Liderlik va boshqaruv Uslublari


Download 26.08 Kb.
bet1/3
Sana06.11.2023
Hajmi26.08 Kb.
#1752392
  1   2   3
Bog'liq
Liderlik va boshqaruv Uslublari


Liderlik va boshqaruv Uslublari


Reja:



  1. Liderlik nazariyalari tavsifi.

  2. Liderlikka xatti-xarakat yondoshuvi.

  3. Samarali liderlikka vaziyatli yondoshuvlar.


LIDERLIK NAZARIYALARI TAVSIFI. Liderlik – maksadlarga erishishda individumlar va odamlar guruxiga ishlash xissini uygotish uchun ta’sir kilish kobiliyatidir. Liderlik nazariyasi liderlikning kaysi xarakteristikalari kuprok samarali va nima uchun shundayligini aytib berishga xarakat kiladi. Bixeviorist olimlar samarali liderlikning asosiy omillarini aniklashda 3 ta yondashuvni kullaydilar: shaxsiy fazilatlar nuktai-nazaridan yondashuv; xatti-xarakat yondashuvi; va vaziyatli yondoshuv.
Shaxsiy fazilatlar nuktai-nazaridan yondoshuv. Liderning shaxsiy nazariyasiga shuningdek, buyuk insonlar nazariyasiga asosan, eng yaxshi raxbarlar xamma uchun umumiy bulgan shaxsiy fazilatlarning tuplamiga ega buladi. Agar ushbu fazilatlarni e’lon kilish imkoniyati bulganda, odamlar ularni uzlarida tarbiya kilishni urganib, samarali raxbarlar bulishni urganishgan bular edilar. Urganilgan xususiyatlarning ba’zilari kuyidagilar: intellekt (zakovat) va bilim darajasi, taassurot koldiradigan tashki kurinish, xalollik, soglom fikr, ijtimoiy va iktisodiy ma’lumot, tashabbuskorlik va uta yukori ishonuvchanlik darajasi.
40-yillarda olimlar shaxsiy fazilatlar va liderlikka nisbati tugrisidagi yigilgan ma’lumotlarni urgana boshladilar. Stogdild liderlik borasida izlanishlar olib bordi va xozirgi bixeviorist-olimlar xam tan oladigan xulosaga kelgandi: odam bir kancha shaxsiy fazilatlar tuplami evaziga raxbar bula olmaydi.
Xatti-xarakat yondoshuvi. Xatti-xarakat yondoshuviga kura, samaradorlik raxbarning shaxsiy fazilatlari bilan emas, balki uziga buysungan xodimlar bilan uzini tutish orkali belgilanadi. Uslubning samaradorligi konkret vaziyatning xarakteri bilan boglik vaziyat uzgarganda, shunga mos uslub xam uzgaradi.
Vaziyatli yondoshuv. Keyingi izlanishlar kursatishicha, raxbarlikning samaradorligida kushimcha omillar katta axamiyat kasb etadi. Bu vaziyatli omillar uziga buysunuvchilarning extiyojlarini va shaxsiy fazilatlarini, topshiriklarning xususiyati, muxitning talablari va ta’sirini, shuningdek raxbardagi axborotni uz ichiga oladi. Shuning uchun, liderlikning zamonaviy nazariyasi vaziyatli yondoshuvga e’tiborni karatdi. Izlanishlarga kura, vaziyatlar turli tashkiliy tuzilmalarini talab kilganidek konkret vaziyatning xarakteriga asosan raxbarlikning turli usullari xam tiklanishi kerak.


LIDERLIKKA XATTI-XARAKAT YONDOSHUVI. Raxbarlik uslubi – boshkaruvda buysunuvchilarga nisbatan maksadlarga erishishda ta’sir utkazish uchun raxbarning xatti-xarakati va uzini tutish odatlaridir. An’anaviy turkumlashda uslub avtokratik va liberal bulishi mumkin yoki ishga karatilgan uslub va odamga karatilgan uslub deb karaladi. Boshkaruv amaliyotida raxbarlik uslubining 3 turi kursatiladi:

  1. Javobgarlikni uzatish orkali raxbarlik

  2. Demokratik uslub

  3. Avtoritar uslub

Uslublarning xar biri uzining xususiyatlariga ega va ularning samarali kullanilishi konkret sharoitlarga boglik. Uslubni tanlashda ularning afzalliklari va kamchiliklarini tugri kursatish zarur.

Download 26.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling