Ligi farg’ona davlat universiteti


Download 402.5 Kb.
bet18/22
Sana21.04.2023
Hajmi402.5 Kb.
#1370319
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Mehnat psixologiyasi

Asosiy adabiyotlar:

  1. Карандашев В.Н. Психология введение в профессию 2- э изд-М.: Смысл, 2003.

  2. Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910

  3. A History of Modern Psychology / Duane P. Schultz, Sydney Ellen Schultz. Series: PSY 310 History and Systems of Psychology. Hardcover: 432 pages. Publisher: Cengage Learning; 10 edition (February 22, 2011).Language: English. ISBN-10: 1133316247.ISBN-13: 978-1133316244

  4. Карандашев В.Н. Психология введение в профессию.-М.: Смысл, 2000.

  5. Климов Э.А.Пут в профессию. СПб., 1998.

  6. Платонов К.К. Проблемы способностей.М., 2000.

  7. Платонов К.К.Науcҳная организация психология труда. М., 2001.

9-MAVAU: INSON MASHINA HAMKORLIGI
REJA:
1. Operatorning vazifasi
2. Operator-mashina sistemasida axborotlarni almashtirish
Inson mehnat jarayonida mehnatkash tushunchasi tarkibiga kiradigan harxil xususiyatlarini namoyish qilishi mumkin. U kollektivning oddiy aozosi yoki peshqadami, shogird, mustaqil ishchi yoki ishlab chiqarish ra’bari bo’lishi mumkin. Ozi boshqarayotgan mashina bilan hamkorlik qilib operator bolib qoladi.
Mehnat faoliyatida operator ishining bosh ob’ektlari - u o’zgartiradigan material (xom ashyo, yarim fabrikat, buyum yoki boshqa materiallar), mashina (stanok, agregat yoki texnologik qurilma)ning texnik holati hamda ish rejimidir.
Bunda operatorning vazifasi quyidagilardan iborat bo’ladi:
1. Materialning xususiyatlarini bilish hamda uni ishlash tajribasi asosida to’ьri va aniq ba’olash.
2. Mashina konstruktsiyasini bilish asosida tekshirib ko’rish,
nshlashini kuzatish va tekshirish yo’li bilan uning ishga tayyorligini aniqlash.
3. Mashinani boshqarish malaka va o’quvi yordamida uning ishlashiga mos texnik rejimni o’rnatish. Mazkur rejimlardan chetlashishni o’z vaqtida payqash va barham berish maqsadida mashinaning ishlash protsessini kuzatish.
Vazifalarni bajarishda operator faoliyatining psixologik strukturasi asosan quyidagi ‘arakat va operatsiyalardan iborat: a) materialni qayta ishlashda mumkin bo’lgan ‘arakat usullarini tanlash yo’li bilan, faoliyatning ob’ektiv vazifasini fikran aniqlash yoki ishlov berish texnologiyasida aytilganlarni xotirada qayta tiklash;
b) ‘arakatlar tartibi ‘aqida bir fikrga kelish hamda ular-
ning natijalarini oldindan bilish;
v) mashina ishlashining borishi ‘aqida axborot signallarini
idrok etish, eng jiddiylarini tanlash, ularning ahamiyatini taqqoslash va ba’olash;
g) mashinaning ishlash rejimini sozlashga va mashinaga komanda axborotlarini berish va ayni choqda mashinaga boshqaruvchi ta’sirning natijalarini kuzatish bo’yicha qarorlarni ishlab chiqish.
Tashqi mu’it, operator va mashina o’rtasvdagi axborot almashinish ko’rsatilgan.
Biroq bu hamkorlikning operatorga bo’lgan asab-psixik yukining, uning emotsional so’asiga ta’sirining aqliy qobiliyati bilimi, malaka va ko’nikmasiga qo’yiladigan talablarning, harbir holat uchun o’ziga xos xususiyatlari u tomondan qayta ishlanadigan materiallarning xususiyatiga, rejimlarning murakkabligi, quvvati, ‘arakatchanligi, eskirganligi, chidamliligi va mashinaning boshqariluvchanligiga, shuningdek ishlab chiqarilayotgan materiallar va mashinaning ish rejimidagi o’zgarishning borishi ‘aqida signal beruvchi indikatorlariing yetarli va aniq ishlashiga bog’liq.
Operator tomonidan mashina vositasida ishlov berilayotgan material oddiy va murakkab, xavfsiz va xavfli, oson va qiyin o’zgaruvchan bo’lishi mumkin. Uning xossalari va o’zgartishning ser-mehnatliligiga! ko’ra operatorning ishi oson va qiyin bo’lishi mumkin. Material qanchalik murakkab bo’lsa, operator uning xu-susiyatlarini shunchalik ko’proq bilishi talab qilinadi, uning ‘arakati shunchalik xilma-xil bo’ladi, shunchalik ko’proq malaka va ko’nikma talab qilinadi. Material qanchalik xavfli bo’lsa, operatorda asab-psixik taranglik shunchalik kuchli bo’ladi, material bilan ishlaganda u shunchalik e’tiyotkor va e’tiborli bo’li-shi lozim, undan shunchalik ‘issiy barqarorlik o’z vaqtida va aniq qarorga kelish hamda xatosiz ‘arakat qilishni talab etadi.
Mashinaning xossasi operator faoliyatiga material xossasi-dan ham ko’proq ta’sir etadi, chunki operator ish jarayonida u bi-lan bevosita munosabatda bo’ladi. Mashina qanchalik murakkab, quvvatli va ser’arakat bo’lsa, unkng ishlash rejimlari kam bar-qaror, boshqarilishi qiyin va yomon bo’lsa, operatorning asab-psixik tarangligi va ‘ayajoii shunchalik yuqori, uning o’z-o’zini tuta bilishi, bilimi, malaka va ko’nikmasi shunchalik takomillashgan, ‘issiyoti barqaror va iroda kuchi shunchalik yuqori bo’lishi lozim; undan umumiy va kasbiy qobiliyat shunchalik ko’p talab qilinadi hamda uning xatolari shunchalik xavfli bo’ladi.
Texnologik jarayon qanchalik murakkab va; mashinaning ishlash. sur’ati qanchalik yuqari bo’lsa, materialga ishlov berishning bo-rishi ‘aqida, mashinaning ishlash rejimi va unga bo’lgan boshqaruv ta’siri natijasi ‘aqida operatorni xabardor qiladigan indikatsiya vdsitalari operator faoliyatiga shunchalik ko’p ta’sir qiladi. Operatorga axborot beruvchi induktsiya yetarli bo’lmasa, uning asab-psixkk tarangligi ortadi. Signallar chastotasi ‘addan tashqari yuqori bo’lishi xatolarni ko’paytiradi. Signallarni ko’rishga xalaqit bo’lsa, ularni ko’rish vaqti cho’ziladi, axborog ishlashni va idrokning navbatdagi operatsiyaga o’tishini sekinlashtiradi. Signallar fondan qanchalik keskin farq qilsa, axborotni ko’rish va ishlash vaqti shunchalik qisqa bo’ladi hamda diqqatning boshqa oboektga ko’chishi tezlashadi.
Mashina va materialning xususiyati, shuningdek texnologik ja-rayonning indikatsiya sifati ham operatorning ishlab chiqarish vazifalarini hal qilishiga, material va unga ishlov berish ja-rayonini ba’olashiga, mashina ish rejimining sozligiga, texnologik jarayonni, o’z-o’zini nazorat qilishi va boshqarishiga shu darajada ta’sir qiladi. Mashinanq1 boshqarish bo’yicha operator ‘arakatintsrg (mo’ljallash, ijro etish, tuzatish va yakunlash kabi) psixologik strukturasi (yuqoridagi «Faoliyat» bobiga qarang) ham ko’p ji’atdan ana shu xususiyatlarga bog’liq.
Operator va mashinaning hamkorligida mashinaning xususiyat-lari katta ahamiyatga ega. Bir xil konstruktsiyadagi mashinalar ‘atto bir xil eskirganda ham ishlash rejimining barqarorligi va boshqarilishida o’z xususiyatlariga ega bo’ladi. Operator uning «injiqliklari»ni bilishi kerak. Operator mashinani o’z tanasidek yaxshi ‘is qila bilishi kerak. Mana shuning uchun ham operator o’ziga birkitilgan mashinaga ega bo’lishi, ularni almashtirish zarur bo’lgan taqdirda harbirining xususiyatlarini bilishi muhim. SHuningdek o’z mashinasining joriy remontini o’zi bajarishi yoki o’zi nazorat qilishi, saqlashda shaxsan ishtirok etgani ma’qul. harqanday mashina uzoq o’zlashtirish va ‘atto unga odatlanishni talab qiladi. Aks ‘olda u operator uchun xavfli manba bo’lib qolishi ham mumkin.
U yoki bu kasbdagi operator va mashina hamkorligining kon-kret ta’lilani quyidagi izchillikda amalga oshirish qulaydir:
1) materialga ishlov berishning xususiyati va texnologiyasi;
2) ma-shinaning fazilati va nuqsoni;
3) operatorning material va mashina xususiyatini bilishi;
4) indikatorlar ko’rsatkichlarini vaq-tida idroketish va to’ьri ba’olash;
5) mashinani boshqarish bo’yicha qarorlarning vaqtida va aniq bo’lishi;
6) ijrochilik ‘arakatlarining aniqligi;
7) ‘arakat natijalarini puxta nazorat qi-lpsh va ularga vaqtida tuzatish kiritish;
8) ‘arakat natijalari va me’sulot sifatini ob’ektiv ba’olash.
Bunday analiz nafaqat ishlab chiqarish jarayonlarini tako-mnllashtirish, mashinani ekspluatatsiya qilish qoidalari va xususiyatlari, mehnat unumdorligini oshirish bo’yichagina emas, balki operator tajribasini, uning bilimi, malakasi, ko’nikmasi va uning o’qish davridagi ma’oratini takomillashtirish bo’yicha ham xulosalar chiqarish imkonini beradi.

Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling