Leksikologiya nimani o`rganadi?


Download 29.17 Kb.
bet1/11
Sana03.12.2023
Hajmi29.17 Kb.
#1798675
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Leksikologiya nimani o`rganadi -fayllar.org


Leksikologiya nimani o`rganadi?



  1. Leksikologiya nimani o`rganadi?

Leksikologiyaning ob’yekti tilning lug`at boyligidir. Bu boylik tilshunoslikda leksika deb ataladi, u muayyan tildagi barcha so`zlarni va shu so`zlar bog`lanishidan tarkib topgan ko`chma ma’noli turg`un konstruktsiyalarni (frazemalarni) o`z ichiga oladi.




  1. Leksika nima?

Leksikologiyaning predmeti – lug`at boyligining strukturaviy va sistemaviy xususiyatlarini, taraqqiyot qonuniyatlarini, tilning boshqa sathlari (fonetik sath, grammatik sath) bilan aloqasini tadqiq qilish.




  1. Leksikologiyaning maqsadi va vazifalari haqida ma’lumot bering.

Leksikologiyaning vazifalari: a) muayyan til lug`at boyligidagi eskirish va yangilanish jarayonlarini, bu jarayonlarda lisoniy va nolisoniy (lingvistik va ekstralingvistik) omillarning ishtirokini o`rganish; b) lug`aviy birliklarning funksional-semantik tavsifini berish, eskirgan, yangi va zamonaviy qatlamlarini, tematik guruhlari va mikrosistemalarini aniqlash, lisoniy va uslubiy xususiyatlarini yoritish; d) talabalarni leksikaga oid nazariy bilimlar bilan qurollantirish, ularda leksik-semantik tahlil ko`nikmalarini shakllantirish.




  1. Leksikologiyaning qanday turlari bor?

Leksikologiyaning turlari. Leksikologiya barcha tillarning lug`at boyligi taraqqiyotiga xos umumnazariy masalalar bilan birga, ayrim olingan bir tilning lug`at boyligi masalalari bilan ham shug`ullanadi. Shunga ko`ra u dastlab ikki turga – umumiy leksikologiya va xususiy leksikologiyaga bo`linadi.




  1. Leksikologiya tilshunoslikning qaysi bo`limlari bilan aloqada bo`ladi? Sabablari?

Leksikologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Leksikologiya tilshunoslikning semasiologiya, onomasiologiya, etimologiya va frazeologiya kabi bo`limlari bilan hamkorlikda ish ko`radi, bunday hamkorliksiz tilning lug`at boyligidagi leksik-semantik hodisalarni, lug`at tarkibi taraqqiyotiga oid til faktlarini tog`ri yoritib bo`lmaydi: semasiologiyada lug`aviy birliklarning mazmun plani – semantik tarkibi va shu bilan bog`liq masalalar tadqiq qilinadi; onomasiologiyada narsa-hodisalarni yoki tushunchalarni nomlash prinsiplari o`rganiladi; etimologiyada so`zlarning kelib chiqishi aniqlanadi; frazeologiyada tilning lug`at boyligidagi ko`chma ma’noli turg`un konstruksiyalar – frazemalar xususida bahs yuritiladi.





  1. Download 29.17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling