Leksikologiya
Download 16.85 Kb.
|
2 5192894861371508159
LEKSIKOLOGIYA 1. Qaysi gapda ko`chma ma’noli so`z qo`llangan? A. Alyorning vujudiga orombaxsh shabada yugurdi. B. U ko`l yoqasiga kelib qolganini ham sezmadi. C. Choyxonachi yoshi elliklardan oshib qolgan bo`lsa ham xuddi o`smirlarday yengil qadam tashlardi. D. Barcha javoblarda. 2. Rustam dehqonchilikning tilini yaxshigina o`rgangan. Ushbu gapda qanday ma’no ko`chishi mavjud? A. MetaforaB. Metonomiya C. Sinekdoxa D. ma’no ko`chishi bo`lmagan. 3. O`z jigiriga ham rahm-shafqat qilmaydilar! Ushbu gapda qanday ma’no ko`chishi mavjud? A. MetaforaB. Metonomiya C. SinekdohaD. Vazifadoshlik. 4. Gapning ko`chma - tag ma’nosi ifodalangan qatorni toping. A. Bizni “homiy” lardan himoya qilg`il, degan sharq xalqida piching – duo bor. Xo`sh, janobi oliylari, qaysi sho`rlik xalq sizning “himoyangiz” ga qolishga intizor. B. Dunyoda o`zimizdan keyin qoldiradigan tuyog`imiz “faqat shul Otabekdir”. C. –Sizga tekkuncha alvastiga tegsam bo`lmasmidi? -Afsuski, yaqin qarindoshlar orasida nikoh man qilingan . D. Barcha gaplarda tag ma’no ifodalagan. 5. Qaysi qatorda metafora usuli bilan ma’no ko`chish hodisasi yuz bergan? A. Bahor kelinchakdek yasanib keldi. B. Po`latjonning tili tanglayiga yopishib qolgandek. C. Quyoshning oltin qalami nur taratar edi. D. Barcha gaplarda metofora usuli mavjud. 6. “Uxlamoq” so’zining lug’aviy ma’nosi qaysi qatorda ko’rsatilgan? A.fe’l B.noaniq shakl C.holat D.A va B javoblari to’g’ri 7. “Daraxt” so’zining lug’aviy ma’nosi qaysi qatorda berilgan? A.O’simlik B.Ot C.Jamlovchi ot D.A va B javoblari to’g’ri 8.Qaysi qatorda “yer” so’zi ko’chma ma’noda qo’llangan? A.Bir vaqt yer osti dukillagandek bo’ldi. B.Yer sharining to’rtdan uch qismi suvlik. C.Boshqalardan kam yerim bormi? D.U ovqatni shoshib yer edi. 9. Baland va chiroyli tog’lar… Ushbu gapdagi baland so’zining grammatik ma’nosi qaysi qatorda berilgan? A.Belgi B.Sifat C.Oddiy daraja D.B va C 10. Quyoshning oltin qalami nur tutar edi. Ushbu gapda ko’chimning qaysi turi qo’llangan? A.Metonomiya B.Metafora C.Sinekdoxa D.vazifadoshlik 11. Leksikologiya bo’limida nima o’rganiladi? A.so’zning gramatik ma’nosi B.so’zning lug’aviy ma’nosi C.so’zning o’z va ko’chma ma’nolari D.tilning lug`at boyligi E.B,C,D javoblari to’g’ri 12. Polisemantik so’zlar qaysi qatorda berilgan? A.Quloq, ish, odam, fe’l, tezlanish B.Ish, yo’l, yoqa, quloq, qo’l, ko’z C.Barcha qatorda D.A va V javoblari to’g’ri 13. Qaysi qatordagi so’zlar ko’chma ma’noda qo’llangan? A.Qizil ko’ylak, qizil o’ngach, qizilcha B.Qora niyat, qora kun, qora qarg’a C.Tilla soat, tilla bola, tilla yigit D.Kumush qish, kumush choynak, kumush tola E.B va D javoblari to’g’ri 14. Qaysi qatorda shaxs – predmet unga bog’liq bo’lgan boshqa bir nom bilan atalgan? A.O’n qo’li hunar. B.Bizni “homiylar”dan himoya qilg’il. C.Osmon fonarini ham yoqdi shu onda. D.G’oz singari qo’nar qo’llarga. E.Quyoshli osmondek mag’rurdir chehrang. 15. Quyidagi gaplarning qaysi birida ---gul--- so‘zi ko‘chma ma’noda? 1.~Turmush go‘zal va shirin, kundan-kun yashnar gulday. 2.~Yashnamoqda gul turmush, biz tinchlikni istaymiz. 3.~Topgan gul keltirar, topmagan bir bog‘ piyoz. 4.~Sen uy ichining cho‘risi bo‘lma, guli bo‘l, guli. A. 1, 3, 4B. 1, 4C. 1, 2, 3, 4D. 2, 4 16. Tilshunoslikning leksikologiya bo‘limiga oid atamalar qaysi qatorda berilgan? A. yordamchi so‘zlar, bog‘lama, hol B. ajratilgan bo‘lak, undalma, kirish so‘z C. umumxalq so‘zlari, ko‘p ma’noli so‘z, atama D. grammatik ma’no, undovlar, bog‘lovchi 17. Qaysi qatorda iboraning ma’nosiga to‘g‘ri kelmaydigan so‘z berilgan? A. tepa sochi tik bo‘ldi -- jahli chiqdi, achchiqlandi B. tekkanga tegib, tegmaganga kesak otadi -- xira, tegajoq C. xamirdan qil sug‘urganday -- oson, tez D. qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan -- mo‘min, yomonlik qilmagan 18. Qaysi qatorda ibora qo‘llangan? A. Aravakash sekin kulimsiradi. B. -- Nega daming chiqmaydi, ko‘ruvding-ku!~-- dedi To‘la. C. Qani, mehmonlar, dasturxondagilardan olinglar. D. Kumush tola milliy boyligimiz sanaladi. 19. Mushfiq so‘zining lug‘aviy ma’nosi berilgan qatorni toping. A. kamtar, kamsuqum B. oddiy, bechora C. shafqat qiluvchi, shafqatliD. mehribon, jonkuyar 20. ---Mujda--- so‘zining ma’nodoshi (sinonimi)~ni toping. A. novda B. kiprik C. xushxabar D. ko‘rinish 21. -Do‘ppisi yarimta--- iborasining ma’nodoshini toping. A. beparvo B. omadsiz C. kambag‘al D. ishi yurishmagan 22. ---yoqa--- so‘zi quyidagi qaysi gapda ko‘chma ma’noda qo‘llanMAgan? A. Umar qamishzorni oralab, ko‘l yoqasiga chiqdi. B. Kanalning ikki yoqasi bo‘ylab qurilgan ko‘p qavatli uylar juda ko‘rkam edi. C. Sodiq ham o‘lim yoqasida. Endi siz bilan ikkimizgina qoldik! D. Salim anchagacha yoqasining tugmasini o‘tkaza olmadi. To’g’ri gap tuqqaningga yoqmaydi. Qani,mehmon, dasturxonga qarang. Litsey qaldirg’ochlarini tabriklashdi. Rahmi kelib bulutning yiglab to’kar yoshini. Tuzsiz she’rlarimni deb shirin-shirin bolalarim yurar oyoq uchida. Butun mahalla ko’y Razzoq So’fining baxtini olqishlar edi. Harbiy bizdan temir intizomni talab qilidi. Ko’rdim: Shukur Burxonni “Hamza” dan chiqib, asta piyodalab ketdi bir kuni. “Paxtakor”da tushaman. Fan cho’qqilarini, albatta, egallaymiz. Kalning nimasi bor – temir tarog’i bor. Men u eshikka qadam bostirmayman. Mungli kuy yurakni tirnar. Tuyog’imiz ko’paydiki,kamaygani yo’q. U onasini boshida ko’taradi. U zamonlarda ostonam tuyoq ko’rmagan. O’z jigariga ham rahm-shavqat qilmaydilar. Urush ko’plarning yostig’ini quritdi.(yostiq-umr,hayot ma’nosida) Download 16.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling