Leksikologiya fanidan Amaliy topshiriqlar: Eslatma


Download 130.23 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.05.2023
Hajmi130.23 Kb.
#1460686
Bog'liq
Leksikologiya amaliy topshiriq (1)



Leksikologiya fanidan 
Amaliy topshiriqlar: 
Eslatma: Hurmatli talabalar, sizlarga berilgan Amaliy mashg’ulot mavzulariga oid 
ushbu topshiriqlarni daftarga qo’lyozma ko’rinishida qo’shimcha adabiyotlardan 
foydalanib, har biringiz alohida (ko’chirmakashlikka yo’l qo’ymasdan) javob yozishingiz 
va PDF (formatda) ko’rinishida jo’natishingiz shart! Daftarning 1-2- sahifasida ism va 
familiyangiz bo’lsin!
Maksimal baho- 5.
Ko’chirib jo’natilgan topshiriq javoblariga 2 baho qo’yiladi.
1.Ushbu gaplardagi ma’no ko‘chishini izohlang. 
 
Besh qo‘lini og‘ziga tiqmoq, besh qo‘l barobar emas, yuzlar, ko‘zlar boqar edi biz tomon, 
eshikka kiraylik. 
2. Berilgan so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. Omonim yoki polisemantik so‘z ekanligini 
aniqlang. 

Do‘st, yosh, yuz, nafis, mol, oyoq, bel, tut, yengil, gul, sher, sana, uch, o‘ch, quloq... 
Namuna: 
1. Olti narsa rohatda yashashga yordam beradi, shulardan biri haqiqiy do‘sting 
bo‘lmoqligidir. 2. Bugungi kechamizga shoir Do‘st Hamdam ham tashrif buyurgan. 3. 
Do‘st!!! Yana bir juft qo‘shiq bo‘lsin! 
3. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlarni ajratib, ma’no ko‘chishning turini yozing. 
1.«Semurg‘» «Sug‘diyona»ni qabul qilib, raqiblar darvozasiga ketma-ket beshta to‘p 
kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 2. Qo‘shnimizning o‘g‘li dadasi bilan tortishayotganining ustidan 
chiqib qoldim. 3. Yangi binolar qurilishi asossiz ravishda cho‘zib yuborilmoqda. 4. Beodob 
qizning gapini onasi tekislab turdi. 5. Prezidentimiz adashganlar uchun to‘g‘ri yo‘lni 
ko‘rsatib berdi. 6. Bolam, ho‘l-u quruqqa qanoat qil, ana o‘shanda sen, kayvoniy odam 
bo‘lasan. 7. Muallif dutor haqida yozadi va bu bilan o‘zbek cholg‘u asbobini birinchi bo‘lib 
tilga oladi. 8. O‘g‘lining dardida sarg‘aygan onaning oh-vohlariga chidab bo‘lmasdi. 9. Тun 
o‘z o‘rnini tongga bo‘shatib berdi. 10. Navoiy ko‘hna Sharqning ulug‘ mutafakkiri sifatida 
o‘z asarlari bilan o‘sha davr ijtimoiy masalalarini ham ko‘tarib chiqdi. 11. Go‘zal bu 
gaplarning hammasini yuragining tubiga joylagan edi, uni hech kimga oshkor ayta olmasdi. 
12. Yigitning uylanayotganini eshitgan qizning qalbi yaralandi. 
 4. ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘zlarni toping va izohlang. 
1. Bola onasining oldiga tushib, pildirab ketdi. (Oybek) 2. Otam yetimlarning boshini 
siladi. 3. Mungli kuy yurakni tirnar edi. 4. Soraxon qo‘l siltab, onamning o‘zlari ham 
urishqoqlar, dedi. (A.Qahhor) 5. Yo‘lchining so‘zlariga hayratlanib, chol yoqasini ushladi. 
(Oybek) 6. Bolalar yopishavergach, xaltani ochishga majbur bo‘ldi-da, labini burib vaysay 
boshladi. (Oybek) 7. Kuyov qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib: «...ishoning, dada, Karomatni boshimga 


ko‘taraman», dedi. (S. Ahmad) 8. O‘shanda ham Yusuf amaki dadamni yolg‘izlatmay, 
holidan xabar olib turgan. (H. Nazir) 9. Kuyov bo‘lmay qaro yer bo‘lgur na o‘ligini 
ko‘rsatadi, na tirigini. (A. Qahhor) 
5.
Boborahim Mashrabning «Sajda aylar zohid ul mehrob aro, Men qilurman sajada egma 
qoshima» baytida keltirilgan «egma qosh» iborasining nima uchun sinekdoxaga misol bo‘la 
olishini isbotlang. So‘ng mumtoz she’riyatda oy yuz, qorako‘z, oq bilak, sarv qad kabi 
atamalarning yor, dildor ma’nolarida ishlatilganligiga misollar keltirib, ularning ma’nolari 
ustida fikr yuriting.

Download 130.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling