Likvidlilik ko’rsatkichlar tahlili. Reja; Kirish Asosiy qism


Download 123.13 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi123.13 Kb.
#1626374
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Rasulov Suxrob 819


LIKVIDLILIK KO’RSATKICHLAR TAHLILI.
Reja;

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. Bank likvidligi tushunchasi va unga ta’sir qiluvchi omillar

  2. Tijorat banklari likvidligini boshqarish nazariyalari

  3. Tijorat banklarining likvidligini ta’minlash xorij tajribasi…

  4. Tijorat banklari likvidligini boshqarishni takomillashtirish

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Banklar o’z majburiyatlarini to’liq bajarishi uchun mijozlari oldida ishonchli imidjiga ega bo’lishi lozim. Bu ishonch esa banklarning likvidligi negizidan kelib chiqadi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida tijorat banklari o’z faoliyatlari barqarorligini ta’minlashi uchun, avvalo, likvidlikka, to’lov qobiliyatiga, daromadlilikka muntazam e’tibor qaratishi talab etiladi.
Tahlillar shuni ko’rsatadiki, mavjud tijorat banklarining hisobot davri davomida vakillik hisobvaraqlarida mablag’lari yetarli bo’lishi kuzatilgani holda, hisobot davri o’rtasida vakillik hisobvaraqlari sezilarli tushib ketmoqda va ushbu holat ularning likviddigiga ham ta’sir qilmoqda. Natijada, hisobot davri o’rtasida mijozlar majburiyatlarining birinchi talabini bajarishda ayrim qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Shuningdek, likvid aktivlarning bank brutto aktivlari hajmidagi ulushi yuqori bo’lishiga qaramay, majburiy zaxira stavkalarining yuqori bo’lganligi sababli.
Markaziy bankning majburiy zaxirasida deponentlangan mablag’lar ulushi ham yuqoriligicha qolmoqda. Ushbu mablag’lardan banklar faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi qaytarib olingandan keyingina foydalanilishini hisobga olsak, ular banklar likvidligini ta’minlashga xizmat qilmayogganligi ma’lum bo’ladi. Qolaversa, tijorat banklari likvidligi operativ hal etilishida Markaziy bank tomonidan overdraft, overnayt va boshqa likvidlikni ta’minlaydigan qayta moliyalash kreditlardan foydalanilmayapti.
Yuqoridagi holatlar tijorat banklarida likvidlilik muammosining dolzarbligini belgilab beradi va banklar likvidligi ta’minlanishini takomillashtirish yo’llarini chuqur ilmiy tahlil qilishni taqozo etadi. Bankning likvidligi va to’lovga layoqatligini ta’minlashda likvidlik siyosati va strategiyasini to’g’ri olib borish juda muhimdir. Demak, tijorat banklari likvidlikni boshqarish, u bo’yicha kuchli siyosat va strategiyaga ega bo’lishga ma’lum bir davrda emas, balki har kuni ahamiyat berishlari zarurligi taqozo etilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 noyabrdagi respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi PQ-1438-sonli qaroriga muvofiq, tijorat banklarining kapitallashuv darajasi, barqarorligi va likvidligini oshirish ustuvor yo’nalishlar sifatida belgilab berildi.
So’nggi yillarda respublikamiz tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish, aholining banklarga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlash, tijorat banklari likvidligi, to’lovga qobiliyatligi va barqarorligini ta’minlash borasida ulkan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bank tizimida amalga oshirilgan izchil va aniq maqsadli islohotlar banklar kapitallashuv darajasi va depozit bazasining yuqori sur’atlarda o’sishiga imkon berdi va natijada bank tizimining moliyaviy barqarorligi mustahkamlanib, moliyaviy vositachilik roli kengaydi hamda ko’rsatilayotgan bank xizmatlari sifati yanada oshdi. 2019 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, tijorat banklaridagi aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlari depozitlari umumiy hajmi 2018 yilga nisbatan 30,5 foizga oshib, 28,5 trln. so’mga etdi. Shuningdek, banklarda uzoq muddatli resurs bazasini shakllantirish borasidagi chora-tadbirlar doirasida aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bo’sh pul mablag’larini banklarga jalb qilishdagi moliyaviy vositalardan biri hisoblangan bank qimmatli qog’ozlarini muomalaga chiqarish ishlari ham jadallashtirildi.
Tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan qarz qimmatli qog’ozlari xajmi 2019 yilning 1 yanvar holatiga 1,0 trln. so’mni, jumladan, muomaladagi uzok muddatli obligatsiyalar 310,2 mlrd. so’mni va depozit sertifikatlari miqdori 689,7 mlrd. so’mni tashkil etmokda.
Tijorat banklarining kapitallashuvini oshirish bo’yicha ko’rilgan chora – tadbirlar natijasida 2020 yil yakuni bo’yicha bank tizimida kapitalning etarlilik darajasi 23,8 foizni tashkil etdi.

Download 123.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling