Leksis setkasi Demografik setka – aholi tabiiy harakati omillarini grafik usulda ifodalash
Download 38.09 Kb.
|
1 2
Bog'liqDEMOGRAFIYADA VAQT VA YOSH
DEMOGRAFIYADA VAQT VA YOSH REJA: Leksis setkasi Demografik setka – aholi tabiiy harakati omillarini grafik usulda ifodalash Аhоli tаrkibi to’g’risidа tushunchа Inson hayotida ro‘y beradigan barcha voqea-hodisalar koordinatasi vaqt hisoblanadi. Bu fikr demografik voqea-hodisalarga nisbatan ham to‘laligicha bildirilishi mumkin. Demografiyada vaqt uch ko‘rinishda, yoki boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, uch o‘lchamda namoyon bo‘ladi. Vaqtning birinchi o‘lchami – bu odatiy kalendar vaqti. Barcha voqea-hodisalar u yoki bu sanaga, u yoki bu davrga bog‘langan bo‘lib, real vaqtda ro‘y beradi. Vaqtning ikkinchi o‘lchami – u yoki bu demografik holatda bo‘lib turish davomiyligi. Bunga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: inson tug‘ilgan paytdan to kuzatuv davrigacha bo‘lgan vaqt sifatida yosh, bo‘ydoqlik (nikohsizlik) holatida bo‘lish davomiyligi, nikohning davom etish davri, farzandsizlik holatida bo‘lishning davomiyligi va h.k. Vaqtning uchinchi o‘lchami – u yoki bu demografik (yoki boshqa) voqea-hodisalar majmuining vujudga kelish vaqti. Bunga quyidagilar misol bo‘la oladi: u yoki bu avlod tug‘ilgan vaqt (yil, davr), nikoh tuzilgan yil, maktabni tugatgan yil va h.k. Vaqtning bu uch o‘lchami voqea-hodisalar majmuining vujudga kelish kalendar vaqti, u yoki bu demografik holatda bo‘lib turish davomiyligi va joriy kalendar vaqti – inson hayotida ro‘y beradigan voqea-hodisalarga, jumladan, demografik voqea-hodisalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Demografik hodisaning ro‘y berish ehtimoli bir tomondan, ushbu muayyan vaqt davrining real shart-sharoitlariga, boshqa tomondan esa – tadqiq etilayotgan voqea-hodisalar majmui tarixiga, uning qanday vujudga kelgani va bu davr mobaynida ishtirok etgan shaxslar bilan nimalar bo‘lganiga bog‘liq bo‘ladi. Voqea-hodisalar majmuining vujudga kelish kalendar vaqti va ushbu demografik holatda bo‘lib turish davomiyligi aynan shu tarixni ifodalab beradi, yoki, sotsiologlar tili bilan aytganda, uning empirik indikatori, ro‘y bergan voqea-hodisalarning empirik indikatori sifatida namoyon bo‘ladi. Aynan shu sababdan ham zamonaviy demografiyada uchyoqlama tasnif, ya’ni tadqiq etilayotgan hodisa vujudga kelgan real kalendar vaqti, bu hodisa ro‘y berayotgan real joriy kalendar vaqti va bu hodisa ro‘y berayotgan ushbu demografik holatda bo‘lib turish davomiyligini, eng avvalo, ushbu yoshni bir vaqtning o‘zida hisobga olgan holda demografik voqea-hodisalarni kuzatib borish qo‘llanadi. Faqat shu tarzda bir vaqtning o‘zida ko‘rib chiqishgina demografik voqea-hodisalarning real xarakteri haqida real (haqqoniy) tasavvur berishi mumkin. Uchyoqlama tasnif asosida ASR-usul (age – yosh, cohort – kogorta, yoki uning vujudga kelish davri, period – kuzatuv amalga oshiriladigan davr so‘zlaridan) kabi zamonaviy demografik tahlil usuli muvaffaqiyat bilan qo‘llanib kelmoqda. ASR-usul demografik tahlilda ham, demografiya ilovalari, avvalo, iste’molchilar xohish-istaklarini o‘rganish hamda tovar va xizmatlarga talabni prognoz qilishda keng qo‘llanilmoqda. Aktuariy – aktuar ish, ya’ni hayotni sug‘urta qilish bilan bog‘liq matematik hisob-kitoblar bo‘yicha mutaxassis. Aktuariylar faoliyati demografiyaning fan sifatida shakllanishiga, ayniqsa, o‘limlar sonini matematik-statistik o‘rganishda katta hissa qo‘shgan. Uchyoqlama tasnifni yaqqol ifodalashga imkon beradigan vosita demografik setka yoki Leksis setkasi deb atalib, u ilk bor 1875 yilda demografiyada yosh va vaqtni grafik yordamida aks ettirishning o‘z usulini taklif etgan nemis statistik va aktuariysi Vilgelm Leksis (W. Lexis, 1837-1914 yillar) nomi bilan bog‘liq. Hozirgi paytda Leksis setkasi franstuz demografi R.Pressa tomonidan taklif etilgan yaqqolroq va tabiiyroq ko‘rinishda foydalanilmoqda. Leksis setkasi vaqt o‘tishi bilan u yoki bu demografik jarayon ta’siri ostida kogort boshlang‘ich sonining kamayishini aks ettirishga imkon beradigan to‘g‘ri to‘rtburchakli koordinata setkasini ifodalaydi. Gorizontal o‘q bo‘ylab kalendar vaqt qiymatlari, vertikal o‘q bo‘ylab esa kogorta vaqti, ya’ni ushbu demografik holatda bo‘lib turish vaqti (yoshi, nikoh davom etish muddati va h.k.) joylashadi.[1] Koordinata o‘qlariga perpendikulyarlar quyidagilarga mos keladi: - ushbu demografik holatda bo‘lib turish vaqti davomiyligi (yosh gorizontal chiziqlari) - kalendar sanalari (vertikal izoxrona). Individual taqdir diagonal hayot chiziqlari yordamida aks ettiriladi: - 3,5 yilga teng bo‘lgan ushbu demografik holatda bo‘lib turish davomiyligiga mos keladigan yosh chizig‘i, - 1997 yil 30 iyunga mos keladigan izoxrona, - ushbu demografik holatga 1995 yil 1 yanvarda qadam qo‘ygan (tug‘ilgan, turmush qurgan va h.k.) va bu holatdan taxminan 1999 yil o‘rtalarida, 4,5 yil muddatdan so‘ng chiqib ketgan (shu yoshda vafot etgan, ajrashgan va h.k.) odamning hayot chizig‘i. Demografik hodisa Leksis setkasida uch o‘lchamda aks ettiriladi: ushbu demografik holatga kirib kelish sanasi bo‘yicha, kuzatuv vaqti yoki undan chiqish sanasi bo‘yicha, kuzatuv vaqtiga kelib yoki chiqish vaqtida bo‘lib turish davomiyligi bo‘yicha. Haqiqatda Leksis setkasida alohida hayot chiziqlari va alohida nuqtalar emas, balki ushbu demografik holatga u yoki bu davr mobaynida qadam qo‘ygan barcha kishilar va u yoki bu yosh yoki kalendar vaqti oralig‘ida ro‘y bergan barcha voqea-hodisalar bilan bog‘liq yig‘indilar aks ettiriladi. Masalan, 1996 yil 1 yanvar va 1997 yil 1 yanvarga mos keladigan nuqtalardan kelib chiqadigan hayot chiziqlari o‘rtasidagi diagonal polosa 1996 yil davomida ma’lum bir demografik holatga qadam qo‘ygan shaxslarning turmush chiziqlari yig‘indisini aks ettiradi. Hayot chiziqlari, izoxrona va yosh chiziqlaridan tashqari, Leksis setkasida demografik voqea-hodisalar va aholi turli guruhlari aks ettiriladi. Demografik tahlilda vaqt bo‘yicha yo‘nalganlikka qarab, demografik voqea-hodisalar uch guruhi va aholining ikki guruhini ajratib ko‘rsatish qabul qilingan: • I – birinchi turdagi aholi guruhi. U yoki bu demografik hodisaning ro‘y berish vaqti umumiyligi va ushbu demografik holatda bo‘lib turish davomiyligining bir xilligi bilan bog‘langan shaxslardan iborat (ularning hayot chiziqlari ushbu yosh yosh chizig‘ini kesib o‘tadi). Masalan, bu belgilangan vaqt oralig‘ida tavallud topgan va ushbu x yoshni boshidan kechirgan shaxslar (tengdoshlar), u yoki bu vaqt oralig‘ida turmush qurgan va birgalikda nikohda x yil yashagan shaxslar bo‘lishi mumkin. Ushbu holatda bu 1993 yil tug‘ilgan (yoki turmush qurgan) va 6 yoshga etgan (nikoh davri 6 yil davom etgan) shaxslar hisoblanadi. Bu guruhlar sonini statistik kuzatuvdan olib bo‘lmaydi, balki elementar demografik guruhlardan hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanadi; • II – ikkinchi turdagi aholi guruhi. Ushbu demografik holatda ma’lum bir kalendar vaqti yashagan shaxslardan iborat (ularning hayot chiziqlari u yoki bu izoxronani tashkil qiladi). Mazkur holatda bu yoki 1995 yil 1 avgustda yashayotgan shaxslar (zamondoshlar) yoki shu sanada mavjud bo‘lgan nikohlar hisoblanadi. Ko‘rish qiyin emaski, bu guruh ushbu demografik holatga tuli vaqtda kirib kelgan (tug‘ilgan, turmush qurgan, birinchi farzandi tug‘ilgan va h.k.) va turli kogortalarga mansub shaxslardan iborat. Ushbu guruh soni aholini ro‘yxatga olish davomida yoki demografik balans tenglamasidan hisob-kitob yo‘li bilan olinadi. Shu sababdan izoxrona ba’zida ro‘yxatga olish chizig‘i deb ham ataladi; • 1 – birinchi turdagi demografik voqea-hodisalar guruhi. Uni ushbu demografik holatga belgilangan davr mobaynida qadam qo‘ygan (tug‘ilgan, turmush qurgan va h.k.) va belgilangan vaqt oralig‘ida undan chiqqan (vafot etgan, ajrashgan va h.k.) shaxslar bilan bog‘liq voqea-hodisalar tashkil qiladi. Mazkur holatda bu, masalan, 1996 yil tug‘ilgan va 2 yoshida vafot etgan shaxslarning o‘lim holatlari hisoblanadi. Ko‘rish qiyin emaski, ularning bir qismi 1998 yil, boshqa qismi esa – 1999 yil vafot etgan; • 2 – ikkinchi turdagi demografik voqea-hodisalar guruhi. Uni ushbu demografik holatga ma’lum bir kalendar davrida kirib kelgan (tug‘ilgan, turmush qurgan va h.k.) va undan belgilangan vaqt oralig‘i davomida chiqib ketgan (vafot etgan, ajrashgan va h.k.) shaxslar bilan bog‘liq voqea-hodisalar tashkil qiladi. Mazkur holatda bu, masalan, 1989 yil tug‘ilgan va 1996 yil vafot etgan shaxslarning o‘lim holatlari hisoblanadi. Ko‘rish qiyin emaski, ularning bir qismi 5 yoshda, boshqa qismi esa – 6 yoshda vafot etgan; • 3 – uchinchi turdagi demografik voqea-hodisalar guruhi. Uni ushbu demografik holatdan ma’lum bir kalendar davri davomida uning (holatning) faoliyati belgilangan oralig‘ida chiqib ketgan shaxslar bilan bog‘liq voqea-hodisalar tashkil qiladi. Mazkur holatda bu, masalan, 1998 yil 4 yoshida vafot etgan bolalarning o‘lim holatlari yoki turmush qurilgandan keyin 5-yilda birinchi farzand tug‘ilish holatlari hisoblanadi. Ko‘rish qiyin emaski, bu voqea-hodisalar ro‘y bergan guruhning bir qismi 1993 yil, boshqa qismi esa – 1994 yil shakllangan, ya’ni bu voqea-hodisalar ikkita yondosh kogorta (avlod) hayotida ro‘y bergan. Soddaroq qilib aytganda, masalan, 1998 yil 4 yoshida vafot etgan bolalarning bir qismi 1993 yil, boshqa qismi esa – 1994 yil tug‘ilgan. Leksis setkasida vertikal polosani tashkil qiladigan uchinchi turdagi bir qator voqea-hodisalar guruhlarini gipotetik kogortda (avlodda) ro‘y bergan voqea-hodisalar tavsiflaydi. Download 38.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling