Ligi, uylarning devorlari va poli bir ne cha bor somon suvoq qilingan


Download 19 Kb.
Sana24.02.2020
Hajmi19 Kb.

1969–1974-yillarda A. Asqarov rahbarligidagi arxeologlar guruhi Surxon daryo viloyati Muzrabod vohasida, qidiruv ishlari olib borib, Sopollitepa yodgorligini topib o‘rgandilar. Sopollitepa 4 gektar chamasidagi tepalikdan iborat bo‘lib, uning markaziy qismini baland qal’a tashkil etadi. Sopollitepaning markaziy qismi kvadrat shaklida bo‘lib (82Ѕ82), atrofi yirik xom g‘ishtdan qilingan uch qator mudofaa devorlari bilan o‘ralgan, devorning qalinligi o‘rtacha 1,6 m, ba’zi joylarda 2 m bo‘lgan. Qal’aning o‘rta qismi bo‘sh may don dan iborat bo‘lgan, qal’a ichkarisidagi uylarni 8 kvartalga bo‘ lib tu ruv chi 6 ta

ko‘cha qilingan. Qal’a darvozasi uning janubiy tomoniga joylashgan-

ligi, uylarning devorlari va poli bir ne cha bor somon suvoq qilingan-

ligi, har bir uyda mo‘rili o‘choq, o‘ch oq yonida supa, ba’zi xonalar-

da sandal o‘txonalari borligi aniqlanadi.

Sopollitepadan 150

ta qabr ochilgan, ulardan sopol idishlar,

bron za, kumush, oltin va qimmatbaho toshlardan yasalgan bezaklar,

bronza mehnat qurollari topilgan. Sopollitepadan 20 ga yaqin sopol

pishi ra digan xumdon, vaza, ko‘za, xurmacha, choynak, piyola, kosa,

to g‘ora, xum, lagan va boshqa 40 ga yaqin xildagi yaxshi pishirilgan

nafis, jarangdor, yengil idishlar topilgan. Xonalardan tosh yorg‘u-

choq lar, o‘g‘irlar, urchuqlar va paykonlar, arpa, bug‘doy va tariq

don lari topilgan.

36

Sopollitepadagi tadqiqotlar odamlarning bug‘doy go‘ja, umoch,



qaynatma sho‘rva kabi ovqatlar pishirib iste’mol qilganini, ipakdan

va paxtadan kiyimlar tikib kiyishganini ko‘rsatadi.

Erkaklar va ayol lar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti haqida ma’lu mot -

lar olindi, erkaklar sug‘orma dehqonchilik, chorvachilik, kulol chi lik,

binokorlik bilan shug‘ullangan, ayollar esa uy ishlari, bola tarbiyasi

bilan band bo‘l gan. Urug‘ jamoasiga erkaklar boshchilik qilgan.

Sopollitepa madaniyati odamlarning sug‘orma dehqonchilik

ma daniyatini shakllantirganini isbotlab berdi. Kulolchilik rivojla nib,

idishlar kulolchilik char xi da tayyorlangan. Qabrlardan topilgan mato-

lar, sopolli tepaliklar, paxta va ipakdan foy da la nil gan. Bu mato lar

ajdodlarimiz bundan qariyb 3,5 ming yil avval paxta va ipak yetish-

tirishni bilganliklaridan dalolat beradi. Shuningdek, metall bilan

ishlash hunarmandchiligi ham rivoj

lan ganligi aniqlandi. Sopolli-



tepa madaniyati o‘lkamizda sha har lar ning vujudga kelishi uchun ilk

zaminlar bronza davridayoq mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Download 19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling