Liboslar dizayni


Download 109.57 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.12.2017
Hajmi109.57 Kb.
#22659

 

 



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

“LIBOSLAR DIZAYNI” TO‘GARAGI 

 O‘QUV DASTURI 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

TOSHKENT-2016 



 

 



Muallif:  

M.Asomova  -“Barkamol  avlod”    respublika  bolalar  badiiy 

ijodiyot markazi

 

to‘garak rahbari 



 

Taqrizchilar:  

N.Shomansurova - “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy 

ijodiyot markazi

 

direktor o‘rinbosari 



 

K.Ismoilova  -  “Barkamol  avlod”  respublika  bolalar  badiiy 

ijodiyot markazi

 

to‘garak rahbari 



 

E.Sosedova - Respublika rassomchilik kolleji o‘qituvchisi 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Ushbu o‘quv dasturi Respublika Ta’lim markazi huzuridagi Ma’naviy-ma’rifiy 

yo‘nalishdagi  Ilmiy  metodik  kengashining  2016  yil  15  iyuldagi  6-sonli  navbatdan 

tashqari  yig‘ilish  qarori  bilan  foydalanishga  tavsiya  etilgan  hamda  Xalq  ta’limi 

vazirining 2016 yil 1 avgustdagi 194-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. 

 

 


 

“LIBOSLAR DIZAYNI” TO‘GARAGI O‘QUV DASTURI 



 

KIRISH 

 

“Liboslar  dizayni”  to‘garagida  o‘quvchilar  tasviriy  san’at  sirlarini,  liboslarni 



modellashtirishni, ularga dekorativ bezaklar berishni, liboslar tikishni o‘rganadi.  

“Liboslar  dizayni”  to‘garagiga  8  yoshdan  16  yoshgacha  bo‘lgan  o‘quvchilar 

qabul qilinadi. 

“Liboslar dizayni” to‘garak o‘quv dasturi ikki o‘quv yiliga mo‘ljallangan. 

Mazkur  o‘quv  dasturi  Xalq  ta’limi  vazirligining  2015  yil  31  martdagi  

7-mh-sonli  buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan  maktabdan  tashqari  ta’limga  qo‘yiladigan 

davlat talablari asosida ishlab chiqilgan. 

Ushbu  o‘quv  dasturida  berilgan  mavzular  va  mavzuga  oid  soatlar  miqdori  

(216 soatdan chiqmagan holda) hududning va to‘garaklarga jalb qilingan bolalarning 

yosh  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  to‘garak  rahbari  tomonidan  25  foizgacha 

o‘zgartirilishi mumkin. 

 

“LIBOSLAR DIZAYNI” TO‘GARAGINING BIRINCHI O‘QUV YILIGA 



MO‘LJALLANGAN O‘QUV DASTURI 

 

T/r 



Mashg‘ulot mavzulari 

Nazariy 

soat 

Amaliy 

soat 

Jami 

soat  

1. 


Kirish 

  



2. 


Ranglar va ularning uyg‘unligi  



3. 


Liboslar  dizaynini  yaratishda  bo‘yoq, 

yorug‘lik, 

gul, 

naqsh 


va 

bezaklar 

uyg‘unligi 

11 



12 

4. 


Kompozitsion  eskizlar  chizish,  detallarni 

ajratish  

11 


12 

5. 


Qomat 

tuzilishi 

asosida 

uning 


o‘lchovlarini chizish 



6. 


Qomat 

tuzilishiga 

qarab 

oddiy 


va 

murakkab liboslar dizaynini yaratish 

14 


15 

7. 


XIV-XX  asrlarga  xos  bo‘lgan  qadimiy  va 

zamonaviy liboslar dizaynini chizish  





8. 

Turli matolarga gullar ko‘chirish va ishlov 

berish bosqichlari 

11 



12 

9. 


Qomatni bo‘laklarga ajratish va tasvirlash: 

(qo‘l, oyoq, yuz, ko‘z, lab). 





10.  Liboslarga 

rang 


berish, 

ranglarni 

jilolantirish va soyalar berish 

17 



18 

11.  Oraliq nazorat ishi 

 



12.  Liboslarga bezak berish 





13.  Libos elementlari bilan ishlash 



14.  Mavsumiy liboslar dizaynini ishlash 





 

15.  Yoz  va  bahor  mavsumlarida  kiyiladigan 



liboslar dizaynini yaratish  



16.  Kuz  va  qish  mavsumlarida  kiyiladigan 

liboslar dizaynini yaratish 



17.  Libosni konstruktiv tuzilishini chizish  





18.  Batik-matoda libos dizaynini yaratish 



19.  Liboslarga rang berish  





20.  Kompozitsiya va uning elementlari  



21.  “Kechki liboslar” dizaynini yaratish 

10 


12 

22.  To‘y liboslari dizaynini yaratish 

 

12 


12 

23.  Yog‘li bo‘yoqlarda tugma gullar bosish 





24.  Libosni modellashtirish 

 

12 



12 

25.  Applikatsiya 





26.  Yakuniy nazorat ishi 

 





Jami: 

22 

194 

216 

 

1. Kirish. 

Libos  va  uning  yaratilishi.  Liboslar  yaratish  texnologiyasi.  Liboslar    yaratish 

bosqichlari.  Liboslar  yaratishga  oid  materiallar  suratlar  va  eskizlardan  foydalanish 

usullari. Ish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish. 

 

2. Ranglar va ularning uyg‘unligi. 

Libos  yaratishda  rang  tanlashning  ahamiyati.  Rangni  to‘g‘ri  tanlab  ishlatish. 

Ranglarni ajrata bilish.  



Amaliy mashg‘ulot: YAratilgan liboslar eskiziga mos ranglarni tanlash. 

 

3.  Liboslar  dizaynini  yaratishda  bo‘yoq,  yorug‘lik,  gul,  naqsh  va  bezaklar 



uyg‘unligi. 

Oddiy  liboslar  eskizini  chizish.  Liboslarga  turli  ranglar  yordamida  gul 

nusxalarini tushirish. Liboslarga turli bezaklar berish. 

Amaliy mashg‘ulot: Liboslarga turli ranglar yordamida bezaklar berish. 

 

4. Kompozitsion eskizlar chizish, detallarni ajratish. 

Oddiy va murakkab liboslar eskizlarini chizish tartibi. Liboslarni yaratish ketma-

ketligi. 



Amaliy  mashg‘ulot:  Kompozitsion  eskizlar  chizish.  Oddiy  va  murakkab 

eskizlarini chizish. 

 

5. Qomat tuzilishi asosida uning o‘lchovlarini chizish. 

Qomatning tuzilishi, Uning tarkibiy qismlari: qo‘l, bo‘yin, yuz o‘lchamlari. 



Amaliy mashg‘ulot: Qomatning tarkibiy qismlari o‘lchovlarini chizish. 

 

6. Qomat tuzilishi asosida oddiy va murakkab liboslar dizaynini yaratish. 



 

Qomat  tuzilishi.  Qomat  tuzilishi  asosida  liboslar  eskizlarini  chizish,  ishlov 



berish.  Qalamtasvirdan  foydalanish  qoidalari.  Qomatni  bo‘laklarga  bo‘lish  va 

o‘lchovlar olish. Murakkab va oddiy liboslar yaratish qoidalari. 



Amaliy  mashg‘ulot:  Qomat  tuzilishiga  qarab  oddiy  va  murakkab  liboslar 

dizaynini yaratish. Qomatni bo‘laklarga bo‘lish va o‘lchovlar olish. 

 

7.  XIV-XX  asrlarga  xos  bo‘lgan  qadimiy  va  zamonaviy  liboslar  dizaynini 

chizish. 

XIV-XX asrlarga xos bo‘lgan qadimiy va zamonaviy liboslar suratlarini chizish. 

Ularni  zamonaviy  liboslar  bilan  uyg‘unlashtirish  hamda  liboslar  dizaynini  yaratish 

qoidalari. 



Amaliy  mashg‘ulot:  XIV-XX  asrlarga  xos  bo‘lgan  qadimiy  va  zamonaviy 

liboslar  dizaynini  chizish.  XIV-XX  asrlarga  xos  bo‘lgan  qadimiy  va  zamonaviy 

liboslar  suratlarini  chizish.  Ularni  zamonaviy  liboslar  bilan  uyg‘unlashtirish  hamda 

liboslar dizaynini yaratish. 

 

8. Turli matolarga gullar ko‘chirish va ishlov berish bosqichlari  

Turli  matolarga  gullar  bosish  tartibi.  Liboslar  eskizini  chizish  qoidalari. 

Eskizlarga  bo‘yoqlar  yordamida  rang  berish  usuli.  Turli  matolarga  ishlov  berish 

hamda gullar yordamida matolarni bezash tartibi. 



Amaliy  mashg‘ulot:  Turli  matolarga  gullar  bosish.  Liboslar  eskizini  chizish. 

Eskizlarga  bo‘yoqlar  yordamida  rang  berish.  Turli  matolarga  ishlov  berish  hamda 

gullar yordamida matolarni bezash. 

 

9. Qomatni bo‘laklarga ajratish va tasvirlash: qo‘l, oyoq, yuz, ko‘z, lab.  

Qomatning  tuzilishi  va  uni  bo‘laklarga  bo‘lish.  Qomat  eskiziga  ishlov  berish 

qoidalari.  Qalam  yordamida  qomatlarning  bo‘laklarini  chizish  usuli.  Qomatning 

konstruktiv tuzilishi va eskizlar ishlashda qismlarga bo‘lib ishlash qoidalari. 

Amaliy  mashg‘ulot:  Qomatning  tuzilishi  va  uni  bo‘laklarga  bo‘lib  chizish. 

Qomat  eskiziga  ishlov  berish.  Qalam  yordamida  chizish  hamda  qomatlarning 

bo‘laklariga  mos  holatda  turli  liboslar  yaratish.  Qomatning  konstruktiv  tuzilishi  va 

eskizlar ishlashda qismlarga bo‘lib ishlash. 

 

10. Liboslarga rang berish, ranglarni jilolantirish va soyalar berish. 

Rang  turlari.  Rang  turlari  va  ularni  qorishmasidan  hosil  bo‘lgan  ranglar. 

Liboslarga rang berish usullari. Liboslar eskizini yaratishda ranglar tanlash ahamiyati. 

Ranglar (kompozitsiya)si. Liboslarda soyalar ajratish qoidalari. 



Amaliy mashg‘ulot: Liboslarga rang berish. Liboslar eskizini yaratishda ranglar 

tanlash. Ranglarni jilolantirish. Liboslarda soyalar ajratish. 

 

11. Oraliq nazorat ishi. 

Amaliy mashg‘ulotO‘quv yilining birinchi yarim yilligi davomida o‘tkazilgan 

mavzular bo‘yicha oraliq nazorat ishi. 



 

 

 

12. Liboslarga bezak berish.  

Liboslarni bezash tushunchasi. Liboslarni bezashda mato turiga qarash. Bezaklar 

turlari sun’iy va tabiiy bezaklar turlari. 



Amaliy mashg‘ulot: Liboslarni bezash. Mato turiga qarab liboslarni bezash. 

 

13.  Libos  elementlari  (to‘g‘nog‘ichlar,  toshlar,  bezaklar,  burmalar)  bilan 



ishlash. 

Libos  elementlari  tushunchasi.  Libosga  to‘g‘nog‘ichlar,  toshlar,  bezaklar, 

burmalar bilan turli bezaklar berish. Ularning dizaynini yaratish. 

Amaliy  mashg‘ulot:  Libosga  to‘g‘nog‘ichlar,  toshlar,  bezaklar,  burmalar  bilan 

turli bezaklar berish. Ularning dizaynini yaratish. 

 

14. Mavsumiy liboslar dizaynini ishlash. 

Mavsumiy liboslar tushunchasi. Turli mavsumlarda kiyiladigan liboslar yaratish 

tartibi.  

Amaliy  mashg‘ulot:  Turli  mavsumlarda  kiyiladigan  liboslardan  namuna 

yaratish.  

 

15. Yoz va bahor mavsumlarida kiyiladigan liboslar dizaynini yaratish. 

YOz va bahor mavsumlarida foydalaniladigan liboslar dizaynini yaratish tartibi  



Amaliy mashg‘ulot: YOz va bahor mavsumlarida kiyiladigan liboslar dizaynini 

yaratish. 

 

16. Kuz va qish mavsumlarida kiyiladigan liboslar dizaynini yaratish. 

Kuz va qish mavsumlarida kiyiladigan liboslar dizaynini yaratish tartibi. 



Amaliy  mashg‘ulot:  Kuz  va  qish  mavsumlarida  kiyiladigan  liboslar  dizaynini 

yaratish. 

 

17. Libosni konstruktiv tuzilishini chizish. 

Liboslarni qismlarga bo‘lib dizaynini yaratish old qism, orqa qism, elka qismlar, 

etak qismlari yaratish qoidalari. 

Amaliy  mashg‘ulot:  Liboslarni  qismlarga  bo‘lib  dizaynini  yaratish  old  qism, 

orqa qism, elka qismlar, etak qismlari yaratish. 

 

18. Batik-matoda libos dizaynini yaratish. 

Batik mato. Batik-matoda libos dizaynini yaratish tartibi. 



Amaliy mashg‘ulot: Batik-matoda libos dizaynini yaratish. 

 

19. Liboslarga rang berish. 

Libos eskizi chizilganda qalam yordamida skladkalar berish va rang berilgandan 

keyin to‘q-och ranglar soyalar yordamida skladka yoki boshqa detallar ajratilishi rang 

turlari va ularni qorishmasidan hosil bo‘lgan ranglar haqida, libos uchun asosiy ishlov 

rang berish ekanligi, libos chizmasini yaratayotganda ranglar tanlovi (kompozitsiya)si 

ko‘p narsani belgilashi libosda soyalar ajratish tushuntiriladi. 

Amaliy mashg‘ulot: Liboslarga rang berish. 


 

 



20. Kompozitsiya va uning elementlari. 

Kompozitsiya. Uning elementlari. 



Amaliy mashg‘ulot: Kompozitsiya elementlari to‘g‘risida  chizmalar to‘plamini 

tayyorlash. 

 

21. “Kechki liboslar” dizaynini yaratish. 

Kechki  liboslar  tushunchasi.  Turli  kechki  oqshom  liboslari  yaratish  asoslari. 

Kechki  oqshom  libosi  yaratish  uchun  liboslar  eskizini  chizish  usullari.  Bezaklar 

berish usullari. Applikatsiya tushunchasi. 



Amaliy mashg‘ulot: “Kechki liboslar” dizaynini yaratish. 

 

22. To‘y liboslari dizaynini yaratish. 

To‘y  liboslari  dizaynini  chizish,  undan  eskizlar  olish  hamda  tayyorlash 

texnologiyalari. 



Amaliy  mashg‘ulot:  To‘y  liboslari  dizaynini  turli  xil  shakllarda  yaratish. 

Qadimiy va zamonaviy uslublar uyg‘unligida libos dizaynini yaratish. 

 

23. Yog‘li bo‘yoqlarda tugma gullar bosish. 

Tugma gullar tushunchasi. Uning libos dizaynini yaratishdagi ahamiyati. 



Amaliy mashg‘ulot: YOg‘li bo‘yoqlar bilan ishlash. Turlarga yog‘li bo‘yoqlarda 

libos eskiziga tugma gullar bosish. 

 

24. Libosni modellashtirish. 

Turli xil liboslarni modellashtirish va ulardan namunalar tayyorlash. 



Amaliy  mashg‘ulot:  Libos  model  eskizini  yaratish,  liboslarni  modellashtirish. 

Libosni turli usullarda modellashtirish.  

 

25. Applikatsiya.  

Aplikatsiya.  Turli  rangli  qog‘oz  qirqimlaridan  har  xil  eskizlarini  yasash  hamda 

eskizlar asosida liboslar dizaynini yaratish asoslari.   

Amaliy mashg‘ulot: Turli rangli qog‘oz qirqimlaridan har xil eskizlarini yasash 

hamda  eskizlar  asosida  liboslar  dizaynini  yaratish.  SHifon,  baxmal  matolarini 

marjonlar bilan bezash. 

 

26. Yakuniy nazorat ishi. 



Amaliy  mashg‘ulot:  O‘quv  yili  davomida  o‘tkazilgan  mavzular  bo‘yicha 

yakuniy nazorat ishi. 

 


 

“LIBOSLAR DIZAYNI” TO‘GARAGINING IKKINCHI O‘QUV YILIGA 



MO‘LJALLANGAN O‘QUV DASTURI 

 

T/r 



Mashg‘ulot mavzulari 

Nazariy 

soat 

Amaliy 

soat 

Jami 

soat  

1. 


Kirish 

 



2. 


Tananing  turli  xil  harakat  qoidalari,  tana 

harakatlarini o‘rganish 





3. 

Libos  yaratish  yo‘llari,  qonun  qoidalari. 

(Libos slaydi, liniyasi, bezagi) 

 



4. 


Ranglar doirasini liboslarda aks ettirish 



5. 


Ranglar  doirasini  liboslarda  gullar  va 

naqshlar orqali aks ettirish. 





6. 

Libos usullari 





7. 

Klassika 

va 

romantika 



usullarida 

kompozitsion eskizlar chizish 

 

12 


12 

8. 


Evropa 

dizaynerlarining 

klassika 

va 


romantik  usulidagi  yaratgan  liboslarini 

o‘rganish va namunalar olib chizish 





9. 

Gul  va  naqshlardan  foydalanib  romantik 

liboslar eskizini yaratish 



10.  Grafik yo‘nalishda klassik liboslar chizish 

11 


12 

11.  Avangard va sport usullari 

11 


12 

12.  Yil  fasllari  mavzusida  avangard  liboslar 

kompazitsiyasini yaratish 

 



13.  Oraliq nazorat ishi 

 



14.  O‘zbek  dizaynerlarining  avangard  va  sport 

usulidagi  liboslarni  o‘rganib  kompozitsion 

eskiz namunalarini yaratish 





15.  Avangard usulida sport kompozitsion libos 

eskizlarini yaratish 





16.  XXI  asr  dizaynerlarining  eskizlaridan 

namunalar ko‘chirish 





17.  Mustaqil ravishda internet ma’lumotlaridan 

foydalanib  liboslar  eskizidan  namunalar 

chizish 

 

 



 

 



18.  Folklor uslubi 

 





19.  Folklor  uslubida  kompozitsion  liboslar 

yaratish 

 





20.  Milliy  matolardan  foydalanib  zamonaviy 

liboslar yaratish 





21.  O‘zbek  milliy  Folklor  uslubini  klassika, 

sport,  romantika,  avangard  usullari  bilan 

aralashtirib liboslar eskizini yaratish. 

 





 

22.  Teatr va Evropa tarixiy kostyumlari. 





23.  Ertaklardan  foydalanib  teatr  liboslar 

eskizini yaratish. 





24.  Fransiya,  Angiliya,  Misr,  Italiya  tarixiy 

liboslarini 

o‘rganish 

va 


namunalar 

ko‘chirish 





25.  Liboslar to‘plamini yaratish 

 



26.  Batik  kraskasi  orqali  matoga  faktura  va 

rasmlar chizib, bo‘yash 



27.  Yakuniy nazorat ishi 

 





Jami: 

17 

199 

216 

 

1. Kirish. 

Libos  va  uning  yaratilishi.  Liboslar  yaratish  texnologiyasi.  Liboslar    yaratish 

bosqichlari.  Liboslar  yaratishga  oid  materiallar  suratlar  va  eskizlardan  foydalanish 

usullari. Ish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish. 



 

2. Tananing turli xil harakat qoidalari, tana harakatlarini o‘rganish. 

Tananing  turli  xil  holatdagi  harakat  qoidalarini  o‘rganish.  Masalan:  elka  va 

bo‘ksa  harakati,  elka  harakatlanganda  bo‘ksaga  parallel  holatda  bo‘lishi,  qo‘l  va 

oyoq, bosh harakatlarini qoidalar bilan tushuntirib berish. 



Amaliy mashg‘ulot: Tananing turli xil holatdagi harakat qoidalarini o‘rganish. 

 

3. Libos yaratish yo‘llari, qonun qoidalari. (Libos slaydi, liniyasi, bezagi) 

Tanaga libos kiydirayotganda birinchi libos slaydi chizilishi, slayd turlari to‘rtga 

bo‘linadi.  YA’ni  dumaloq,  to‘rtburchak,  trapetsiya,  uchburchak.  Keyingi  pog‘ona 

libos chiziqlari,  ya’ni  fasoni libosning qaeridan  vitochka o‘tishi  eng,  yoqa, cho‘ntak 

va hokazo chiziqlarini chizish va yakunlovchi bezak berilishini tushuntirib berish. 



Amaliy mashg‘ulot: Libos fasonini chizish va yakunlovchi bezak berish. 

 

4. Ranglar doirasini liboslarda aks ettirish. 

Ranglar doirasida to‘rta asosiy rang bor va ular orasidagi ranglarning bir-biriga 

o‘tishini turli xil chiziq va shakllar orqali liboslarda aks ettirishni tushintirish. 



Amaliy  mashg‘ulot:  Ranglar  doirasidagi  ranglarni  chiziq  va  shakllar  orqali 

liboslarda aks ettirish. 

 

5. Ranglar doirasini liboslarda gullar va naqshlar orqali aks ettirish. 

Turli  gullar  va  naqshlar  tanlab  liboslarga  tushirish  va  rangdan  rangga  o‘tish, 

ketma-ketligini bo‘yani ko‘rsatib berish. 

Amaliy  mashg‘ulot:  Turli  gullar  va  naqshlar  tanlab  liboslarga  tushirish  va 

rangdan rangga o‘tish, ketma-ketligini bo‘yash. 

 

6. Libos usullari. 


10 

 

Libos  asosan  4ta  uslubga  bo‘linadi:  klassika,  sport,  romantika  va  avangard. 



Quydagi  usullar  teatr,  retro,  neoklassika,  folklor,  safro  va  juda  ko‘plab  uslublar 

mavjud. 


Amaliy  mashg‘ulot:  Klassika,  sport,  romantika  va  avangard  libos  usullarini 

yaratish. 



 

7. Klassika va romantika usullarida kompozitsion eskizlar chizish. 

Klassika va romantika uslubi. 



Amaliy  mashg‘ulot:  Klassika  va  romantika  usullarida  kompozitsion  eskizlar 

chizish. 

 

8.  Evropa  dizaynerlarining  klassika  va  romantik  usulidagi  yaratgan 

liboslarini o‘rganish va namunalar olib chizish. 

Evropa  dizaynerlarining  klassika  va  romantik  usulidagi  yaratgan  liboslarini 

o‘rganish va namunalar chizishni o‘rgatish. 

Amaliy mashg‘ulot:Liboslardan namunalar ko‘chirish. 

 

9. Gul va naqshlardan foydalanib romantik liboslar eskizini yaratish. 

Nozik gullar atirgul, xrizantema, guazzika, kala va boshqa gullar orqali romantik 

uslubni liboslarda naqshlar orqali ifodalab berish. Masalan atirgul ranglari yaproqlari 

tuzilishini libosga moslashtirish. 

Amaliy  mashg‘ulot:  Gul  va  naqshlardan  foydalanib  romantik  liboslar  eskizini 

yaratish. 

 

10. Grafik yo‘nalishda klassik liboslar eskizini chizish. 

Grafik yo‘nalish faqatgina oq va qora ranglardan iborat bo‘lib, aniq chiziqlardan 

iborat bo‘ladi. Grafik uslubda klassik liboslar chizish. Klassik uslubda aniq slayd va 

soyalar talab qilinadi. 



Amaliy mashg‘ulot: Grafik yo‘nalishda klassik liboslar eskizini chizish. 

 

11. Avangard va sport usullari. 

Avangard va sport usullari. 

Amaliy mashg‘ulot: Avangard va sport usullarida eskizlar yaratish. 

 

12. Yil fasllari mavzusida avangard liboslar kompozitsiyasini yaratish. 

Bahor,  yoz,  kuz,  qish  mavzulari  obrazlarini  eskizlar  orqali  avangard  usulida 

ko‘rsatib berish. 



Amaliy  mashg‘ulot:  Yil  fasllari  mavzusida  avangard  liboslar  kompozitsiyasini 

yaratish. 

 

13. Oraliq nazorat ishi. 

Amaliy mashg‘ulotO‘quv yilining birinchi yarim yilligi davomida o‘tkazilgan 

mavzular bo‘yicha oraliq nazorat ishi. 



 

11 

 

14. O‘zbek dizaynerlarining avangard va sport usulidagi liboslarni o‘rganib 



kompozitsion eskiz namunalarini yaratish. 

Bellaterra, jannatmakon o‘zbek jurnallari orqali o‘zbek dizaynerlarining ishlarini 

o‘rganib eskizlar yaratishni o‘rgatish. 

Amaliy  mashg‘ulot:  O‘zbek  dizaynerlarining  avangard  va  sport  usulidagi 

liboslarni o‘rganib kompozitsion eskiz namunalarini yaratish. 

 

15. Avangard usulida sport kompozitsion libos eskizlarini yaratish. 

Sport va avangard aralashmasini kompozitsion eskiz yordamida ko‘rsatib berish. 



Amaliy  mashg‘ulot:  Avangard  usulida  sport  kompozitsion  libos  eskizlarini 

yaratish. 

 

16. XXI asr dizaynerlarining eskizlaridan namunalar ko‘chirish. 

Tayyor eskizlardan namunalar ko‘chirishni ko‘rsatib berish. 



Amaliy  mashg‘ulot:  XXI  asr  dizaynerlarining  eskizlaridan  namunalar 

ko‘chirish. 

 

17. Mustaqil ravishda liboslar eskizidan namunalar chizish. 

Amaliy  mashg‘ulot:  Internet  ma’lumotlaridan  foydalanib  liboslar  eskizidan 

namunalar chizish. 

 

18. Folklor uslubi. 

Folklor:  O‘zbeklarning  atlas,  beqasamdan  tikilgan  atlas  ko‘ylak  va  beqasam 

peshband, do‘ppilar, tillaqosh.  

Amaliy  mashg‘ulot:  Folklor  uslubini  o‘zbek  milliy  tarixiy  kiyimlaridan 

namunalar olib ishlash. 

 

19. Folklor uslubida kompozitsion liboslar yaratish. 

Amaliy mashg‘ulot: O‘zbek milliy liboslaridan foydalanib milliy kompozitsion 

eskizlar chizish. 

 

20. Milliy matolardan foydalanib zamonaviy liboslar yaratish. 

Milliy  mato  va  aksasuarlarni  zamonaviy  liboslar,  ulublar  bilan  aralashtirgan 

holda kompozitsion eskizlar chizish. 

Amaliy mashg‘ulot: Milliy matolardan foydalanib zamonaviy liboslar yaratish. 

 

21.  O‘zbek  milliy  folklor  uslubini  klassika,  sport,  romantika,  avangard 



usullari bilan aralashtirib liboslar eskizini yaratish. 

Folklor usulidagi liboslarning qaysidir qismlarini, 4 ta uslublar bilan aralashtirib 

eskiz yaratish. 

Amaliy  mashg‘ulot:  O‘zbek  milliy  folklor  uslubini  klassika,  sport,  romantika, 

avangard usullari bilan aralashtirib liboslar eskizini yaratish. 

 

22. Teatr va Evropa tarixiy kostyumlari. 

Tarixiy liboslar kitobidan foydalanib tarixiy liboslarni o‘rganish. 



12 

 

Amaliy mashg‘ulot: Teatr va Evropa tarixiy kostyumlarini yaratish. 

 

23. Ertaklardan foydalanib teatr liboslar eskizini yaratish. 

Bitta  ertak  tanlab,  uning  bosh  qahramonlari,  ularning  obrazlari  asosida  liboslar 

yaratish bilan tanishtirish. 

Amaliy mashg‘ulot: Ertaklardan foydalanib teatr liboslar eskizini yaratish. 

 

24.  Fransiya,  Angiliya,  Misr,  Italiya  tarixiy  liboslarini  o‘rganish  va 



namunalar ko‘chirish. 

Fransiya, Angiliya, Misr, Italiya tarixiy liboslari haqida ma’lumotlar berish. 



Amaliy mashg‘ulot: Tarixiy liboslar kitobidan foydalanib namunalar ko‘chirish.  

 

25. Liboslar to‘plamini yaratish. 

Liboslar to‘plami.  

Amaliy  mashg‘ulot:  Milliy  va  zamonaviy  matolardan  liboslar  to‘plamini 

yaratish. 

 

26. Batik kraskasi orqali matoga faktura va rasmlar chizib, bo‘yash. 

Batik kraskasidan foydalanib fakturalar yaratishni tushintirish.  



Amaliy  mashg‘ulot:  Batik  kraskasi  orqali  matoga  faktura  va  rasmlar  chizib, 

bo‘yash. 



 

27. Yakuniy nazorat ishi. 

Amaliy  mashg‘ulot:  O‘quv  yili  davomida  o‘tkazilgan  mavzular  bo‘yicha 

yakuniy nazorat ishi. 

 

 

 



 

13 

 

Foydalangan adabiyotlar: 



 

1.  I.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. 

2.  Maktabdan  tashqari  ta’limga  qo‘yiladigan  Davlat  talablari.  O‘zbekiston 

Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2015 yil 31 martdagi 7-mh-sonli buyrug‘i. 

3. “Sharqona milliy liboslar” ensiklopediyasi. – T.: 1997. 

4. “Sanam” jurnali. 

5. “Ledi” jurnali. 

6. “Burda” jurnali. 

 

Elektron manba

1.  Ziyonet.uz 



2.  Google.uz 

Download 109.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling