Leksemalarda emotsional-eksperissiv bo‘yoqdorlik va uslubiy baho tavsifi. Mundarija kirish I bob. Leksemaning semantik strukturasi va uning o'zbek tilshunosligidagi talqini


I BOB. OʻZBEK TILI LEKSEMALARINING ISHLATILISH DOIRASI VA O’ZIGA XOSLIGI


Download 142.24 Kb.
bet2/6
Sana05.11.2023
Hajmi142.24 Kb.
#1749555
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
LEKSEMALARDA EMOTSIONAL EKSPERISSIV BO‘YOQDORLIK VA USLUBIY BAHO

I BOB. OʻZBEK TILI LEKSEMALARINING ISHLATILISH DOIRASI VA O’ZIGA XOSLIGI
1.1. Leksema va uning sematik strukturasi
O`zbek xalqi qadimdan turli kasb-hunar bilan shug`ullanib keladi. SHuning uchun O`zbekistonda kasb-hunar tarmoqlari taraqqiy etgan. Jumladan, kulochilik, qashshoqlik, kashtachilik, duradgorlik, terimchilik, ovchilik, chorvachilik, kosibchilik va hokazolar shular sirasiga kiradi. Turli kasb-hunarga doir so`zlar kasb-hunar leksikasi deyiladi. Hozirgi o`zbek tili leksik tarkibida kasb-hunarga doir so`zlarga boy. Masalan: kulolchilikda dog`chil (xum yasashda ishlatiladigan asbob), aspak yoki ob yog`och, bandak, bog`ich (idish chetini tekislash uchun ishlatiladigan latta, charm yoki kigiz parchasi) kabi so`zlar, suvoqchilik sohasida bozi (tokcha yoki), andava (asbob), loykash (kishi), mola gazcho`p (asbob) kabi maxsus so`zlar bor. Ular shu hunar egalari tilida qo`llanadi va ular uchun tushunarlidir.
Yozuvchilar badiiy asarlarda qahramonlarning mehnat faoliyatini ko`rsatishda kasb-hunarga doir so`zlardan foydalanadilar.
Atamalar. Fan-texnika, xalq xo`jaligi, qishloq xo`jaligiga doir ilmiy tushunchalarni aniq ifodalaydigan so`zlar atamalar deyiladi. Fan-texnika va ishlab chiqarish sohasida qo`llanadigan terminlarning jami terminologiya (terminologik leksika) deb yuritiladi. Masalan: fonetika, leksika, morfologiya, morfemika, sintaksis – tilshunoslikka oid; kvadrat, ildiz, teorema – matematikaga doir; sifatlash, o`xshatish, jonlantirish – adabiyotshunoslikka doir atamalardir. Hozirgi kunda dunyoda fanning 500 dan ortiq tarmoqlari bor, ular har tomonlama taraqqiy etmoqda. Bu tilda atamalarning boyib borishiga olib keladi. Atamalar ilmiy nutqda qo`llanadi va ular bir ma’noli bo`ladi.
Ba’zi atamalar o`zbek tilida so`zlashuvchi barcha kishilar nutqda qo`llanib ommalashib ketishi mumkin. Bunda ular ishlatilish doirasi chegaralanmagan umumxulq so`ziga aylanadi. Masalan, o`qituvchi, kitob, daftar, dars kabi.
Jargon va argolar. O`tmishda xalqni ekspluatatsiya qiladigan sinf vakillari, saroy ahllari, mansabdor shaxslar, savdogarlar, qalandar, maddohlar, xalqni aldab yuruvchi gadoylar, o`g`rilar, firibgarlar o`z niyatlarini xalqdan yashirish uchun o`zlariga tushunarli so`z va iboralardan foydalanganlar.
Tilda sinfiy ayirmalikni ko`rsatib turadigan bunday so`zllar «sinfiy dialektning so`zlari» - jargonlar deb yuritiladi.
Ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan yaratilib, umumxalq tilidan farq qiladigan dabdabali so`z va iboralar jargonlar deyiladi. Masalan, oftobi olam (podsho), husni mutlak (xudo), nishoni oliy mon, shoe’ qiling (bildiring), mal huz emas (mulohaza qilingan emas), ne’mati jannat (yor, mahbuba), shavaqqu’ aylang (umid bilan kuting), tanzil (foyda).
O`g`rilar, qimorbozlar orasida qo`llanadigan so`zlar argolar deb yuritiladi; loy (pul), xit (militsioner), bedana (to`pponcha), xitola (o`g`irla), zamri (jim tur), atamri (gapir), atanda (qoch) kabi.
Qadimda savdogarlarning, otarchilarning ham argolari bo`lgan: yakan (pul), joyi (yo`q), xasut (non), dax (yaxshi, durust) – otarchilar argosi; sar yoki sari piyoz (ming so`m), saru nimsar (bir ming besh yuz so`m), kapara (olti ming so`m).

1.2. Oʻzbek tili leksemalarining o’ziga xosligi


Oʻzbek tili turkiy tillar oilasiga mansub eng yirik tillardan biri hisoblanadi. Til – millatning maʼnaviy boyligidir. Til nafaqat muomala vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak.
Bosh qonunimizda ham davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʻyilgan. Hozirgi vaqtda yer yuzida oʻzbek tilida soʻzlashuvchilar soni qariyb 50 million kishini tashkil etishi uning dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi. Zero, “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor goʻzalligi va jozibasini toʻla namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi.
Shu jihatdan bugun yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning madaniyati va urf-odatlarini, xususan, ularning ona tillarini rivojlantirish uchun ham zarur sharoitlar yaratilmoqda. Turli hududlarda tashkil etilgan 140 ga yaqin milliy madaniyat markazlari ana shu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Koʻplab taʼlim-tarbiya maskanlari, ommaviy axborot vositalari oʻzbek tili bilan birga, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman tillarida faoliyat koʻrsatmoqda. Xorijiy tillarga ixtisoslashgan hamda taʼlim chet tillarda olib boriladigan taʼlim muassasalari soni oshib borayotir.
Ahamiyatli tomoni, bugungi kunda xorijiy davlatlardagi 65 ta oliy oʻquv yurtida oʻzbek tili va adabiyoti oʻrganilmoqda, ushbu sohada ilmiy izlanish va tadqiqotlar olib borayotgan chet ellik olimlar safi tobora kengaymoqda. Ushbu qutlugʻ bayram arafasida qabul qilingan “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmon hamda davlatimiz rahbarining Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan xalqimizga yoʻllagan tabriklari oʻzbek tili va adabiyotini, milliy madaniyatimizni yana-da ravnaq toptirishga qaratilgan amaliy harakatlar bilan uygʻun va hamohangdir.
Binobarin, mazkur hujjatda oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini tubdan oshirish, mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni taʼminlash, Oʻzbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida oʻzbek tilini oʻrganish uchun shart-sharoitlar yaratish, til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalish va istiqboldagi vazifalar belgilab berildi.
Farmonga muvofiq, 2020-2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda asosiy yoʻnalishlari tasdiqlandi. Qolaversa, mazkur hujjatda 2025-yilgacha davlat maktabgacha taʼlim tizimida oʻzbek tilli guruhlar qamrovini kengaytirish, yangi darslik va qoʻllanmalar, elektron dasturlar yaratish, xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʻzbek tilini oʻrgatuvchi markazlar sonini koʻpaytirish singari muhim vazifalar oʻrin olgan.
Farmonda oʻz ifodasini topgan yana bir prinsipial yangilik – 2021-yil 1-apreldan boshlab oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasi aniqlanadi hamda masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish boʻyicha daraja sertifikatlari joriy etiladi. Shu bilan birga, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazida oʻzbek adabiy tili meʼyorlari va davlat tilida ish yuritish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi.
Farmonda belgilab qoʻyilganidek, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi manfaatdor tashkilotlarni jalb qilgan holda 2021-yil 1-yanvardan boshlab markaziy telekanallarda “Tilga eʼtibor”, “Ona tilida soʻzlashamiz”, “Notiqlik mahorati”, “Til – millat koʻzgusi”, «Kitob bilim manbai», “Bilimli yoshlar – kelajak bunyodkori” kabi turkum koʻrsatuv va eshittirishlarni tashkil qilib, muntazam ravishda efirga uzatib borilishini taʼminlaydi.
Aytish mumkinki, har qaysi xalq yoki millatning maʼnaviyatini uning tarixi, oʻziga xos urf-odat va anʼanalari, tili, madaniyati va qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib boʻlmaydi. Xalqning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk, ehtimolki, birlamchi boyligi bor. Bu – uning tili. Aynan til odamlar guruhini bir millat sifatida biriktiradi, yaʼni xalqni – xalq, millatni – millat qiladi.
Buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, «Koʻngil qulfi maxraning qulfi til va gulfin kalitin soʻz bil». Yaʼni, inson qalbining xazinasi til, bu qalb xazinasining kaliti soʻzdir. Oʻzbek tilining soʻzlari shu qadar maʼnoli, boyki, bitta maʼnoga ega boʻlgan tushunchani, bir necha soʻzlar orqali ifodalash mumkin. Masalan, birgina koʻz soʻzining bir necha maʼnolari bor. Bilamizki bir tushunchaga tegishli soʻz, bir necha soʻzlar bilan ifodalansa, yaʼni sinonim soʻzlari qanchalik koʻp boʻlsa, ayni shu til boy til hisoblanadi.
Davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida insoniyat oldida turgan eng muhim masalalar xususida oʻzbek tilida nutq soʻzlagani tilimizning xalqaro miqyosdagi mavqeini mustahkamlash yoʻlida yana bir qadam boʻldi. Zotan, ona tili – millatning ruhi, uning or-nomusi, maʼnaviy qiyofasi, orzu-umidlarning namunasidir.
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, inson uchun uning vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli boʻlsa, uning ona tili ham shu qadar aziz va muqaddas boʻladi. Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, “Bugungi kunda biz yangi Oʻzbekistonni, yangi Renessans poydevorini barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga erishishda, hech shubhasiz, ona tilimizning hayotbaxsh qudratiga tayanamiz”.

II.bob. Chegaralangan va chegaralanmagan leksika haqida umumiy ma’lumotlar va ularda foydalanishda yuzaga keladigan muommolar


2.1. Chegaralangan va chegaralanmagan leksika haqida umumiy ma’lumotlar
O’zbek tilining keng iste’mol so’zlari yetarli o’rganilgan emas. “Ayrim tadqiqotlarda bu guruh so’zlar “qo’llanish doirasi chegaralanmagan leksika” nomi bilan talqin qilindi.
Keng iste’mol so’zlarga E. Begmatovning “Hozirgi o’zbek adabiy tilining leksik qatlamlari” kitobida yigirma olti xil guruhchalarga bo’lib, har biriga misollar bilan izohlangan. Ulardan ba’zilarini keltiramiz:
tabiiy borliqqa oid narsa va hodisalarning nomlari: quyosh, oy, suv, havo, osmon, yulduz, daryo, tog’ kabi;
tabiatning turli stixiyalarini anglatuvchi tushunchalarning nomlari: shamol, bo’ron, toshqin, chaqmoq, yashin, sel, tuman, zilzila kabi;
harakat va holatni, shuningdek insonning mehnat faoliyatini ifodalovchi so’zlar: yurmoq, turmoq, urmoq, yugurmoq, chopmoq kabi;
insonning psixik holati bilan bog’liq so’zlar: sevinch, sevinmoq, quvonch, achinmoq, yig’lamoq kabi;
odam va hayvonlarning nomlari: kishi, ayol, bola, qiz; ot, qush, it, kabi;
odam va hayvon a’zolari va muchallarining nomlari: bosh, oyoq, qo’l, barmoq, jigar, o’pka, yurak kabi;
qarindosh – urug’likka oid so’zlar: ota, ona, o’g’il, qiz, opa, singil, bola, amaki, bobo, amma, tog’a va boshqalar;
kishilar o’rtasidagi munosabatni, uzoq – yaqinlikni ifodalovchi so’zlar: qadrdon, mehribon, g’amxo’r, jonkuyar, do’st va boshqalar.
Odam va hayvonlarning xarakteri, xulqini ifodalovchi so’zlar: chaqqon, epchil.
Dialektal leksika ma’lum hududda yashaydigan hamma kishilar qo’llaydigan, o’sha hudud aholisi nutqiga xos bo’lgan so’zlardir. Bundan tashqari dialektal leksika faqat og’zaki nutqqa xosdir. Bu jihatdan u oddiy so’zlashuv leksikasiga o’xshab ketadi. Lekin oddiy so’zlashuv leksikasining qo’llanilishi doirasi territoriya jihatdan chegaralangan bo’lmaydi.
Dealektal so’zlar adabiy til leksikasi hisoblanmaydi. “Dialektizm – umumtilga emas, balki shu umumtilning mahalliy ko’rinishlari bo’lgan dialektlarga xos hodisa; Shunga ko’ra bular odatda biror dialektning vakillari nutqida ishlatilib, ko’pincha boshqa dialektlarning vakillariga, shuningdek, adabiy tilga ham xos bo’laydi.
Dialektizm asosan uch turli:
Lug’aviy dialektizm – lug’aviy birliklardagi turi.
Grammatik dialektizm – grammatik hodisalardagi turi (masalan, ba’zi dialektlarda o’rin ma’nosi uchun – ga, aksincha, jo’nalish ma’nosi uchun –da ishlatilishi kabi).
Fonetik dialektizm – tovush talaffuzi va tovush o’zgarishiga bog’liq turi (masalan, ovoz tovushlarining ba’zi dialektlarda cho’ziqroq va yumshoqroq talaffuz qilinishi, ayrim dialektlarda bir tovush o’rniga boshqa tovushning kelishi va boshqalar)”[3].
Dialektal leksika adabiy butunlay o’zlashib ketsa, unday leksika dialektal leksika doirasidan chiqib, chegaralanmagan leksik qatlamga kiradi. Masalan, darg’a (o’g’. qip) – kema boshlig’i, kapitan, archimoq (Farg’ona), shamoyil, ziyod, yelvagay, aymoqi kabi so’zlar keyingi yillarda o’zbek tilining turli dialektlardan adabiy tilga o’zlashgan so’zlardir.
“Hozirgi o’zbek tilining ham qishloq, tuman va viloyatlaridagi shevalari farqlanadi. Masalan, sut beradigan qoramolni turli shevalarda sigir – siyir – sig’ir – mol – inak; tomga oyoq qo’yib chiqadigan asbobni narvon – shoti – zangi (zanggi) deb ataydilar. Shuningdek, kepchik – zog’ama – yelpishtovoq; keli – o’g’ir – so’ki; qalampir – garmdori – buruch; nonpar – nompar – chekich – chakich – tikach – bejak kabi turli shakllarda ishlatiladigan predmet nomlari bo’yicha juda ko’p misollar keltirish mumkin. Bu hol O’zbek tilining nihoyatda boy so’zlar xazinasiga ega ekanligining yaqqol dalilidir”[4].
Dialektal so’zlar qo’llanilish jihatdan ikki guruhga bo’linadi:
Progressiv dialektizmlar.
Regressiv dialektizmlar.
Progressiv dialektizmlarning tilda ekvivalenti bo’lmaydi. Predmet yoki hodisaning yagona ifodasi sifatida adabiy tilga o’zlashib, adabiy tilni yangi so’z bilan boyitadi. Regressiv dialektizmlarning esa tilda aniq ekvivalenti bo’ladi: og’iz – ovuz, buzoq – buzov.
“Tilning lug’at boyligida leksik dialektizmlardan tashqari, frazeologik dialektizm ham uchraydi”[5].
Badiiy adabiyotda va kinofilmlarda mahalliy hayotni aks ettirish, asar qahramonlari nutqini real berish maqsadida dialektizmlardan foydalaniladi. “Ayrim leksemalar adabiy tilda boshqa, shevada boshqa ma’noda ishlatiladi. Masalan, [pashsha] leksemasi sememasi lug’atda “yozma qo’sh parda qanotli hasharot” deb berilgan. Biroq ayrim shevalarda u [chivin] leksemasi o’rnida ishlatiladi. “Ikki qanotli, uzun mo’ylovli qon so’ruvchi mayday hasharot” sememasi esa [pashsha] leksemasi o’rnida ishlatiladi”[6].
“Dialektizm umumtil lug’at boyligining nisbatan oz miqdori tashkil etadi. Shu oz miqdor leksemalardan ham adabiy tilga saylab kiritiladi”[7].
Terminologik leksikani professional va ilmiy terminlar tashkil etadi.
Ilm-fan, texnika, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarga oid tushunchalarning aniq atamasi bo’lgan so’z yoki so’z birikmasi termin deyiladi. Har bir fan, kasb-hunar o’z terminlariga, shu terminlar jamidan iborat leksikasiga ega. Bunday maxsus leksika terminologiya deb ham yuritiladi: fizika terminologiyasi, lingvistik terminologiya kabi.
“Terminlarni qo’llanish doirasi jihatdan, asosan ikki turga bo’lish mumkin. Birinchisi umumxalq tushunadigan va qo’llaydigan terminlar bo’lsa, ikkinchisi muayyan tor ixtisos doirasidagina qo’llaniladigan, mutaxasislargina tushunadigan maxsus so’zlardir. Har bir fan va texnika terminologiyasida, kasb-hunar sohasining leksikasida asosan ana shu ikki turli terminlar va so’zlarni uchratish mumkin”[8].
“O’zbek tili ilmiy terminologiyasida uch tip terminlarni ajratish mumkin: 1) tarixiy – traditsion terminlar. Bu terminlar o’zbek tilida qadimdan termin funksiyasida qo’llanib kelmoqda. Bunday so’zlar zamonaviy o’zbek terminologiyasining negizini tashkil etadi: tarix, imlo, alifbo…
2) yangi o’zlashgan terminlar: akustika, jurnal, jurnalist, radio, televizor, telefon, telegraf, gaz kabi;
3) o’zbek tilining o’zida yaratilgan yangi zamonaviy terminlar: a) o’z material asosida yasalgan terminlar: uchburchak, kesim, saylov, aylanma, saylanma, so’z boshi va boshqalar. b) o’zlashgan so’zlar asosida yasalgan terminlar: elektrlashtirish, mashinalashtirish, kolxozchi va boshqalar”.
Terminlar muayyan bir sohaga oid tushunchalarni aniq ifoda etuvchi so’zlar bo’lsa-da, lekin bu so’zlarning qo’llanilishi shu soha kishilari doirasi bilan chegaralangan bo’lishi shart emas. Bunda ikki holatni ko’rish mumkin: 1) Terminlarning ma’nosi sohaga aloqasi bo’lmagan kishilar uchun ham tushunarli bo’ladi va ular tomonidan ham qo’llanilaveradi. Masalan: botanikaga oid bug’doy, paxta, o’rik, g’o’za uzum, nok; sana’atshunoslikka oid sahna, afisha, aktyor;
2) Terminlarning ma’lum qismi shu termin oid bo’lgan soha kishilari uchun tushunarli bo’ladi va shular nutqida qo’llanadi: tilshunoslikka oid morfema, fonema, urg’u, o’zak; ximiyaga oid oksidlar, indikator kabi.
Terminlar kasb-hunarga, ilm-fanga doir tushunchalarni ifodalashiga ko’ra asosan, ikki katta turga: ilmiy terminlar va professional terminlarga ajraladi.
Professional terminlar: ovchilik, chorvachilik, kulolchilik, duradgorlik, binokorlik, poyabzaldo’zlik, naqqoshlik, kashtachilik va shu kabi sohalarga oid tushunchalar, o’zlariga xos so’zlar (terminlar) bilan ifodalanadi. Ma’lum kasb – hunarga va mutaxassislikga oid monosemantik so’zlar professional terminlar sanaladi.
Ilmiy terminlar fan, san’at va adabiyot va boshqa sohalarga oid terminlar. Har bir fan o’ziga xos terminlarga ega. Ilmiy terminlarning ba’zi turlaridan misollar keltiramiz:
Tilshunoslik terminlari: fonema, fonetika, urg’u, bo’g’in, reduksiya, leksika, semantika, frazeologiya, grammatika, morfologiya, sintaksis, ega, kesim, aniqlovchi, xol.
Adabiyotshunoslik terminlari: sifatdosh, o’xshatish, mubolag’a, jonlantirish, roman, hikoya, aruz, g’azal.
Tarixshunoslik terminlari: jamiyat, feodalizm, kommunizm, urug’, qabila, elat, millat, davlat.
Matematika terminlar: kub, kvadrat, minus, yechim, miqdor.
Shu kabi boshqa bir qancha sohalarga oid terminlar mavjud.
Jargonlar va argonlar – biror argo yoki jargonga xos leksemalar. Agro va jargonlar biror ijtimoiy guruh yoki toifalarning, masalan, sportchilar, o’g’rilar, olibsotarlar, poraxo’rlar va boshqalarning “yasama tili”dir. Shuning uchun argo va jargonlar ijtimoiy dialektlar deb ham yuritiladi.
Argotizmlar yashirin ma’no ifodalaydi. Masalan, otarchilar orasida – yakan (“pul”), ichuvchilar orasida – novcha (“araq”), qizil (“vino”) kabi.
Jargonizmlarda yashirin ma’no bilan birga tinglovchini yoki o’zga bir shaxsni kamsitish yoxud uning xislatlarini bo’rtirib baholash ottenkalari ham mavjud bo’ladi. Masalan, talabalar jargonida: dum – “topshirilmagan imtihon”, “qarz”; jonli so’zlashuvda: yo’rg’a – “yengil tabiatli”, “buzoq” va boshqalar.
Jargon va argonlarga bir qancha tariflar berilgan:
“Biror kasb-kor egalari nutqida yoki ijtimoiy tabaqa vakillari nutqida ishlatilib, umumtildagidan o’zgacha leksik ma’no anglatuvchi lug’aviy birlik jargonizm deyiladi (fr. jargon – “lahja” ). Jargon asli bir qancha leksemalarning yig’indisidan iborat bo’lib, bular shu tildagi leksemalarning o’zi bo’ladi yoki boshqa tildan olib ishlatiladi. Jargonda bunday leksema umumtildagi leksik ma’nosida emas, o’zgacha ma’noda ishlatiladi. Masalan, ishlar besh. Akang gapni qiyadi kabi jumladagi besh -, qiy – leksemalari shu ishlatilishida jargonizm bo’ladi.
Argolizm ham asli jargonizmning bir ko’rinishi bo’lib, tarbiyasi buzuq, qo’li egri shaxslar orasidagi shu guruhning o’zigagina tushunarli ma’noda ishlatiladigan leksemalar yig’indisidan iborat (fr. argot – “lahja”). Masalan, loy – (pul ma’nosida), xit – (xavf ma’nosida)”[10].
“Qiziqishlari, mashg’ulotlari, yoshlari bir xil bo’lgan juda tor doiradagi kichik – kichik ijtimoiy guruh va to’dalar, o’zlariga xos didlar va talablari yoki ichki zaruriyat hamda ehtiyojlaridan farqli bo’lgan alohida so’z va iboralarni ishlatadilar. Bunday so’z va iboralar jargonlar deyiladi”[11].
“Mahalliy territorial dealektlarning so’zlari (sheva so’zlari) dialektizmlar sanalsa, “sinfiy dialektning so’zlari” jargonlar deyiladi.
Argolar qiziqishlari, mashg’ulotlari, yoshlari bir xil bo’lgan juda tor doira (guruh)ga mansub kishilar qo’llaydigan, ma’nosi shunday kishilarga tushunarli bo’lgan so’zlardir”
Ishlatilish doirasi chegaralangan qatlam sifatida yana bir hodisa ya’ni vulgarizm hodisasi ham tilga olinadi.
“Vulganizm deb qo’pol, uyatli, haqorat leksema va frazemalarga aytiladi (lotincha vulgaris – “qo’pol”, “sodda”). Vulgarizmning yuqoridagi hodisalardan farqi shundaki, bu leksemalar tildagi o’z ma’nosida ishlatiladi”
Bu hodisa to’g’risida bir qancha maqolalar ham chiqarilgan. Misol sifatida ulardan birini keltiramiz:
“Vulgar so’zlar qo’pol so’zlar bo’lib, ular odatda qamoqqa o’tirganlar, giyohvandlar, daydilar – ijtimoiy qiyofasini yo’qotgan qatlam tili hisoblanadi.
Jargonlar muayyan manfaatga ega ijtimoiy guruhlar tomonidan qo’llanadigan, barcha ham tushunavermaydigan maxfiy ma’no so’zlardir” - degan fikrlar keltirilgan.

2.2. Chegaralangan va chegaralanmagan leksikadan foydalanishda yuzaga keladigan muommolar


O`zbek tili leksikasining chegaralangan qatlami: 1) zamonga ko`ra; 2) territoriyaga ko`ra; 3) ijtimoiy holatga ko`ra uchga bo`lib o`rganiladi,
Tilda ayrim so`zlar eskirab iste’moldan chiqsa, ma’lum talablar asosida yangi so`zlar paydo bo`ladi.
Hozirgi o`zbek adabiy tili nuqtai-nazaridan eskirgan so`zlarning jami eski qatlam (eski leksika), yangi so`zlar jami yangi qatlam (yangi leksika) deyiladi,
Bu ikki qatlamdan tashqari, lug`at sostavida adabiy til uchun, odatdagi, eskilik va yangilik bo`yog`iga ega bo`lmagan so`zlar qatlami ham bor Bu qatlam zamonaviy qatlam yoki neytral qatlam deyilidi.
Demak, zamon nuqtai-nazaridan o`zbek tili leksikasi uch asosiy qatlamga bo`linadi.
Zamonaviy qatlam
Eski qatlam
Yangi qatlam,
Eskilik va yangilik bo`yog`iga ega bo`lmagan so`zlar zamonaviy qatlam deyiladi. O`zbek tili leksikasining asosini shu qatlimga oid so`zlar tashkil etadi.
So`z va iboralarni zamonaviy qatlamga kirishida ularning nutqda oz-ko`p ishlatilishi yoki bu qatlam so`zlari til jamoasining barcha a’zolari nutqida barovar ishlatilishini hisobga olish yaramaydi, Masalan, terminologik leksikaga oid so`zlarning iste’mol doirasi chegaralangan. Ammo, ular zamonaviy hisoblanaveradi.
Funksional-normativ, ya’ni zamonaviy so`zlar bilan bir qatorda hozirda kam iste’mol bo`lib qolgan eski qatlam ham uchrab turadi. Eskirgan so`zlarga ikki tip hodisa:
Hozirgi til nuqtai-nazaridan so`z ham, u nom bo`lib predmet, hodisa ham eskirgan iste’moldan chiqqan mirshab, amir, arbob. Bunday so`zlar istorizmlardir.
Narsa va hodisaning, tushuncha yoki tasavvurlarning o`zi emas, balki uning nomi eskirgan bo`ladi. Handasa (geometriya), sarf (morfologiya), nahv (sintaksis). Bunday so`zlar arxaizmlardir,
Demak, eskirgan so`zlar ikki ko`rinishga ega:
Istorizmlar; 2. Arxaizmlar
Davr o`tishi bilan muayyan paytda zamonaviy hisoblangan ba’zi predmetlar qo`llanishdan qoladi. Natijada, bu narsi va hodisalarni ifodalovchi so`zlarni ishlatish ham susayayadi va asta-sekin til lug`at sostavining aktiv qatlamidan passiv qatlamga o`tadi.
Shu sababli bu tip so`zlar o`tmish davr fakti-istorizm deb yuritiladi. Istorizmlarning leksik frazeologik ko`rinishlari mavjud.
Eskirib iste’moldan chiqqan o`z sinonimiga ega bo`lmagan so`zlarga leksik istorizmlar deyiladi: omoch, cho`ri, yuzboshi. Istorizmlarning yuzaga kelishi tabiat va jamiyatdagi o`zgarishlar, yangilanish va eskirishlar bilan aloqadordir. Istorizm eski lug`at birligidir. Bu tip so`zlar hozirgi davr kishisi uchun tushunilishi qiyin bo`ladi. Ularni maxsus izohlar orqali anglash mumkin.
Uzbek tili leksikasidagi istorizmlarga misollar:
ijtimoiy-siyosiy hayot bilan bog`liq so`zlar: podshoh, qul, quloq, batrak.
mansab, amal unvonlar nomi: amin, arbob, zakotchi, udaychi, shotir.
ba’zi hujjat nomlari: vasiqa, sanad, vakfnoma 4) maktab va maorif: mulla, xalfa, mudarris, haftiyak
uy-ro`zg`or buyumlari nomi: charh duq kajava, juvoz.
o`lchov, pul birliklari nomi: botmon, qadoq, tanob, arshin, tanga, qora pul.
kiyim-kechak nomlari: choriq, kimxob, qalami, quloh va boshqalar.
Istorizmlarning bundan tashqari frazeologik semantik turlari ham mavjud.
Eskirib iste’moldan chiqqan, o`z ekvivalentiga ega bo`lmagan iboralarga frazeologik istorizmlar deyiladi: madrasa tuprog`ini yalamoq, issiq-sovuq qilmoq, tarki dunyo qilmoq, so`fi qilmoq va h.k.
So`zning yangi ma’nosi
So`z material tomondan eskirmay, ma’no tomondan eskiradi. Bunda so`z Yangi davrda yangi ma’noda qo`llanaveradi. Uning oldingi ma’nosi o`tmishga tegishli bo`lib qoladi. Bu semantik istorizm deyiladi:
rais-boshliq, tashkilot xodimi So`zning eski ma’nosi rais-diniy rasm-rusum nazoratchisi arbob-fan sohasida beriluvchi unvon
saroy-madaniy tadbirlar joyi oqsoqol-keksa, hurmatli boy-badavlat, serob, mo`l arbob-qishloq oqsoqoli, arestokrat
saroy-xon, podsho qarorgohi oqsoqol-mahalla boshlig`i boy-feodal sinf vakili Chog`iashtiring: Boy cho`chib o`zini chetga oldi (O). Dasturxonlar mevalarga boy. (M. Alaviya).
Istorizmlar ko`proq o`tmish haqida hikoya qiluvchi zamonaviy asarlarda uchraydi. Bu bilan davr ruhi, koloriti beriladi
Istorizmlarda uslubiy bo`yoq so`z ko`chma majoziy ma’nolarda qo`llansagina paydo bo`ladi. M: O`zi xon, soyasi sultom bu kishini. Bu student alifni kaltak deydi.

Download 142.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling