Ligi farg’ona davlat universiteti


Operator va mashina hamkorligi asosiy qonuniyatlarining o’zlashtirilishini


Download 402.5 Kb.
bet19/22
Sana21.04.2023
Hajmi402.5 Kb.
#1370319
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Mehnat psixologiyasi

Operator va mashina hamkorligi asosiy qonuniyatlarining o’zlashtirilishini tekshirish:

  1. Operator faoliyatining asosiy ob’ekti nima?

  2. Ishchi qanday vazifalarni bajarganda operator bo’ladi?

  3. Ishlab berilayotgan material xususiyati operatorga qanday ta’sir ko’rsatadi?

  4. Mashinaning xususiyati operatorga qanday ta’sir ko’rsatadi?

  5. Operator va mashinaning hamkorliginn qanday izchillikda ta’lil qilgan ma’qul?

Asosiy adabiyotlar:
1. Карандашев В.Н. Психология введение в профессию 2- э изд-М.: Смысл, 2003.
2. Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910
3. A History of Modern Psychology / Duane P. Schultz, Sydney Ellen Schultz. Series: PSY 310 History and Systems of Psychology. Hardcover: 432 pages. Publisher: Cengage Learning; 10 edition (February 22, 2011).Language: English. ISBN-10: 1133316247.ISBN-13: 978-1133316244
4. Карандашев В.Н. Психология введение в профессию.-М.: Смысл, 2000.
5. Климов Э.А.Пут в профессию. СПб., 1998.
6. Платонов К.К. Проблемы способностей.М., 2000.
7. Платонов К.К.Науcҳная организация психология труда. М., 2001.

10-MAVAU: MEHNAT SIFATI VA UNI TA’MINLASHNING TEXNOLOGIK MASALALARI


REJA:
1. Mehnat sifati
2. Avariya vaziyatning rivojlanish bosqichlari
Mehnat sifati deyilganda uning unumi, xavfsizligi, nuqsonsizligi hamda ishchini qanoatlantirish birligi tushuniladi.
Keyingisi mehnatnyng oldingi omillari hamda uning psixologik sharoiti bilan belgilanadi.
Mehnatning to’la xavfsizligiga xato va brak ma’sulot ishlab chiqarish, ishlab chiqarish jaro’ati, avariya va halokatlarning oldini olish bilan erishiladi. Oldini olish ishlari qanchalik yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lsa, mehnat shunchalik bexatar bo’ladi. Biroq xavf puxta o’rganib chiqilgandagina xavfning oldini olish choralari samara beradi.
Ishlab chiqarishda yoxud transportda avariya, jaro’atlanish yuz bersa, injener va vrachdan iborat komissiya uni tekshiradi va eng umumiy masalalarii hal qiladi:

  1. kim avariya qildi yoki jaro’atlandi;

  2. avariya qanday sharoitda va qanday sabablarga ko’ra yuz berdi;

  3. avarid yoki jaro’atlanishning oldini olish uchuv nima qilinishi lozim edi;

  4. shunga o’xshash ‘odisalar tak-rorlanmasligi uchun nima qilish kerak.

Xavfsizlik xizmati asosida jaro’atlanishning oldini: olish tadbirlari yotadi. SHuning uchun ham mehnat sifati va xavfsizligi uchun kurash avariya vaziyatiga olib keladigan shart-sharoitlarni o’rganish va barham berishdan boshlanadi.
Avariya vaziyati - bu mexnat faoliyati sharoitining murakkablashuvi bo’lib, avariya xavfi ishni ilgari belgilangan plan bo’yicha bajarishga yo’l bermaydi. Avariya vaziyati baxtsiz ‘ddisa-larga imkoniyat yaratadi, ammo uni muqarrar qilib qo’ymaydi. Baxtsiz ‘odisa - insonning vujudga kelgan avariya vaziyatidagi noto’ьri ‘arakatining natijasidirki, buni 35-sxema ham ko’rsatib turipti.
Mehnat jarayonidagi avariyali vaziyatishchi ‘arakatiga bog’liq bo’lmagan tarzda, mexanizmning nosozligi yoki sinishi oqibatida vujudga kelishi mumkin, biroq ishchining xato ‘arakatlari sababli ham sodir bo’lishi mumkin. Uskunalar sinmay ham-da ish joyida odamga zarar yetmay yuz bergan brak avariya sanalmaydi, ammo u shaxsiy omillar bilan bog’liq bo’lsa, psixologik ji’atdan bu ham avariyadir.
SHaxsiy omil - bu biron-bir narsaga, mazkur holatda - avariya yoki brakka sabab bo’luvchi shaxsiy xislat yoki noto’ьri ‘arakatdir.
Brak yoki avariya sdbabini aniqlash u bilan bog’liq bo’lgan shaxs yoki shaxslarni hartomonlama o’rganishni talab qiladi. Bunda voqea zanjiri hamda ishchi ‘arakatining sabab-oqibati. boshdan oxirigacha ko’rib chiqilgan bo’lishi kerak. Konkret avariya sabablarini tushunish mazkur korxonadagi; boshqa avariyalar sa-babini tushunishni osonlashtiribgina qo’ymay, balki ularning ol-dini olishni ham belgklaydi. Bu savollarga javob berishning uch metodi mavjud.
Analitik (yoki klinik) metod konkret avariyani chuqur o’rganishga tayanadi. Statistik - yanada puxtaroq o’rganishni talab qiladigan shunga o’xshash avariyalar takrorlanishini aniqlash imkonini beradi. Tajriba metodi - psixologik strukturasiga ko’ra avariyaga o’xshash vaziyatni tabiiy; yoki laboratoriya sharoiti-da modellashtirish yo’li bilan o’rganish metodidir.
Mehnat faoliyatining konkret turidagi avariyalarning psixo-logik sabablarini umumiy klassifikatsiyalaganda, ular quyidagi uch guru’dan iborat bo’ladi.
Birinchidan, brak va avariya sababi tasodifiy bulib, na mazkur va na boshqa shaxsda takrorlanish tendentsiyasiga ega emas. Bunday ‘ollarda ularga nisbatan ishlab chiqarishning psixologik analizidan kelib chiqadigan ‘ech qanday maxsus tadbir qilinmaydi.
Ikkinchidan, brak va avariyaning sababi mazkur yoki boshqa shaxsda shunga o’xshash ‘odisa takrorlanish xavfi borligini, bu xavfni tegishlicha pedagogik, davolash, konstruktiv yoki tashkiliy tadbirlar yo’li bilan bartaraf etishning aniq imkoniyatlarini ko’rsatadi. Bunday ‘ollarda tadbirlar so’zsiz, aniq bajarilishi lozim.
Uchinchidan, brak va avariyaning sababi bunday ‘odisa mazkur shaxs yoki psixologik xususiyatiga ko’ra unga o’xshash boshqa shaxsda takrorlanish xavfini tasdiqlashi mumkin, ammo bu xavfni bar-taraf kilishning aniq imkoniyati aniqlanmaydi. Bunday shaxslar ishdan chetlashtirilishi kerak.
Sodir bo’lgan avariya, brak yoxudunga olib kelgan shart-sharoitda shaxsiy omilning roli yo’l qo’yilgan xato ‘arakatlarni aniq-lash orqali aniqlanadi. Xato ‘arakat - bu faoliyatning maksadga yo’naltirilgantarzini buzadigan hamda ‘arakatdagi shaxs uchun ko’ngilsiz oqibatlarga olib keladigan elementdir. Boshqacha aytganda, bu insonning beixtiyor ‘arakati bo’lib, uni maqsadga erishishga olib kelmaydi.
O’quvchilar qandaydir matssadda nimadir yasaishkerak edi, uning o’rniga esa boshqa narsani yasadi, buning natijasida maqsadga erishilmadi.
harbir noto’ьri ‘arakatda bitta yoki bir nechta sabab bo’ladi. Mazkur xato ‘arakatning paydo bo’lishini belgilagan sabablardan biri - asosiy, qolganlari ko’makchi bo’lib qoladi. Asosiy sabab - bu shunday sababki, u yo’qotilsa mazkur xato ‘arakat sodir bo’lmaydi. Vaqtiga ko’ra u xato ‘arakatdan oldin yuz beriti, biroq undan ozmi yoki ko’pmi ajralgan bo’lishi mumkin. Bir mehnat jarayonida sodir bo’lgan bir qancha xato ‘arakatlar ham o’z sababiga, ham umumiy sabablarga ega bo’lishi mumkin. Odatda turьun, asta-sekin yo’qoladigan yoki qayta paydo bo’lgan xato ‘arakatlar umumiy sabab bilan o’zaro bog’liq bo’ladi. Xato ‘arakatlarning faqat mazkur ishlab chiqarish jarayoni yoki qiyin operatsiyasining o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq sabablari mavjud. Biroq, o’quvchining shaxsiy xususiyatlariga bog’liq bo’lgan sabablar ham bor. Bunga quyidagilar kiradi: yomon tayyorlangan yoki o’quvchida zarur bilim va malakalarning kamligi; bajariladigan mehnat faoliyati talablariga uning individual -psixologik xislatlarining mos kelmasligi, yaoni kasbiy qobiliyatning bo’shligi; uning ьoyaviy-siyosiy tarbiyalanganlik darajasining pastligi bilan izo’lanadigan intizomsizligi yoki noshudligi; kasallanish, toliqish natijasida mehnat layoqatining vaqtincha pasayishi, mehnat sharoitining salbiy ta’siri.
Xato ‘arakatlarni keltirib chiqaradigan sabablarni ularning asta-sekin murakkablashib boradigan turlari belgilaydi. Ular o’quvchi qobiliyatini va mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli egallashiga yordam berishi ham, faoliyat sifatini pasaytirib, avariyali vaziyatga sabab bo’lishi ham mumkin. SHu bilan birga ular, o’z navbatida, mehnat sifatini taominlaydigan o’qitish metodikasi samaradorligining indikatori ‘isoblanadi.
Aytilganlarga ko’ra davlat ‘unar-texnika ta’limi sistemasi-ning harbir pedagogi xato ‘arakatlarni ta’lil qilishni va ularning oldini olish yo’llarini izlashni QPSS XXV soezdi tomonidan qo’yilgan vazifalar - sifat va samaradorlik uchun kurash vazifalarini amalga oshirishning muhim psixologik yo’li deb tushunishlari lozim.

Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling