Ligandlar va retseptorlar Kirish


Download 1.26 Mb.
Sana10.11.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1761085
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint (2)


O’ZBEKISTON Respublikasi Oliy Ta’lim Fan va Innavatsiya vazirligi Urganch Davlat Universiteti
Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakulteti
201-guruh o’quvchisi Madaminov Rasulbek ning
Bioinformatika fanidan Prezentatsiya
Mavzu : Ligandlar va retseptorlar
Kirish
Minglab kilometrli sayohat dastlabki birgina qadamdan boshlangani kabi hujayra ichidagi murakkab signal oʻtkazuvchi yoʻllar ham birgina muhim hodisa – signal molekulasi yoki ligandning qabul qiluvchi molekula yoki retseptorga bogʻlanishi bilan boshlanadi.
Retseptor va ligandlar turli shakllarda boʻlishi mumkin, ammo ularda birgina umumiylik mavjud: retseptor bir (yoki bir nechta) muayyan ligandlarni tanib hamda ligand bir (yoki bir nechta) nishon retseptorlarga bogʻlanib, juft hosil qiladi. Ligandning retseptorga bogʻlanishi natijasida retseptorning shakli yoki harakat tarzi oʻzgaradi, bu esa oʻz navbatida signalni uzatishga yoki toʻgʻridan toʻgʻri hujayra ichida oʻzgarishlar roʻy berishiga yoʻl ochadi.
Hujayra ichi retseptorlari
Hujayra ichi retseptorlari retseptor oqsillar boʻlib, ular hujayra ichida asosan sitoplazma va yadroda joylashadi. Ligandlar hujayra ichida joylashgan retseptoriga yetib borish uchun plazmatik membranadan oʻtishiga toʻgʻri kelgani sababli koʻp hollarda hujayra ichi retseptorlarining ligandlari kichik, gidrofob (suvni yoqtirmaydigan) molekulalardan iborat boʻladi. Bularga gidrofob steroid gormonlarning retseptorlarini, jumladan, hujayra ichida joylashgan estradiol (estrogen) va testosteron jinsiy gormonlarining retseptorlarini misol tariqasida keltirsak boʻladi.
Hujayra ichi retseptorlari
Gormon hujayra ichiga kirganida oʻz retseptori bilan bogʻlanadi, bu esa retseptor shaklining oʻzgarishiga sabab boʻladi va retseptor-gormon kompleksining yadro ichiga kirishini (agar bu kompleks allaqachon u yerda boʻlmasa) taʼminlaydi hamda gen faolligini boshqaradi. Gormon bogʻlanish DNKga bogʻlanish faolligi boʻlgan retseptorlarning hududlarini ochib beradi, yaʼni retseptor DNKning muayyan ketma-ketligiga bogʻlanishi mumkin boʻladi. Bu kabi muayyan ketma-ketliklar hujayra DNKsining maʼlum bir genlari yaqinida joylashgan boʻladi va retseptorning shu genlar yaqiniga bogʻlanishi genning transkripsiya darajasini oʻzgartiradi.
Gormonning hujayra ichiga kirishi
Hujayra yuzasi retseptorlari
Hujayra yuzasi retseptorlari membranaga birikkan oqsillar boʻlib, hujayraning tashqi yuzasida ligandlar bilan bogʻlanadi. Signal uzatishning bu turida ligand plazmatik membranani kesib oʻtmaydi. Shuning uchun turli xildagi (yirik, gidrofil, yaʼni “suvni yoqtiruvchi”) molekulalar ligand vazifasini bajarishi mumkin.
Tipik hujayra yuzasi retseptorida uchta turli xildagi domenlar yoki oqsil hududlari mavjud. Bular: hujayra “tashqarisida” joylashgan ligand-bogʻlovchi domen, membrana boʻylab joylashgan gidrofob domen va hujayra “ichida” joylashgan signal uzatuvchi domen. Retseptor turiga bogʻliq holda bu oqsil hududlari oʻlchami va tuzilishi farq qiladi, retseptorning gidrofob hududi esa aminokislotalarning membranani kesib oʻtuvchi koʻplab boʻlaklaridan iborat boʻladi. 
O’simlik Hujayrasi
Ligand-boshqaruvli ion kanallari
Ligand-boshqaruvli ion kanallari ligand bogʻlanishiga javob tariqasida ochiluvchi ion kanallari hisoblanadi. (Shuningdek, ligandga bogʻliq ion kanallari yoki ligand aktivlovchi ion kanallari ham deb nomlanadi.) Hujayra yuzasi retseptorining bu turida membranani qamrab oluvchi hudud boʻlib, uning markazidan gidrofil (suvni yoqtiradigan) kanal oʻtgan boʻladi. Bu kanal orqali ionlar fosfolipid qoʻshqavatining gidrofob qismiga tegmasdan membranani kesib oʻtadi.
Ligand kanalning hujayra tashqarisidagi qismiga bogʻlanishi natijasida oqsil tuzilishida shunday oʻzgarish yuzaga keladiki, u orqali maʼlum turdagi ionlar, masalan, , ionlari oʻta oladi. Baʼzan esa buning aksi uchraydi, yaʼni kanal ochiq holatda boʻladi va ligandning unga birikishi esa kanalning yopilishiga sabab boʻladi. Hujayra ichida ion miqdorining oʻzgarishi boshqa molekulalar faolligiga ham taʼsir etadi, masalan, ion-bogʻlanuvchi fermentlar va kuchlanishga sezgir kanallarning taʼsirlanishidan javob yuzaga keladi. Neyronlar, yaʼni nerv hujayralarida neyromediatorlar bilan bogʻlangan ligand-boshqaruvli kanallar mavjud.
Ligand va Ion Kanallari
G oqsilga bogʻlangan retseptor
G oqsilga bogʻlangan retseptorlar (GOBR) – hujayra yuzasi retseptorlarining katta oilasi boʻlib, oʻziga xos umumiy struktura va signal uzatish yoʻliga ega. GOBR oilasi vakillarining barchasi membranani kesib oʻtuvchi yettita oqsil segmentidan iborat va ular G oqsil deb nomlanuvchi oqsil (quyida yanada toʻliq koʻrib chiqamiz) yordamida signalni hujayra ichiga uzatadi.
GOBRlar xilma-xil boʻladi va ular turli xil ligandlar bilan bogʻlanadi. GOBRning ajoyib sinflaridan biri bu hid bilish retseptorlaridir. Insonda oʻrtacha \[800\] ta hid bilish retseptori mavjud va ularning har biri oʻziga mos “hid molekulasi”, masalan, atirdagi muayyan bir kimyoviy modda yoki eskirgan baliqdan ajraladigan maʼlum bir kimyoviy birikma bilan bogʻlanib, miyaga signal joʻnatadi va bu hidni sezishimizni taʼminlaydi.
G-oqsili retseptorlari
Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling