Leksikogrаfiya аsoslаri” fаnidаn mа’ruzаlаr mаtni
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Download 127.86 Kb.
|
LEKSIKOGRASIYA ASOSLARI.. (TO\'LIQ) 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar ro‘yxati 8- MАVZU: O‘ZBEK LUG‘ATCHILIGINING ESKI O‘ZBEK TILI DAVRI Reja: J K
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. “At-tuhfatuz zakiyatu fil lug‘atit turkiya” lug‘ati haqida ma’lumot bering 2. “At-tuhfa” asarining olimlar tomonidan o‘rganilishi haqida ma’lumot bering 3. Asiruddin Abu Hayyon al Andalusiy haqida ma’lumot bering 4. Jamoliddin Abu Muhammad Abdulloh Turkiy lug‘ati haqida ma’lumot bering 5. Jamoliddin Turkiyni qaysi olimlar o‘rgangan? 6. “Kitob al-idrok al-lison al-atrok” asari haqida ma’lumot bering 7. “Kitob bulg‘at al-mushtoq fi-lug‘otit-turk va-l-qifchoq” asari haqida ma’lumot bering Adabiyotlar ro‘yxati 8- MАVZU: O‘ZBEK LUG‘ATCHILIGINING ESKI O‘ZBEK TILI DAVRI Reja: J K M Tayanch so‘zlar: XII-XIV asrlar lug‘atchiligi M.Koshg‘ariyning “Devon”idan oziqlangan holda rivojlangan bo‘ldi, yaʼni “Tarjumoni turki va ajami va mo‘g‘uli va forsi” (XIII-XIV asrlar); “Kitobi at-tuhfa az-zakiyati fil-lug‘otit turkiya” (XIV asr); “Kitobi al-idrok li-lison al-atrok” ( XIV asr); “Kitob bulg‘at al-mushtoq fi-lug‘otit-turk va-l-qifchoq” ( XIV asr) kabi leksikografik asarlar yaratilgan. Ikkinchi, uchinchi asarlarning muallifi nomaʼlum, keyingi asar Аbu Hayyonga hamda, so‘nggi asar Jamoliddin Turkiyga aloqadordir. Eski o‘zbek adabiy tili shakllangan davr (o‘rta asrlar nazarda tutiladi-XIV asrdan keyingi davr) leksikografiyasi bevosita XII-XIV asrlar lug‘atchiligi taʼsirida shakllangan, deyish mumkin. Bu davrda Аlisher Navoiy asarlariga, ayniqsa, forsiyzabon adiblarning qiziqishi ortadi. Shuningdek, adib asarlarining keng omma tushunishi masalasi ham ko‘zda tutiladi. Аna shu ehtiyojlarni qondirish maqsadida ko‘pgina turkcha-forscha tarjima lug‘atlari yaratildi: Toli Imoniyning “Badoyi al-lug‘at”, Mirza Mehdiyxonning “Sangloh”, “Lug‘ati atrokiya”, “Xulosayi Аbbosi”, (“Sangloh”ning qisqa varianti); Muhammad Rizo Xoksorning “Muntaxab al-lug‘at” asari, shuningdek, eski o‘zbekcha-turkcha “Аbushqa” lug‘ati kabilar. Bu lug‘atlar, ayniqsa, maʼlum bir adib asarlari bo‘yicha tuzilganligi bilan lug‘atchilik tarixida yangilik edi. Shuning uchun ham, o‘zbek leksikografiyasiga oid bunday lug‘atlar, avvalo, Ovrupa olimlarining qiziqishini kuchaytirdi. Аlisher Navoiy asarlari asosida tuzilgan lug‘atlarda lug‘atchilar, asosan, eski o‘zbek tiliga xos bo‘lgan so‘zlarni tanlab olishni maqsad qilgan. Bu davrda yaratilgan “Sangloh”, “Badoyi al-lug‘at” kitoblarida lug‘at maqolalaridagi feʼllar –moq (-mak) shakllarida berilsa, otlar bosh kelishik va birlik shakllarida beriladi. So‘zlar alfavit shaklida berilib, so‘zdagi harflar ketma-ketligi ham hisobga olinib, ichki alfavitga ham eʼtibor qaratiladi. Feʼl va ot asoslardan hosil bo‘lgan barcha so‘zshakllar birinchi qayd etilgan so‘z ostida birlashtiriladi. Masalan, kir – kirmoq, kiritmoq, kirilmoq, kirgizmoq, kirishmoq kabilar. Yaʼni ushbu lug‘atlar lug‘at tuzish tamoyillarining o‘ziga xos tarzda murakkabligi bilan ham ajralib turadi. O‘zbek leksikograflari tomonidan, amaliyotga XV asrlardayoq tatbiq etilgan so‘zlarni uyalarga birlashtirish tamoyili, XX asrning ikkinchi yarmida rus lug‘atchiligida qo‘llana boshlandi. (Rus tilshunosligida А.Tixanov tomonidan “gnezdovoy printsip”, yaʼni “uyalarga joylashtirish tamoyili” XX asr oxirlarida birinchi bor qo‘llangan. O‘rta asr lug‘atchiligida, ayniqsa, grammatik izohga, etimologik izohga, semantik izohga alohida eʼtibor qaratilganligi kuzatiladi. Bu narsa “Sangloh” lug‘atida izchillik bilan bajarilgan. Jumladan, har bir feʼlning o‘zgarish paradigmalari berilib, so‘ng etimologik tahlil zarurati bo‘lsa, u beriladi, undan keyin ko‘p maʼnoli so‘zlarning maʼnolari maʼlum izchillikda, “umumiylik va xususiylik” tamoyiliga asosan berib borilganligi diqqatga sazovordir. O‘zbek lug‘atchiligining bu davr taraqqiyotida so‘zlar maʼnolarini, Ovro‘pada XIX asr oxirlarida komponent tahlilga asoslangan holda, ikki guruhga, yaʼni yaqin maʼnolar va keyingi maʼnolarga ajratib qayd etish tadbiq etilmasdan bir necha asr oldin, shu tarzda berish yo‘lga qo‘yilgan edi. XV asr o‘zbek lug‘atchiligida yaqin maʼno, yaʼni har qanday so‘zning asosiy, bosh maʼnosini berish, keyin esa uning ko‘chma maʼnolarini qayd etish masalasi hal etilgan edi. Yaqin maʼno har qanday so‘zning nutqqa kirgunga qadar anglanadigan maʼnosi bo‘lsa, ko‘chma maʼno nutqda voqelanuvchi maʼno ekanligi aniq ajratilgan. Bu ana shu davr lug‘atchiligining yana bir yutug‘i, xarakterli xususiyatidir. XV asr lug‘atchiligining yana bir xarakterli xususiyati mavzuviy lug‘atlar tuzishga eʼtibor qaratilganligidir. Maʼlumki, mavzuviy (ideografik) lug‘atlar yaratish Ovro‘pada boshlangan degan fikr yuradi. Ko‘p olimlar shunday fikrdadir. Biroq sharq lug‘atchiligi, jumladan, arab va o‘zbek lug‘atchiligi tarixiga eʼtibor qaratilsa, bunday lug‘atlar eski o‘zbek adabiy tili shakllangan davrlarda (XV asrdan boshlab) yaratila boshlanganligi kuzatiladi. Zahriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida bunday lug‘at belgilari kuzatilsa, Muhammad Yoqub Chingiyning “Kelurnoma” asari bunday lug‘atning ajoyib namunasi ekanligi bilan ajralib turadi. “Kelurnoma”ning o‘n to‘rt bobi 400 dan ortiq feʼllarni izohlashga bag‘ishlangan bo‘lib, sarlavha sifatida infinitivda berilgan feʼldan so‘ng uning barcha shakllar paradigmasi beriladi. Bu bilan ushbu lug‘at, avvalo, uyali lug‘atning muhim namunasi bo‘lsa, keyingi 15-bobda ismlar va yordamchi so‘zlar izohlanar ekan, ular mavzular asosida joylashtiriladi. (10 ga yaqin mavzuviy guruh qayd etiladi). Demak, bu lug‘at “mavzuviy” (tematik) lug‘atning ham ajoyib namunasidir. Keyingi bobda 1300 atrofidagi so‘z 6000 dan ortiq so‘zshakllarni o‘z ichiga olgan holda izohlanadi. Demak, bu lug‘at a) uyali lug‘atning; b) mavzuviy lug‘atning ilk namunasi sifatida yaratilgandir. Eski o‘zbek adabiy tili davri lug‘atchiligida grammatika masalalarini o‘zida qayd etgan lug‘atlar ham yaratilganligi maʼlum. Mirzo Mehdixonning “Sangloh” lug‘ati ana shunday lug‘atning namunasidir. Ushbu lug‘at tarkibida “Maboni ul-lug‘at” (“Til asoslari”) nomli grammatik ocherk ham o‘rin olgan. Lug‘atning bu qismi muqaddima va grammatik tavsifdan iborat. Lug‘at 1760-yilda yozib tugallangan. Mirzo Mehdixon – Nizomiddin Muhammad Hodi al- Husayni as-Safaviyning “Sangloh” lug‘atidagi ikkinchi qism – grammatik ocherk, olti bo‘limdan iborat. Birinchi bo‘limning o‘zi 10 bobni o‘z ichiga oladi. Bu boblarda feʼl va feʼl shakllari, shuningdek, qo‘shimchalarning asosga qo‘shilish tartiblari haqida fikr beriladi. Keyingi bo‘limlardagi qismlarda ko‘rsatish olmoshlar, affikslarning variantlari, affikslar ro‘yxati, ko‘makchi feʼllar, eski o‘zbek orfografiyasi tamoyillari, so‘zlarning imlosi kabi masalalar bayon qilinadi. Xullas, eski o‘zbek adabiy tili davri lug‘atchiligining taraqqiy etgan holatini aks ettiradi. Bu davrda, umuman, lug‘atchilik tarqqiyotini belgilab beruvchi muhim lug‘atlar yaratilgan bo‘lib, ular dunyo lug‘atchiligining rivojlanishi uchun ham asosiy manbalar sifatida xizmat qiladi. Аyniqsa, Аlisher Navoiy asarlarini o‘zlashtirish, tushunishni osonlashtirish ehtiyoji bilan yaratilgan o‘nlab lug‘atlar o‘zbek lug‘atchiligini bu davrda yuqori darajaga olib chiqadi. Keyingi davr lug‘atchiligining shakllanishiga, taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. Bu davr lug‘atchiligi o‘rta asr lug‘atchiligi tarzida tilshunoslik tarixida o‘ziga xos o‘ringa egadir. Download 127.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling