Liderlik va rahbarlik
Download 304 Kb.
|
1-Mavzu Rahbarlik sifatlari,liderlik va boshqaruv reja
A.Maslou fikriga ko’ra inson tabiati ichki ehtiyojlarni uzluksiz qondirishdan iborat bo’lib, bu ehtiyojlar fiziologik ehtiyojlardan boshlanadi va ikkinchi, hattoki, uchinchi darajali ehtiyojlar bilan yakun topishi mumkin. O’zligini to’liq namoyon etishga harakat qilayotgan inson o’zining dastlabki ehtiyojlarini qondirib, yuqori darajadagi ehtiyojlar sari intiladi. A.Maslou xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish uchun ularning insoniy xususiyatlari va o’zliklarini to’laqonli namoyon etish imkoniyatlarini yuqori darajadagi ehtiyojlarning qondirilishini ta’minlashga yo’naltirish zarurligini ta’kidlaydi. O’zlikni namoyon etish – insonning o’z imkoniyatlarini, nimaga qodir ekanligini ko’rsata olish istagidir. Agar o’zligini namoyon etish ehtiyojini insonni harakatga undovchi sabab sifatida qaralsa, u holda mehnat qilishga intilish hissi yanada kuchayib boradi. Bu borada mazkur usulning ahamiyatli tomoni shundaki, harakatga undovchi turli ehtiyojlar qondirilgach, ular barham topsa, o’zlikni namoyon etish ehtiyoji insonni yangidan-yangi yutuqlar, yuqori mavqyelar sari ilhomlantirib boradi. O’zligini to’liq namoyon etgan shaxslarning ko’plari taniqli inson sifatida tarixda iz qoldirganlar. Ulardan Albert Eynshteyn, Ruzvelt, Avraam Linkoln kabi qirqdan ziyod tarixiy shaxslarni A.Maslou o’z tadqiqotida o’zligini to’la namoyon qilgan inson sifatida nomlarini keltirib o’tgan. O’zligini to’liq namoyon etish orqali yuqori darajalarga erishgan insonlar quyidagi sifatlarga ega bo’lgani tadqiqotlarda aniqlangan: - halollik; - beg’arazlik; - ijodkorlik; - sabr-bardoshlilik; - quvnoqlik; - sezgirlik. Bu dunyoda o’z qudrati va imkoniyatini to’liq namoyon eta olgan insonlarning soni juda kam. Shu sababli mashhur insonlarning soni ham sanoqlidir. A.Maslou 3000 dan ortiq talabalarni o’rganib, ulardan faqat bittasi o’zini to’liq namoyon eta olganini aniqladi. Ko’pchilik insonlar o’z ijtimoiy mavqyelaridan kelib chiqib ehtiyojlarini qondiradilar va yaqinlari orasidagi hurmat-ehtiromlari bilan cheklanib, yuqori darajaga intilmaydilar. Natijada ular o’zlarining salohiyatlarini to’liq namoyon eta olmaydilar. A.Maslouning “o’zlikni namoyon eta olish” nazariyasi keyingi davr psixolog olimlari tomonidan rivojlantirildi va bu borada ko’plab tavsiyalar hamda inson imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qiluvchi so’rovnoma–testlar ishlab chiqildi. Masalan, Everett Shostremning 1963 yilda nashr qilingan savolnomasi, L.Gozman, Yu.Alyoshina, M.Zagika va M.Krozning 1987 yilda chop etilgan testlar to’plami shular jumlasidandir. Download 304 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling