Ligi farg’ona davlat universiteti
Download 402.5 Kb.
|
Mehnat psixologiyasi
Savol: 1. O’smirning ‘unar-texnika bilim yurtida o’qishga yaroqliligini kim va qanday belgilar bilan aniqlaydi? 2. Nima uchun bilim yurtiga kirayotgan o’smirlarni ular psixikasining kasbga mosligini aniqlab o’qishga olishning ‘ozirgi sistemasida xatolarga yo’l qo’yilishi mumkin? 3. Bilim yurtiga kiruvchi o’smir psixikasiga u tanlagan kasbning mosligini aniqlash vazifasi nimasi bilan muhim hamda vazifani muvaffaqiyatli hal qilish uchun nimalarni bilish lozim? 4. ‘unar-texnika bilim yurtiga kiruvchi o’smirlar qobiliyatini imkoni boricha ertaroq aniqlash muhimligining ba’olar mezonini sanab bering. 5. O’quvchilarni qanday ‘ollarda boshqa kasbni o’zlashtirishga o’tkazish zarur bo’ladi?
Kasbga yo’naltirishda hal qiluvchi davr - o’smirning o’z istagi yoki zaruratiga ko’ra tanlagan va uning mehnat yo’lini belgilaydigan kasbga kirishishi davridir. Bu davr shuning uchun ham hal qiluvchiki, kishining mehnat yo’li bo’lishi, bu yo’lda u qanchalik uzoq vaqt muvaffaqiyatli bora olishi, ishlab chiqarishni korxona ishchilari o’rtasidagi muomalani endi o’quvchi emas, balki boshqa rolni - malakali ishchi rolini qanchalik oson yoki qiyin, tez yoki sekin o’zlashtirishiga bog’liqdir. Kasbga ko’nikish - bu yosh insonning asta-sekin kasbiy mehnat sharoitiga kirishi, vazifasiga ko’ra emas, balki uning psixik xususiyatiga ko’ra o’quvchilikdan malakali ishchi kadrga aylanshiidir. Organizmning ishlab chiqarish mu’iti va mehnat rejimiga moslashish tarzidagi biologik ko’nikish elementlarini ham o’z ichiga olgai ‘olda kasbga ko’nikish bir butunlikda sotsial ko’nikishning asosiy turi ‘isoblanadi. Kasbga ko’nikish davri odatda uchta xarakterli bosqich bo’yicha boradiki, ularning harbiri kasbiy ta’lim pedagoglari uchun juda muhim xususiyatlarga ega. Kasbga ko’nikishning birinchi bosqichi tanishtirish - o’zining atrof mu’itdagi yangi rolini anglashdan iborat. U tanlangan kasb bo’yicha muayyan malaka olishga qaror qilingandan boshlanadi va ishlab chiqarish ta’limiga dastlabki nazariy tayyorgarlik davrida, o’quv ustaxonalari, bilim yurti, tayanch korxona bilan tani-shish davrida davom etadi. Kasbga ko’nikishning bu birinchi bosqichida qabul qilingan qarorning to’ьriligini o’smir ba’olaydi, kasbga, ishlab chiqarish mehnatiga, kursdoshlari va muallimlariga, bilim yurti va korxonaga munosabati vujudga keladi. Usmir o’z kelajagiga nazar tashlaydi hamda tanlagan kasbida qandaydir jozibali va qandaydir xunuk tsmonlarni ko’radi. Bolalikda uyьongan, qiziqtirgan sohalar ‘aqidagi dumbul o’y-xayollari barbod bo’ladi ham-da yangi umid va intilishlar paydo bo’ladi. Ta’sirchan o’smirlar ongida sabablarning qattiq kurashi ketadi. Bu kurash oqibati - boshqa bir mashьulotga bo’lgan oldingi intilishlar yengadimi yoki yangi egallangan mavqega muvofiq yangi intilishlar tuьiladimi-bularning hammasi birinchi mashьulot, muallim, yaqin kelajakda o’qish va ishlashga to’ьri keladigan bilim yurti va korxonaning tu-zilishi, ulardagi umumiy sharoit uyьotadigan taassurotga bog’liq bo’ladi. Kasbga ko’nikishning ikkinchi tayyorlov bosqichi - ijtimoiy, umumiy-texnika va maxsus predmetlar hamda o’quv ustaxonalarida ishlab chiqarish ta’limini asosli o’rganishdan iborat kasb o’r-ganishdir. Bu yerda ham tanlangan mehnat yo’lini ba’olash davom etadi, atrof-mu’itga, ta’limga va o’zlashtirilayotgan mehnatga munosabat o’zgaradi, biroq hal qiluvchi narsa taassurot emas, bal-ki o’quv mehnatidagi yutuq va kamchiliklar bo’ladi. Kasbga ko’nikishning ancha uzoq va masouliyatli bo’lgan bu bosqichida k-asbni o’zlashtirayotgan malakali ishchi shaxsining dastlabki shakllanishi yuz beradi. Bu shakllanishning muvaffaqiyati o’zinyng o’quv mehnati natijasidan qanoatlanishi va qanoatlanmasligiga bog’liq. Yutuqlar quvontiradi va il’om beradi, yanada kattaroq muvaffaqiyatlarga undaydi, tasodifiy muvaffaqiyatsizlik yanada ko’proq kuchni safarbar qilzdi, ammo bu tez-tez bo’lib tursa - doimiy muvaffaqiyatsizlik esa ishdan, o’qishdan va kasbdan ixlosni qaytaradi. O’quv predmeti va ishlab chiqarish mashqlariga bo’lgan qiziqishning paydo bo’lishi, kuchayishi yoxud yo’qolishi hamda kasbni yoqtirmay qolishi ana shu yutuq va muvaffaqiyatsizlikka bog’liq. Bularning hammasi avvalo pedagoglarga, o’quvchilarning yutuьi va muvaffaqiyatsizligiga, psixik holatiga ular qanchalik e’tibor berishlariga hamda ularni qanchalik mo’irlik bilan boshqara bilishlariga bog’liq. Kasbga ko’nikishning uchinchi asosiy bosqichi - yosh insonning korxona ishchilari mu’itiga singishishidir. Bu bosqich o’quvchi o’zini o’rab olgan o’sha, tsexning aozosi - ishchi sifatida ‘is qiladigan, ammo ular darajasida malaka orttirmagan tegishli mehnat unumdorligi va ma’sulot sifatini ta’min-lay olmaydigan, baozan xato va beparvoliklarga yo’l qo’yadigan ishlab chiqarish praktikasi davrida boshlanadi. Rasmiy ji’atdan o’zining tengligi va atrofidagi kishilar bilan ishlab chiqarish malakasida teng emasligi hamda ularning yosh ishchiga «temir qanot qushcha» deb munosabatda bo’lishini anglash uning bu bosqichdagi kasbga ko’niknsh protsessini favqulodda murakkablashtirib qo’yadi. Buni ijobiy hal qilish esa praktikantda korxona ishchi kadrlari bilan o’zaro munosabati qanday bo’lishi bilim yurtini tugatgach ular bilan birgalikda qiladigan mehnatiga bog’liq bo’ladi. Kasbga ko’nikishning bu hal qiluvchi bosqichidagi muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi uchta shartga bog’liq: 1. ‘unar-texnika bilim yurti uqituvchilari va masterlari o’quvchilarni ishlab chiqarishda o’z mutaxassisligi bo’yicha nazariy bilimlar, ishlab chiqarish malakasi va ko’nikma bilan qurollantirishlari, kasbga ‘avas va korxonada o’z ixtisosi bo’yicha ishlash istagini uyьota olishlari. O’quvchi bilan uning ishlab chiqarishdagi murabbiysi o’rtasida tsanday shaxsiy munosabatlar vujudga kelishiga hamda bu o’zaro munosabat uning shtatli ish joyida ishlab chiqarish muvaffaqiyatlariga hamda bilim yurtini bitirgandan keyingi mustaqil ishlashiga qanday ta’sir ko’rsatishi. O’quvchi qanday ishchilar jamoasiga tushadi, uni kollektivning teng’uquqli va to’la qonli aozosi sifatida qabul qilishadimi yoxud yoki ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini pasaytiruvchi, dumbul shogird sifatida qabul qilishadimi. Ana shularga ko’ra uning ishchilar jamoasi bilan munosabati, oqibatda esa - kasbga ko’nikishning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi qaror topadi. Download 402.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling