Ligi fаrg‘оnа dаvlат univеrsiтетi


XI-XV asrlarda Germaniyada shaharlar taraqqiyoti


Download 252.5 Kb.
bet3/6
Sana09.01.2023
Hajmi252.5 Kb.
#1085237
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
J.T.GermaniyaSaksoniyaliklar davrida

1.2 XI-XV asrlarda Germaniyada shaharlar taraqqiyoti.

G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida bo‘lgani singari X asr oxirlarida Germaniya hududida ham shaharlarning rivojlanishi kuzatila boshlandi. XII asrda ular soni 50 bo‘lsa, XIII asrga kelib shaharlar soni 500 tagacha o‘sdi. Bu shaharlar orasida asosiy qismi hunarmandchilik va savdo markazlari edi. XII asrdan boshlab Germaniyada tosh imoratlar qurish boshlandi.


Nemis shaharlarida sexchilik nisbatan oldinroq vujudga keldi va taraqqiy etdi. Mayns to‘qimachilik (1099), Vorms baliq savdosi (1106-1107), Vyursburg ediko‘zlari (1128) sexlari eng qadimgi sexlardan edi. Undan tashqari ayollar sexlari ham faoliyat yuritgan.
XI-XIII asrlarda Reyn bo‘yi xavzasida shaharlarda o‘z-o‘zini boshqarish huquqi uchun kurashlar avj oldi. Natijada ayrim shaharlar ma’lum avtonomiyaga ega bo‘ldilar (Kyoln, Vorms, Shpayer, Regensburg kabi) va ular erkin shahar degan nom oldilar. Bevosita qirol sen’ori hisoblangan «imperiya» shaharlar ham avtonomiyadan, ba’zan to‘la mustaqillik huquqidan foydalanganlar3.
Shaharlardagi ichki ishlar saylab qo‘yilgan shahar hokimyati tomonidan hal qilingan bo‘lsada, hokimiyat patrislatlar qo‘lida edi. XIII asrdan sexlar shahar siyosiy boshqaruvida ishtirok etish uchun kurash boshladilar, ayrim shaharlarda (Freyburg, Goslar, Ulm) ular shahar kengashi saylana olganbo‘lsalar, lekin ko‘p hollarda bu kurash muvaffaqiyatsiz tugadi4.
Shaharlarda hunarmandchilik taraqqiyoti, qolaversa ularning muhim Savdo yo‘nalishlarida joylashganligi ular sonining tezlik bilan ko‘payishiga va ayni paytda taraqqiyotiga xizmat qildi.
XIII-XIV asr oralig‘ida Germaniyada shaharlar 3500 ga yaqinlashdi, ularnnig asosiy qismini aholisi kishiga yaqin bo‘lgan va ko‘proq agrar munosabatlar bilan bog‘langan (shaharlar tashkil etardi).
Bu davrda Germaniyada yirik shaharlar (aholisi 3 – 10 ming kishi atrofida) va juda yirik shaharlar (aholisi 20 mingdan ziyod – Kyoln, Strasburg, Lyubek kabi) tarmog‘ini uchta asosiy zonaga ajratish mumkin.
Birinchi zona – Shimoliy German shaharlari (Bremen, Gamburg, Lyubek, Vismlar kabi). Bular Shimoliy va Boltiq dengizi bo‘ylarida joylashgan bo‘lib, London va Novgorod, Bryugge va Bergen orasidagi dengiz savdosida ishtirok etar edilar.
Ikkinchi zona – Janubiy German shaharlari, (Augsburg, Nyurenberg, Bazel, Vena kabi) ular asosan Dunay xavzasi hududlari, shuningdek Italiyada Milan orqali Venesiya va Genuya savdo yarmarkalari bilan savdo munosabatida edilar.
Uchinchi zona – Kyoln va Strasburg oralig‘idagi shaharlar bo‘lib, ular janub va shimol o‘rtasidagi, shu bilan birga Yevropa doirasidagi savdoda ishtirok etar edilar.
Shaharlarda ishlab chiqarilgan maxsulotlar asosan mahalliy bozorlarga chiqarilgan bo‘lsa-da, lekin ayrim maxsulotlarning dovrug‘i mamlakat tashqarisida ham mashhur edi. Janubiy German shaharlarida ishlab chiqarilgan qimmatbaho paxta va zig‘ir tolali matolar, shu jumladan paxmoq gazlamalarga Italiya va Ispaniyada talab katta edi. Nyurenberg temirchilarining ishlab chiqargan maxsulotlari umum Yevropa miqyosida tarqalgan edi. Germaniya o‘z ehtiyojlari uchu nasosan dag‘al movutlar ishlab chiqarsada, mamlakat tashqarisiga Mayin movut chiqarilgan Kyoln movutchilari xatto Flanmandriya movutchilari bilan ham raqobatlasha olar edi. Asta-sekinlik bilan yuqoridagi kabi hunarmandchilikning ma’lum tarmog‘i bilan topilgan shaharlarda bozor munosabatlari asosidagi ishlab chiqarish alomatlari shakllana bordi.
XIV asrning ikkinchi yarmiga kelib Ganzaga o‘xshash Shvab va Reyn shahar ittifoqlari tashkil topib, 1381 yilda ular birlashadilar. Bu koalisiyaga 50 dan shaharlar uyushgan bo‘lib, ular risarlik faoliyatiga ham katta e’tibor berdilar va shu maqsadda muqaddas Yorgen qalqoni jamiyati, Muqaddas Vilgelm jamiyatlarini tuzdilar. Bu risarlik ittifoqlari ta’sir doirasini kengaytirish uchun shaharliklar bilan kurashga kirishdilar. Lekin 1388 yilda bu ittifoq mag‘lub qilindi.
Shaharlar paydo bo‘lishi bilan tovar-savdo munosabatlarining rivojlanishi feodal xo‘jaligi bilan birgalikda dehqon xo‘jaliklariga ham ta’sir qildi. Ayni paytda bu jarayon agrar tuzum xarakterida, feodal majburiyatlarida ham o‘zgarishlar yasadi. Germaniyaning ko‘pgina hududlarida XII-XIII asrlarga kelib qaram dehqonlarning barshina mehnatiga asoslangan eski votgina tizimi yemirila boshlandi. Uning o‘rniga sof sen’oriya (gistiya) shaklidagi mehnat tizimiga o‘tishdi. Uning asosiy xususiyati shunda ediki, unda mustaqil xo‘jalik hukmronligi to‘liq yoki qisman bartaraf etilgan edi5.
Oldingi zodagonlar yerlari ma’lum bir bo‘laklarga bo‘linib ular meyerlarga (dastlab badavlat dehqonlardan chiqqan votgina boshqaruvchilari, keyingi barcha ijarador-dehqonlar shunday atalgan) ijaraga berilgan. Angliya va Fransiyada farq qilib Germaniyaning aksariyat hududlarida bu ajarachilar o‘z yer bo‘laklarining merosiy egalariga emas, aksincha qisqa muddatli ijarachilarga aylanganlar. Bunda ijaraga dehqonlar o‘z sen’orlariga ko‘pincha hosilning ¼ dan to yarmigacha bo‘lgan miqdorda natural obron va unga qo‘shishga pul to‘lovini ham to‘laganlar. Lekin bu «sof sen’oriya» Germaniyaning hamma joyida ham tarqalgan emas. Janubiy-G‘arbiy va O‘rta Germaniyaning ayrim hududlarida eski votgina tizimi saqlanib qolgan edi. Lekin ularda ham asta-sekinlik bilan pul rentasiga o‘tish kuzatiladi. Natijada shaxsan ozod dehqonlar soni ko‘paydi, ular feodalga pul obrogi-chinm to‘lab turganlar. «Sof senyoriya» tarqalgan hududlardan farqli ravishda bu yerdagi dehqonlar o‘z yerlarining merosiy egalari hisoblanib, ba’zan ma’lum darajada egalik huquqini mustahkamlaganlar.
Agrar tizimdagi o‘zgarishlar o‘z navbatida dehqonlarning toifalanishiga ham ta’sir qildi. Bir necha dehqonlar yer bo‘lganlarini (guf) birlashtirgan badavlat dehqonlar yoki kambag‘allashib qolgan toifadoshlari ijora asosida ishlatadigan dehqonlar qatlami paydo bo‘ldi. Germaniya dehqonlar doimo feodal ekspluatasiyasiga qarshi kurashib kelganlar. Lekin XII-XIII asrlardagi dehqonlar chiqishlar ko‘proq lokal xarakterga ega edi. Lekin XIII asrdan boshlab dehqonlar chiqishlari keng qamrovli tus oldi. Bu qo‘zg‘olonlar ko‘proq ozod dehqonlar toifasi saqlanib qolgan Shimoliy Germaniyada kuzatiladi. Masalan 1114 yilda graf Rudolf fon Shtedga qarshi Ditmarshen qo‘zg‘oloni; 1132 va 1153 yildagi frizlarning graf Gllandskiyga qarshi qo‘zg‘olonlarini keltirish mumkin. 1285 yildagi Gil Koiup boshchiligidagi qo‘zg‘olonni (unga berilgan nomga ko‘ra «yog‘och boshmaklilar») ayrim shaharlar qo‘llab – quvvatlaganlar.
XI-XV asrlar Germaniya tarixi uchun xos bo‘lgan jihatlardan yana biri shunda ediki, hududda garchi qirollik (imperatorlik) hokimiyati mavjud bo‘lsada, lekin XI asr oxiri XII asr boshlaridan bu yerda hududiy knyazlikliklar paydo bo‘la boshlaydi va XII-XIII asrlardagi iqtisodiy rivojlanishi natijasida ular xokimiyati yanada mustahkamlanadi. Ko‘p hollarda xududiy knyazlar hokimiyatining mustahkamlanishi nemis feodallarining Sharqqa-Polab slavyanlari va Sharqiy Boltiq bo‘yi xalqlari hududlariga uyushtirilgan hujumlari ham sabab bo‘lgan edi. (Bu yurishlar Drang nach Osten deb atalgan) Italiya va salib yurishlaridagi muvaffaqiyatlikdan so‘ng tarqoq slavyanlar yerlariga hujum qilish ancha oson va foydali edi. Bu yurishlarda asosiy rolni imperatorlar emas, balki xududiy knyazlar va ularga xizmat qilgan mayda risarlar o‘ynaganlar. Shuningdek unda nemis shaharlari ham ishtirok etganlar6.
Bavariya va Saksoniya gersogi Genrix Sher (Velflar sulolasidan) 1170 yilda obodritlar yerlarini egallab, u yerda o‘ziga qarash bo‘lgan Maklenburg gersogligini tashkil qiladi. Shuningdek u slavyanlarning Oder va Visla oralig‘idagi hududlarini ham bosib oladi. Lyutiglar yerlarini bosib olgan Albrext Medved (Ayiq) u yerda Brandenburg markgrafligiga asos soladi, shu hududda Berlin shahri (manbalarda 1237 yildan tilga Olina boshlaydi) paydo bo‘ladi.
Nemis risarlarining sharqqa yurishlariga rahnamolik qilgan Katolik cherkovi tomonidan (papa Innokentiy III) 1202 yilda yangi Qilichbardorlar diniy risarlik ordeniga asos solinib, ular XIII asr o‘rtalarida hozirgi Latviy va Estoniya hududlarining bir qismini bosib oldilar. Falastindan Boltiq bo‘yiga ko‘chirilgan Gevton ordeni hali shunday bosqinchilik ishiga jalb qilindi. Har ikkala orden 1237 yilda yagona Gevton ordeniga birlashib Rus yerlariga yurishi Novgorod knyazi Aleksandr Nevskiy tomonidan to‘xtatildi (1242 yilda Chud qo‘li yaqinida).
Bosib olingan hududlardagi aholi zo‘rlik bilan siqib chiqarildi va turli ko‘rinishdagi yengilliklar bilan hududni o‘zgartirish uchun nemis dehqonlarining jalb qilinishi bu Elbabo‘yi hududlarining iqtisodiy rivojiga Omil bo‘lib xizmat qildi.
Nemislarning Dunay bo‘yi hududlarga yurishlari anchayin tinch xarakterda bo‘lib, bu yerda X asr oxirida Sharqiy yoki Avstriya markasi tashkil topdi (XIII asrdan gersoglikka aylandi)7.



Download 252.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling