Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
75 
library.ziyonet.uz/ 
 
Tanaboyni Choro va kolxoz raisi Aldanov kutib olishdi. 
 
– Tanaboy, bir chekkaga chiqaylik, – dedi Aldanov. – Mana yon daftaring. Sen soʻzga 
chiqishing kerak. Biz seni belgilab qoʻydik. Sen partiya a’zosisan, eng yaxshi 
yilqiboqarimizsan. 
 
– Nima haqda gapirishim kerak? 
 
– Sen kommunist sifatida qoloq uchastkaga borishga qaror qilganligingni ayt. Sovliq 
qoʻylar suruviga choʻpon boʻlmoqchiligingni gapir. 
 
– Shugina xolosmi? 
 
– Nega shugina! Oʻz majburiyatlaringni aytasan. Har yuz sovliqdan yuz oʻntadan qoʻzi 
olish va saqlab qolishga, har bosh qoʻydan uch kilogrammdan jun qirqib olishga partiya 
va xalq oldida majburiyat olaman, deysan. 
 
– Qoʻylarni koʻrmagan boʻlsam men qanday gapiraman? 
 
– Tagʻin gapiradi-ya! Otarni olasan. 
 
Choro gapni yumshatdi: 
 
– Oʻzingga ma’qul kelgan sovliqlarni tanlab olasan. Xavotirlanma. Tagʻin ikkita yosh 
komsomol choʻponlarni otaliqqa olaman, deb ham ayt. 
 
– Kimlarni? 
 
Odamlar turtinib-surtinib oʻtishardi. Choro roʻyxatni koʻzdan kechirardi. 
 
– Boʻlatbekov Eshim va Zorliqov Bektoyni. 
 
– Men axir hali ular bilan gaplashmadim-ku, ular bunga nima deyisharkin. 
 
– Tagʻin oʻz bilganingdan qolmaysan-a! – jahli chiqdi raisning. – Gʻalati odamsan. Ular 
bilan gaplashishing shartmi? Baribir emasmi? Ular hech qayoqqa qochib ketishmaydi, biz 
ularni senga biriktirib qoʻyganmiz, masala hal boʻlgan. 
 
– Masala hal boʻlsa, men bilan gaplashib oʻtirishning nima hojati bor? – Tanaboy nari 
ketdi. 
 
– Shoshma, – uni toʻxtatdi Choro. – Hammasini eslab qoldingmi? 
 
– Eslab qoldim, eslab qoldim, – ensasi qotib yoʻlida gap otdi Tanaboy... 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling