Leksik semantik sistemalar
Download 91.37 Kb.
|
Leksik semantik sistemalar
Yozuvchining so`z qo`llash mahoratini baholash uchun, avvalo, so`z va uning ma'nosi, bu ma'noning tuzilishini aniq tasavvur etish lozim. So`zning qo`llanishi bilan bog`liq holda yuzaga chiqadigan qo`shimcha ma'no nozikliklari turli tasvir usullari va vositalari orqali reallashishi mumkin. Ammo bunday qo`shimcha ma'no nozikliklari ko`pincha so`z ma'nosining o`zida imkoniyat tarzida mavjud bo`ladi, ular so`zning ma'no qurilishida ilgaridan qayd etilgan bo`ladi.
Leksik birliklar lisonda turli semantik munosabatlar asosida har xil paradigmalar hosil qilgan holda mavjud bo’ladi. Sinonimik, antonimik, graduonimik, partonimik, giponimik munosabatlar ana shunday linosiy munosabatlardir. Quyida ularning har birini alohida-alohida ko’rib o’tamiz.
Sinonimiya. Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo’yoq va ottenkalar bilan ifodalaydigan leksemalar sinonimlar deyiladi. Sinonimlar leksemalar orasidagi munosabat sinonimiya yoki sinonimik munosabat deyiladi.
Sinonim leksemalar sememelaridagi atash va vazifa semalari aynan bir xil bo’lib, ifoda semalari farqlanadi. Misol sifatida yuz-bet-aft-bashara-turq qatorini keltirish maqsadga muvofiq. Download 91.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling