Leksikologiya va semasiologiya


Semasiologiya – so‘z va iboralarning ma`nolarini o‘rganuvchi soha


Download 101 Kb.
bet5/8
Sana23.03.2023
Hajmi101 Kb.
#1287759
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Leksikologiya va semasiologiya

Semasiologiya – so‘z va iboralarning ma`nolarini o‘rganuvchi soha. So‘zning semantik qurilishi shu so‘zga xos ma`no (ma`nolar va qo‘shimcha stilistik ma`nolar)dan iborat bo‘ladi.
YUqorida qayd qilganimizdek, so‘zning semantik qurilishi va u bilan boғliq hodisalarni o‘rganuvchi soha semasiologiya deyiladi.
Har qanday so‘z shakl va ma`no butunligiga egadir: uy, daraxt, suv, havo va h.
Tildagi barcha so‘zlar ma`noli bo‘lsa-da, lekin ular ma`noning eng umumiy xususiyatiga ko‘ra ham o‘zaro farqlanadi. Masalan, tildagi so‘zlarning asosiy qismi ob`ektiv borliqdagi narsa, belgi yoki harakat haqidagi tushunchani bildiradi: paxta, tuproq, oq, ushlamoq kabi.
Boshqa so‘zlar esa, ya`ni yordamchi so‘zlar (bilan, uchun, va, agar), shuningdek, undov va taqlid so‘zlar (eh, ura, lip-lip) tushuncha ifodalamaydi. Tushuncha ifodalaydigan so‘zlargina leksik ma`noga ega bo‘ladi.
YUqorida ta`kidlaganimizdek, so‘zning ob`ektiv borliqdagi narsa, belgi, harakat kabilar haqidagi ma`lumot leksik ma`no deyiladi.
Leksik ma`noli so‘zlar narsa, belgi yoki harakatning konkret (aynan) o‘zini emas, balki ular haqidagi tushunchani ifodalaydi.Tushuncha esa narsa, belgi, harakat kabilarning kishi ongidagi in`ekosidir.
So‘zlar leksik va grammatik ma`nolaridagi umumiylik va o‘xshashlik alomatlari bilan ma`lum tipga bo‘linadi. Masalan, qarindoshlikni bildiruvchi so‘zlar, xursandchilik va xafachilikni bildiruvchi so‘zlar, turli hissiyot va boshqalarga tegishli so‘zlar alohida leksik-semantik guruhlarni tashkil etadi. Ularni tadqiq etishda «semantik yoki tushuncha maydoni» nazariyasidan, kontekstdan va leksemalarning birikuvidan (bu ko‘pincha «valentlik»deyiladi) foydalaniladi.
Har bir leksik ma`no muayyan bir so‘zga tegishli bo‘ladi. O‘zi anglatgan narsaga nisbatan olingan leksik ma`no umumlashtirish xususiyatigi egadir. Bu xususiyat luғaviy ma`no deyiladi.
So‘zlarning umumlashgan yoki konkret ma`nolari kontekst yordamida aniqlanadi.
So‘zning semantik qurilishidagi qo‘shimcha ottenkalar emotsional-ekspressiv bo‘yoq va stilistik belgidir.
Emotsional–ekspressiv ottenka so‘zning leksik ma`noga qo‘shimcha tarzda sub`ektning his-tuyғusi, kayfiyati va shu kabi turli munosabatlarni ifodalash xususiyatidir.
Leksik ma`no so‘zning semantik qurilishida albatta bo‘ladi. emotsional-ekspressiv ma`no so‘zning qurilishida bo‘lishi ham bo‘lmasligi ham mumkin: novcha, naynov.
Stilistik belgi ham semantik strukturada albatta bo‘ladigan komponent emas: ozod, hur, sarbast.



Download 101 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling