Likasi oli


MILODDAN AVVALGI VI – IV ASRLARDA YUNONISTON


Download 1.32 Mb.
bet5/35
Sana06.05.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1435428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
JAHON TARIXI MAJMUA (1)

MILODDAN AVVALGI VI – IV ASRLARDA YUNONISTON


Reja:
  1. Yunon polislari o’rtasida munosabatlarning keskinlashuvi. Kichik Peloponnes urushi.


  2. Peloponnes urushi sabablari va bosqichlari.
  3. Urushning oqibatlari.


  1. Peloponnes urushi xaqida Fukididning 18 kitobdan iborat “Peloponnes urushlari tarixi” asari asosiy manba hisoblanadi. Fukudid urush boshlanishi davrida Afinaning harbiy sarkardalaridan biri edi. U Peloponnes urushi davrida er. avv. 424-yilda Sparta podshosi Brasidni Amfiopolga yurishini oldini ololmagan va sopollashtirish siyosati natijasida mamlakatdan quvilgan va 20 yil quvg’inlikda yashagan. Urush tugagach vataniga qaytgan va tez orada vafot etgan. Fukidid urush boshlanganidan boshlab, er. avv. 411-yilgacha bo’lgan voqealarni o’z asarida yozib qoldirgan.

Ksenofont (er. avv. 430-356) “Anabasis” (Ko’tarilish), “Lakedemon politiyasi” asarlarida er. avv. 411-362-yillardagi Yunoniston tarixi, xususan, Peloponnes urushining so’nggi bosqichi xaqida ma’lumot bergan.
O’z navbatida keyingi davr tarixchilari Diodorning “Tarixiy kutubxona” va Plutarx asarlarida ham ma’lumotlar berilgan. Yunon-Eron urushlari natijasida Afina qudratli davlatga aylangan. Yunon davlatlari o’tasida munosablar taranglashgan.
Delos ittifoqi a’zolari o’rtasida ham norozilik boshlangan. Er. avv. 465-yilda Fasos orolida Delos ittifoqidan chiqish uchun qo’zga’lon ko’tarilgan, qo’zga’lon 3 yil davom etgan (Kimon).
Afina butun Yunosnistonda hukmronlik qilish uchun xarakat boshlagan.
Bu urush davrida Afinada Perikl, Kimon, Leosfen, Tolmid, Mironid kabi sarkarda va siyosiy arboblar faoliyat yurutgan.
Femistoklni sharofati bilan shakllantirilgan Afina floti Yunonistondagi eng qudratli flotga hisoblangan.
Yunon-Eron urushlari (er. avv. 500-449) natijasida Afina qudratli davlatga aylangan.
Yunon davlatlari o’tasida munosablar taranglashgan.
Delos ittifoqi a’zolari o’rtasida ham norozilik boshlangan. Er. avv. 465-yilda FASOS orolida Delos ittifoqidan chiqish uchun qo’zga’lon ko’tarilgan, qo’zga’lon 3 yil davom etgan (Kimon).
Afina butun Yunosnistonda hukmronlik qilish uchun xarakat boshlagan.
Bu urush davrida Afinada Perikl, Kimon, Leosfen, Tolmid, Mironid kabi sarkarda va siyosiy arboblar faoliyat yurutgan.
Femistoklni sharofati bilan shakllantirilgan Afina floti Yunonistondagi eng qudratli flotga hisoblangan.
Femitokl tashabbusi bilan Afinadan Pirey portigacha bo’lgan masofada 26 km. uzumlikdagi Uzun devor berpo etilgan.
Spartada er. avv. 469/468-yillarda dahshatli zilzila bo’lgan. Shuningdek, Spartda 3- Messeniya urushi (er. avv. 465-458/455) ya’ni ilotlar qo’zg’oloni boshlangan. Sparta kuchsizalanib, Afinaga harbiy liderlikni bo’shatib bergan.
Afina kuchayib, Peloponnes ittifoqini kuchsizlantirishga xarakat qilgan.
Natijada er. avv. 460-445-yillarda Afina boshchiligidagi 1-Afina dengiz ittifoqi va Sparta boshchiligida Peloponnes ittifoqi o’rtasida Kichik Peloponnes urushi bo’lib o’tgan.
Afina tomonidan Egina orolini bosib olinishi, Sparta bilan Kichik Peloponnes urushini boshlanib ketishiga olib kelgan.
Sparta O’rta Yunonistonga bostirib kirgan va Afinaga xavf solgan.
Sparta bochligidagi Peloponnes ittifoqi va Afina va uning ittifqochilari o’rtasida er. avv.
457-yilda Tanagre yaqinida jang bo’lib o’tgan.
Jangda afinaliklarga Mironid (14 ming askar), Spartaliklarga Nikodem (11,500 askar) boshchilik qilgan. Afina va uning ittifoqchilari mag’lub bo’lgan.
Fessaliya otliqlarining Afinaliklarga xiyonati mag’lubiyatning asosiy sababi bo’lgan. Afina tez orada o’zini tiklab olgan. Er. avv. 456-yilda Tolmida boschiligidagi Afina floti
Peloponnes yarim orolini atroflariga harbiy ekspedesiyalar uyushtirgan va bir qator yutuqlarga erishgan.
Er. avv. 454-yilda Misrda Eronga qarshi ko’tarilgan qo’zg’onga yordam berish uchun yuborilgan Afina floti mag’lub bo’lgan. Afina qiyin ahvolda qolgan. Urush xarakatlari yana davom etgan. Sparta bir necha marta Attikaga xujum qilgan. Afina ittifoqchilari orasida kelishmovchiliklar boshlangan.
Er. avv. 455-yilda Afina elchilari Spartga kelgan va 30-yillik sulh tuzilgan. Afina Peloponnes ittifoqi a’zolariga tegishli bosib olgan hududlarni qaytarib bergan.
Bu sulh ham Afina davlat amaldori Kalliy nomi bilan bog’liq.
Ikki tomon ham sulh natijasida nafasini rostlab olish imkoniyatiga ega bo’lgan. Katta urushga tayyorgarlik boshlangan.

  1. Eramizdan avvalgi VI – V asrlarda Yunonistondagi eng yaxshi armiya – Sparta armiyasi edi.

Sparta Janubiy Yunonistonni katta qismini bosib olib, er. avv. VI asr o’rtalarida Peloponnes ittifoqini tuzgan. Bu ittifoqqa Argos va Axeyya kabi qo’shni davlatlar kirmagan bo’sada, Megara, Korinf, Fiva, Sikion, Epidavr, Arkadiya, Trezen, Elida kabi kuchli davlatlar kirgan. Sparta bu ittifoqda yetakchi edi.
Peloponnes ittifoqini qo’shinlarining 3/2 qismini ham Sparta armiyasi tashkil etgan. Peloponnes ittifoqini Sparta eforlari boshqargan.
Sparta Yunon olamida hukmdorlikni qo`lga kiritish uchun Afina bilan kurash olib borgan. Eramizdan avvalgi VI–V asrlarga kelib Afina kuchli davlatga aylandi. Afina Yunon olamida hukmdorlikni qo`lga kiritish uchun Eron va Spartaga qarshi kurash olib borgan. Uni yetakchiligida Afina dengiz ittifoqi (Delos, Appalon bilan bog’liq muqaddas orol, er. avv. 478)
vujudga kelgan. Bu ittifoqni tashki topishida Kimon va Aristidning o’rni katta hisblandi.
Er. avv. 554-yilda bu ittifoqning 208 ta a’zosi bor edi. Ularning ittifoq xazinasi uchun yillik to’lovi 460 talant bo’lgan.
Yuno-fors urushlaridan so’ng Afina ittifoqchi davlatlarga mustamlakadek qaray boshlagan.
Er. avv. 425-424-yillrda Afina startegi to’lovni 1460 talantga ko’targan. Xazina dastlab Delos orolida turgan bo’lsa, er. avv. 454-yildan boshlab Afinaga keltirilgan. Xazina Afina manfaatlari uchun ishlatila boshlangan. Ittifqochilar o’rtaisda norozlik kuchyib borgan.
Afina boshchiligidagi bu ittifoq Sparta boshchiligidagi Peloponnes ittifoqi bilan Yunonistonda hukmronlik uchun kurash olib borgan.
Afinadan Pirey portigacha bo’lgan masofadagi Uzun devor qurilishi V asr 30-yillariga kelib yakunlanadi. Bu esa Afinaning mudofasini kuchaytirib, qo’shni hududlarga yurishi uchun sharoit yaratib beradi.
Er. avv. 431-404-yillarda yunon davlalari o’rtasida Peleponnes urushi bo’lib o’tdi. Bu urush Afina boshchiligidagi 1-Afina dengiz ittifoqi va Sparta yetakchiligidagi Peloponnes ittifoqi o’rtasida bo’lib o’tgan.
Peleponnes urushi ikki davrga bo’linadi:

  1. davr. Arxidam urushi: er. avv. 431-421-yy.

  2. davr. Dekelya urushi yoki Ioniya urushi: er. avv. 415-404-yy.

Urush uchun baxona:

  1. Kerkira oroli Korinf davlati tarkibida bo’lib, u Korinfga qarshi bosh ko’targan va Afina dengiz ittifoqi tarkibiga kirgan. Natijada, Korinf – Afina munosabatlari keskinlashgan.

  2. Potideya ham Korinfga qarshli bo’lgan, biroq Afina dengiz ittifoqi a’zosi edi. Korinf Potideyani ittifoqdan chiqishga majburlagan. Natijada, Afina Potideyani qamal qilgan. Korinf Potideyaga yordam bergan. Megara Korinfni qo’llab quvvatlagan.

  3. 1-Afina dengiz ittifoqi davlatlari Megara savdo kemalariga baykot e’lon qilgan. Peloponnes urushi boshlanishining 1-davri – Arxidam urushi deb ataladi va er. avv. 431-

421-yillarni o’z ichiga oladi.
Korinf va Megaraning tazyiqi bilan Sparta podsho Arxidam II (er. avv. 469-427-yy) boshchiligida urushga kirgan va urush Arxidam urushi nomini olgan.
Arxidam II Spartaliklarni quruqlikdagi ustunligini inobatga olgan xolda urush rejasini yuzgan.
Afinaliklar Arxidam rejasiga qarshi Perikl rejasini qo’ygan. Bu Afinaning dengizdagi ustunligi bo’yicha ishlab chiqilgan.
Spartaliklar Attikaning shimol va g’arbidagi ba’zi bir hududlarini vayron qilgan. Biroq Afinaliklar ochiq jangga kirmagan.
Er. avv. 430-yilda Spartaliklarni Attikaga bosqini yana takrorlangan.
Bu vaqtda Afinada yuqumli kasallik tarqalgan va ko’plab odamlar xalok bo’lgan. Uni aybdori deb strateg Perikl ko’rsatilgan va o’z lavozimidan ozod qilingan. Er. avv. 429-yilda Perikl o’z lavozimiga yana qaytadan qo’yilgan. Ammo ko’p o’tmay u ham kasallikdan o’lgan.
Afinaning zaiflashib qolganligidan 1-Afina dengiz ittifoqi a’zolari ichida qo’zg’olonlar boshlangan. Er. avv. 428-yilda – Mitelena shahrida, er. avv. 425-yilda Kerkirada boshlangan qo’zg’olonlar qiyinchiliklar bilan bostirilgan. O’zini tiklab olgan Afina er. avv. 425-yilda urushni davom ettirgan.
Afina flotiga tajriabli sarkarda Demosfen boshchilik qilgan. Afina Pilos portini egallgan. Demosfenga strateg Kleon yordamga jo’natilgan. Sfakteriya orolida bo’lib o’tgan jangda Spartaliklar yengilgan. Sparta sulh so’ragan. Biroq, Kleon Spartaga o’gir shartlar qo’ygan. Natijada, urush davom etgan.
Sparta Makedoniya podshosi Perdikka II (er. avv. 454-413) bilan kelishuvga erishgan.
Perdikka II boshchiligidagi Makedoniya qo’shini Spartani qo’llab turgan.
Spartaliklarga sarkarda Brasid boshchilik qilgan. U Xalkidika (mis) yarim orolidagi bir qancha shaharlarni, oltin va rangli metalga boy Amfiopolni egallagan. Amfiopolga Kleon o’z qo’shini bilan yuborilgan. Biroq, Amfiopol yaqinidagi jnagda uning qo’shini tor-mor qilingan. Brasid hamda Kleon xalok bo’lgan.
Er. avv. 422-yilda Amfiopol Afinaning qo’lidan ketgan. Afina sulh tuzishga majbur bo’lgan.
Er. avv. 421-yilda sulh tuzulgan va Afinalik diplomat, harbiy sarkarda, amaldor Nikiy nomi bilan Nikiy sulhi deb atalgan.
Nikiy sulhi 50 yilga tuzilgan bo’lib, unga ko’ra, ikki tomon bosib olgan hududlarini qaytarib berishlari, asirlarni almashtirishlari, 50 yil urushmasliklari, ilotlar qo’zg’olon ko’tarsa, Afina Spartaga yordam berishi kerak edi.
Biroq, sulh to’la bajarilmagan.
Afinaliklar – Pilosda, Sparta – Amfiopolda qolgan. Korinf, Megara, Fiva Nikiy sulhini tan olmagan.
Afina Peloponnes davlatlarini g’alla va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlab turuvchi Sitsiliyani bosib olmoqchi bo’ldi. Sitsiliya bosib olinsa, Afina Yunonistonda yaqqol gegemonga aylanishi kerak edi.
Er. avv. 415-yilda afinaliklar 260 ga yaqin kema, 32 ming askar va Alkvid, Nikiy va Lamax qo’mondonligida safarga jo’nagan.
Bu safarga katta mablag’ sarflangan. Afinaning ittifoqchilari bundan norozi bo’lgan.
Safardan bir kun oldin noma’lum shahxslar kemalardagi ustunlarni shikastlagan va bu ustunlar tepasida sayohat va tijorat xudosi Germesning byusti bo’lgan.
Bu ishni qilganlar o’ldirilishi kerak edi. Biroq aybdorlar topilmagan.
Kemalar Sitsiliyaga yetib borgach, Afinadan kema kelib, Alkvidni shu ayb bilan olib ketmoqchi bo’lgan. Alkvid Spartaga qochib, harbiy sirlarni aytib qo’ygan.
Ikki yil Afinaliklar Sitsiliyada samarasiz ursuh olib borgan.
Sitsiliyadagi urushda Lamax xalok bo’lgan. Sitsiliyaliklar va Spartaliklar Afina flotini yakson qilgan.
Er. avv. 413-yilda Afina sarkardalari Demosfen va Nikiy Sirakuzada asirga olingan va qatl etilgan.
Afina askarlari qul qilib sotilgan. Shunday qilib, er. avv. 413-yilda Afinaning Sitsiliyaga yurushi mag’lubiyat bilan tugagan.
Afina dengiz ittifoqi parchalanishi tezlashgan.
Dekeleya ursuhi – er. avv. 413-404-yillarda bo’lib o’tgan. Peloponnes urushining 3-davri. Sitsiliyada Afinaliklar yengilgan vaqtdayoq, Sparta Afinaga bostirib kirgan. Spartaliklar Afinadan 22 km uzoqlikda joylashgan Dekeleya degan aholi punktini bosib olib, u yerda
o’rnashib olganlar.
Bu davrda Sparta Eron (Doro II, er. avv. 423-404) bilan ham sulh tuzzgan va yordam bersa, Kichik Osiyodagi ba’zi hududlarni berishga va’da bergan.
Afina bor mablag’ini qo’shin to’plashga sarflagan. Flot qisman qayta tiklangan. Alkvid yana Afinaga qaytib kelgan va strateg etib saylangan.
Alkvid er. avv. 410-yilda ikki dengzi jangida Sparta flotini yenggan. Lekin unga Afinada ishonch yo’qolgan edi.
Er. avv. 406-yilda Noriy burni yonida Afina flotining bir qismi Spartaliklardan yengilganidan so’ng, mag’lubiyatda Alkvid ayblangan va Afinadan ketishga majbur bo’lgan.
Afina bor mablag’ini urushga sarfladi. Xatto, qullarga ham fuqorolik huquqini bergan va qo’shinga jalb qilgan.
8 strateg boshchilik qilgan Afina qo’shini er. avv. 406-yilda Kichik Osiyo yaqinidagi Arginus orollari yonida Sparta flotini yenggan. 140 ta Sparta kemasidan 70 tasi cho’ktirilgan. Spartalik sarkarda Kallikratid xalok bo’lgan.
Biroq jang tugagach bo’ron boshlanib, xalok bolganlar dafn etilmay qolgan. Bu esa shakkoklik hisoblangan. Natijada, xalq yig’ini strateglarni o’lim jazosiga hukm qilgan. Natijada, qo’mondonsiz qolgan Afina floti ga’labadan unumli foydalana olmagan.
Bu vaqtda Erondan mablag’ olgan Sparta flotini qayta tiklashga erishgan. Sparta flotiga Lisandr boshchilik qilgan. Sparta sarkardasi (novarx) Lisandr Eron shohi Doro II dan 10 ming darik olib, flotni qayta tiklagan.
Er. avv. 405-yil qishida Lisandr boshchiligidagi Sparta floti Qora dengizning Egos- Potamax (Echkisoy) degan joyida Afina flotini tor-mor qiladi. Lisandr kutilmaganda Afina flotiga xujum qiladi va 180 ta Afina kemasidan 170 tasini yo’q qiladi. Minglab afinalik askarlar va qator strateglar qatl qilindi.
Er. avv. 405-yil kuzida Lisandr floti 150 ta kemada Pirey portiga yetib bordi.
Bu vaqtda Afina Sparta podsholari – Agis va Pavsaniy tomonidan o’rab olingan.
Afina quruqlikda va dengizdan qurshab olinadi. Ochlikdan xoldan toygan Afina er. avv.
404-yil aprelida taslim bo’ladi.
Uzun devor va Pirey devori buzib tashlangan.
Imzolangan shartomaga ko’ra, 1-Afina dengiz ittifoqi tugatilgan.
12 qo’riqchi kemadan tashqari barcha Afina floti Spartaga topshirilgan.
Afina Peloponnes ittifoqi tarkibiga kirgan. Afina Spartaga katta tovon to’lash majburiyatini olgan (100 talant).
Afinda demokratiya tugatilib, “Ottiz tiran” lik hokimiyat o’rnatilgan.
27 yillik urush Sparta g’alabasi bilan tugagan. Urush natijasida yunon davlatlari kuchsizlangan.
3. G’alabdan Sparta unumli foydalana olmagan.
IV asr boshlarida Fiva qudratli davlatga aylandi va Sparta hamda Peloponnes ittifoqi bilan muvaffaqiyatli urushlar olib bordi.
Sparta sarkardasi ham Lisandr aynan Fiva bilan urushda er. avv. 395-yilda xalok bo’lgan. Fiva Beotiya polislarini birlashtirib, er. avv. 379-yilda Beotiya ittifoqini tuzgan.
Fiva bilan bo’lib o’tgan urushlarda Spartani mag’lub bo’lishi natijasida er. avv. 362-yilda Peloponnes ittifoqi faoliyatini toxtatgan.
Yunonistondagi siyosiy vaziyatdan foydalangan Afina – o’zi boshchiligidagi dengzi ittifoqi qayta tuzadi. Eramizdan avvalgi 378-356-yillarda 2-Afina dengiz ittifoqi faoliyat yuritgan.
Er. avv. 374-yilda Sparta 2-Afina dengiz ittifoqini tan olishga majbur bo’ldi.
Er. avv. 357-355-yillarda 2-Afina dengiz ittifoqi a’zolari o’rtasida “Ittifoqchilar urushi” bo’lib o’tgan va bu ittifoq ham parchalangan.
Yunon davlatlari o’zaro urushlar bilan band bo’lgan bir vaqtda Makedoniya qudratli davlatga aylana boradi.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling