dastgohdan dastgohga» sxemasi bo‘yicha harakatlanadi. Maxsus dastgohli tizim - maxsus, maxsuslashgan va universal dastgohlarni o‘z ichiga oladi va ommaviy ishlab chiqarishni asosini tashkil etadi. Universal dastgohli tizimda faqat universal dastgohlar bo‘lib, ishlov berilayotgan zagotovkalar oqimi «dastgoh – ombor - dastgoh» sxema bo‘yicha xarakatlanadi. Maxsuslashgan dastgohli tizimga (o‘zgaruvchan avtomatik tizim) universal va maxsuslashgan dastgohlar kiradi. Avtomatik uchastkalar. ASV-22 (quyidagi rasm) avtomatlashgan uchastka. ASV-22 avtomatlashgan uchastka mayda seriyali va donali ishlab chiqarishda zagotovkalarga mexanik ishlov berish uchun mo‘ljallangan bo‘lib diametri 250 mm bo‘lgan zagotovkalarga ishlov berishi mumkin.
ASV-22 avtomatik uchastkada joylashgan dastgohlarda ichki va tashqi tokarlik ishlov berish va parmalash, frezalash, kanavka ochish mumkin. Keyinchalik bunday uchastkalarda shlifovka (jilvirlash), tishlarga ishlov berish va boshqa jarayonlarni bajarish mumkin. ASV-22 uchastkasi 12ta dastgohlar va bir necha yordamchi qurilmalar seksiyasidan, konveyerlar va EXM.dan tashkil topgan. ASV-22 uchastkasida 9ta 1725MF3 tokarlik yarim avtomat va uchta MA2235MF4 ko‘p tarmoqli dastgohlar seksiyasi joylashgan.
ASK-10 avtomatlashgan uchastka. ASK-10 avtomatlashgan uchastka mayda seriyali va ishlab chiqarish sharoitlarida o‘lchami
750x600x500mm bo‘lgan korpus zagotovkalariga ishlov berish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ASK-10 uchastkasida MA6907PMF4 ko‘p tarmoqli dastgohlar, avtomatlashgan kran-operatorli avtomatlashgan ombor, asboblarni sozlash uchastkasi va boshqa uchastkalar joylashgan. MA6907PMF4 soni oltita bo‘lib asboblar uchun 36 ta magazin bo‘lib bir magazin uchun asboblarni sozlash va yig`ish uchun o‘rtacha 60…70 daqiqa vaqt kerak bo‘ladi. Zagotovkalar va detallar ikki qavatli uyali omborlarda saqlanadi. Dispecher tomonidan berilgan buyruq bo‘yicha kran-operator g`altakli konveyer stansiyasi tomon intiladi va keyingi buyruq bo‘yicha ish jarayonlari davom etadi. Sanoqli dasturda boshqariladigan dastgohlardan tashkil etilgan avtomatik uchastka mayda seriyali va seriyali ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Avtomatik uchastkani qo‘llanilishi ishlab chiqarishni 4-5 barobar oshirib, ishlov berish narxini, qurilmalar o‘rin maydonini kamaytiradi, dastgohda ishlovchi ishchilar sonini 4-5 barobar kamaytiradi. Avtomatik uchastkalar texnologik tavsif va joylanish bo‘yicha sinflanadi. Texnologik tavsifi bo’yicha: Sanoqli dasturda boshqariladigan dastgohlardan tashkil etgan avtomatik uchastka uchta asosiy guruxlarga bo‘linadi: 1. Zagotovkalarga ishlov berish uchun (flanes, val, vtulka). 2. Korpus detallariga ishlov berish uchun (tezliklar qutisi korpusi, korobka korpusi, stanina). 3. Tekkiz zagotovkalarga ishlov berish uchun (planka, qopqoq, panel va boshqa). Joylanishi bo‘yicha: 1. Bir tizimda bir yoki ko‘p qatorli joylashgani va bunda dastgoxlar joylanishiga nisbatan paralel ravishda transportyor tizimi o‘rnatiladi. 2. Aylana joylanish: bunda markazlashgan ombor atrofiga dastgohlar o‘rnatiladi. 3. Modulli joylanish: bunda bir turdagi dastgohlar va shu dastgohlarga kerak bo‘ladigan qurilmalar joylashadi.
Mexanik
ishlov berish
texnologik jarayonlarini avtomatlashtirishning mohiyati. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida avtomatlashtirish vositalari ishlatilmoqda. Bunday vositalarni ishlatish ishlab
chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshiradi, mahsulot birligiga qo‘l mehnati sarfini kamaytiradi, texnologik uskunaning unumdorligini oshiradi, mehnat madaniyatini ko‘taradi va sharoitni yengillashtiradi. Shuni esda saqlash kerakki, avtomatlashtirish progressiv yo‘nalish bo‘lsa ham doim samarali bo‘lavermaydi. Sanoatni avtomatlashtirish tajribasining ko‘rsatishicha, yillik ekspluatatsion xarajatlar mahsulot birligiga kamida 25-30% qisqargandagina avtomatlashtirish samarali bo‘ladi. Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirishni quyidagi hollarda samarali deb hisoblash mumkin: 1. Mehnat unumdorligi oshadi va bevosita xarajatlar qisqaradi; 2. Mahsulot arzonlashadi va uning sifati oshadi; 3. Odam mehnati yengillashadi va kapital xarajatlar kamayadi. Agar avtomatlashtirish natijasida mazkur ishlab chiqarishdagi ishlab chiqarish sarflari kamaygan bo‘lsa, tejamkorlik miqdori tejamkorlikni, qo‘shimcha kapital sarflarni hamda tizimni ishga tushirishda sarflangan mablag‘ni hisobga olingan tarzda baholanadi. Boshqarish tizimini joriy etish natijasida erishilgan yillik daromadni quyidagi formula bo‘yicha hisoblash mumkin.
Bu yerda: G 1 va G 2 - boshqarish tizimini joriy etishdan avval va undan keyin amalga oshirilgan mahsulotning bir yillik hajmi (pul ifodasida); P - boshqarish tizimini joriy etishdan avvalgi daromad; S - ishlab chiqariladigan mahsulotning bahosi birligidagi sarf tejamkorligi; E - kimyo sanoati uchun kapital mablag‘larning iqtisodiy unumdorlik normativ koeffitsiyenti (E= 0,2... 0,3); K - avtomatlashtirishda sarflangan kapital mablag‘lar. Agar avtomatlashtirish tizimini joriy etish natijasida mahsulot ishlab chiqarishdagi mablag‘ sarfi kamaymasa, avtomatlashtirish ishlab
chiqarish unumdorlik darajasi teskari ta’sir qilib, asosiy fondlar bahosini oshiradi deb hisoblash kerak. Tannarxi va solishtirma kapital mablag‘lari bo‘yicha bir yillik iqtisodiy foydani aniqlash uchun, boshlang‘ich ko‘rsatgichlar sifatida texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘xshash mahsulotni ishlab chiqaruvchi eng yaxshi
texnologik jarayon
yoki usulning ko‘rsatkichlari olinishi kerak. Iqtisodiy omillar bo‘yicha mahsulot birligiga sarflangan mablag‘lar minimal bo‘ladigan tadbirlarga mos ko‘rsatkichlar boshlang‘ichdeb hisoblanishi lozim. Avtomatlashtirishdagi iqtisodiy unumdorlikning asosiy ko‘rsatkichlarini sarflangan harajatni qoplay olish muddati va iqtisodiy unumdorlik koeffitsiyenti tashkil qiladi. Xarajatni qoplash muddati T qop. quyidagi formulalar bo‘yicha aniqlanadi:
Bu yerda: K - avtomatlashtirishga sarflangan kapital mablag‘; A - yangi ishga tushirilgan jihozning bahosidan olib tashlangan amortizatsiya; E - shartli yillik iqtisodiy daromad; S 1
2 - avtomatlashtirishdan keyingi natural birlikda chiqarilgan yillik mahsulot. Kapital mablag‘larning iqtisodiy daromad koeffitsiyenti E butun korxona ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi tadbirlarning iqtisodiy samaradorligi. Avtomatlashtirishni joriy etib
bo‘lgandan so‘ng,
avtomatlashtirishning amaldagi iqtisodiy daromadini chiqarilayotgan mahsulotning avtomatlashtirishdan avvalgi va keyingi tannarxini solishtirish yo‘li bilan tadqiq qilish, tannarxi va uning ayrim tarkibiy qismlariga ta’sir qiluvchi omillarni kritik tahlil qilish lozim. Bu tadqiqot avtomatlashtirishning afzalligi va kamchiliklari haqida fikr yuritishga imkon beradi. Iqtisodiy foydani baholashda mehnat xavfsizligi, mehnat sharoitini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar e’tibordan chetga qolmasligi kerak. Bu ko‘rsatkichlar ham oqibatda avtomatlashtirishdan keltirilgan iqtisodiy foydaga ta’sir qiladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning rivojlanishi bir nechta bosqichlardan o‘tgan.
ichiga oladi. Bu davrga kelib jahon bo‘yicha mashinalarni tayyorlash sohasida bir qancha tajribalar yig‘ilib qolgan edi. Jurnallarda, katalog va broshyuralarda detallarga ishlov berish jarayonlarining va ularda qo‘llaniladigan jihozlar va asbob-uskunalarning bayoni keltirilgan edi. Birinchi qo‘lyozmalar va loyihalash tashkilotlarining me’yoriy hujjatlari nashriyotda chop etiladi.
ichiga oladi. Ikkinchi jahon urushigacha bo‘lgan bu davr mobaynida ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan tajribalarni yig‘ib, ularni umumlashtirilgan bo‘lib, ma’lum bir tizimga keltirish va texnologik jarayonni qurishda umummilliy tamoyillarni ishlab chiqish ishlari boshlangan edi. Bu davrda texnologik jarayonlarni turkumlashtirish tamoyillari ishlab chiqilib, va amalga tadbiq etila boshladi. Shu bilan birga xomakiga ishlov berishda bazalash nazariyasi, o‘lcham zanjirlari, qo‘yim qatlamlarini hisoblash, texnologik tizimning bikirligini, uning xatoliklarini aniqlash usullari va boshqa muammolar yechila boshlandi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling